Reja: Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlik tushinchasi


Download 55.99 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi55.99 Kb.
#1613470
Bog'liq
6-Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlik (2)


6-Mavzu: Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlik

Reja:
1. Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlik tushinchasi.
2. Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlikni vujudga kelishi.
3. Harakat xavfsizligi sohasida ma’muriy javobgarlik sub'yektlari.
4. Yо‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo turlari. Yо‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asoslar.

Yо‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ma’muriy javobgarlik О‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida”gi Kodeksi bilan tartibga solinadi.


О‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida”gi Kodeksida ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida”gi Kodeksida kо‘yidagilar belgilangan.
2-modda. Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari
Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yо‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar tо‘g‘risidagi ishlarning о‘z vaqtida va obyektiv kо‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘yadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qо‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
3-modda. Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari
Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
4-modda. Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilik sohasida О‘zbekiston Respublikasining vakolatlari
Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar О‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;
ma’muriy javobgarlikka sabab bо‘ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik tо‘g‘risidagi ishlarni kо‘rib chiqish vakolatiga ega bо‘lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;
ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin bо‘lgan masalalar doirasini belgilash.
125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yо‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Haydovchilarning belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilmagan yoki majburiy texnik kо‘rikdan о‘tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bо‘lgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg‘acha bilan jihozlanmagan, о‘t о‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida tо‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bо‘lgan transport vositalarini boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bо‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yо‘lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni о‘chirgan holda boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi о‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Davlat raqam belgisi yasama yoki о‘zga usullarda о‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bо‘lmagan transport vositasini boshqarish —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140, 141-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xо‘jalik, melioratsiya, yо‘l-qurilish mashinalari va boshqa о‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit о‘lchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, о‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normalardan ortiq bо‘lgan transport vositalarida yо‘lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada kо‘rsatilgan harakat yо‘nalishidan chetga chiqish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun mas’ul bо‘lgan mansabdor shaxslarga esa — bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
1252-modda. Boshqa davlatlarda rо‘yxatdan о‘tkazilgan yuklarni va (yoki) yо‘lovchilarni tashish uchun mо‘ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Xorijiy tashuvchilarga tegishli bо‘lgan, shu jumladan ular tomonidan О‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yо‘lovchilar va yuklarni О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar о‘rtasida tashish (kabotaj), agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
126-modda. Kо‘zgusimon va (yoki) tusi о‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni kо‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Texnik reglamentga muvofiq bо‘lmagan kо‘zgusimon va (yoki) tusi о‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining о‘rnidan tevarak-atrofni kо‘rishni cheklaydigan qо‘shimcha narsalar о‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini о‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni о‘rnatish qoidalarini buzish
Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni о‘rnatish, xuddi shuningdek ularni о‘zgartirib о‘rnatish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni о‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini kо‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga tо‘sqinlik qiladigan turli ashyolar о‘rnatish va qoplama surtish —
ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.
128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yо‘lkalaridan yurgizishi, yо‘l belgilari va yо‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yо‘lkalaridan yurgizishi, yо‘l belgilari yoki yо‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qо‘yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib о‘tish, yо‘nalishli transport vositalari tо‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar о‘tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yо‘lovchilarga loyqa sachratishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining tо‘rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
1281-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qо‘llarni ishlatmasdan turib sо‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
1282-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanish
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga о‘rnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining tо‘qqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan kо‘p bо‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni о‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari kо‘rsatkichlaridagi yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qо‘llaniladi.
1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yо‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bо‘ysunmasdan tо‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va о‘tishi
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yо‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yо‘lning qatnov qismidagi yо‘l chiziqlari yoki yо‘l belgilari bilan belgilangan tо‘xtash chizig‘ini bosib kirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yо‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bо‘ysunmasdan о‘tishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan о‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan о‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki marta qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yо‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mо‘ljallangan tomoniga yoki bо‘lagiga chiqishi
Tezkor va maxsus xizmatlarning kо‘k yoki qizil yoxud kо‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari tо‘siqsiz о‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining yо‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mо‘ljallangan tomoniga yoki bо‘lagiga yо‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan, ya’ni yо‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yо‘nalishini keskin о‘zgartirishga yoki о‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun о‘zga choralarni kо‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining tо‘xtash yoki tо‘xtab turish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining tо‘xtash yoki tо‘xtab turish qoidalarini buzishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yо‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bо‘lib harakat qilishda qatnashishi
Mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yо‘llarda yо‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bо‘lib harakat qilishda qatnashishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yо‘lning о‘tish joylaridan о‘tish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining temir yо‘lning о‘tish joylaridan о‘tish qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish
Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki о‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bо‘ladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
132-modda. Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi
Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yо‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi
Transport vositalari haydovchilarining yо‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yо‘l-transport hodisasi sodir etilganda yо‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yо‘l-transport hodisasi tо‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
134-modda. Haydovchilarning yо‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi
Transport vositalari haydovchilarining yо‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yо‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yо‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yо‘l-transport hodisasi sodir etilganda yо‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yо‘l-transport hodisasi tо‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan tо‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bо‘ladi.
135-modda. Yо‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bо‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini rо‘yxatdan о‘tkazganlik tо‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yо‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bо‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yо‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yо‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan о‘tganligi tо‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yо‘qolgan guvohnoma о‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bо‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga о‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini rо‘yxatdan о‘tkazmasdan (hisobga qо‘ymasdan) transport vositalarini boshqarish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Haydovchining yonida О‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bо‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi rо‘yxatdan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yо‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bо‘yicha sug‘urta polisini о‘z yonida olib yurishi talab etilmaydi.
1351-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tо‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bо‘yicha sug‘urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug‘urta polislarida kо‘rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi tо‘g‘risida mazkur sug‘urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bо‘yicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi shuningdek, agar bunday majburiy sug‘urta qilinmaganligi oldindan ayon bо‘lsa, transport vositalarini boshqarish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yо‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan о‘tishdan bо‘yin tovlashi
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan о‘tishdan bо‘yin tovlashi —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki о‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
137-modda. Yо‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish
Yо‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Yо‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yо‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bо‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining о‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud о‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bо‘ladi.
138-modda. Piyodalar va yо‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yо‘l harakati qoidalarini buzishi
Piyodalarning yо‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bо‘ysunmasligi, ularning yо‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib о‘tishi, piyodalar yо‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar о‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni о‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yо‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yо‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bо‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki kо‘rsatma beruvchi yо‘l belgilari talablariga rioya etmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Haydovchilarga har xil xizmat kо‘rsatish maqsadida yо‘lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yо‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida kо‘rsatilgan shaxslarning yо‘l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yо‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qо‘ldan tashqari) salondan chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mast bо‘lgan holda yо‘l harakati qoidalarini buzishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
139-modda. Nosoz transport vositalarini yо‘lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
Belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilmagan yoki majburiy texnik kо‘rikdan о‘tkazilmagan transport vositalarini yо‘lga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bо‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Nosozligi bо‘lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yо‘lga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bо‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yо‘l qо‘yish
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki о‘zgacha tarzda mast bо‘lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bо‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yо‘l qо‘yish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
141-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish
Haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yо‘l, havo va suv transportida qо‘l yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbо‘y moddalar va ashyolarni topshirish —
ana shu moddalar va ashyolarni haqini tо‘lash sharti bilan olib qо‘yib yoki olib qо‘ymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.
Download 55.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling