Reja: Havo haqida tushuncha
Download 34.62 Kb.
|
havoning
Issiqlik tashuvchilar
Issiqlik tashuvchilar — issiqroq jismdan sovuqroq jismga is-siklik uzatishda qo‘llaniladigan harakatlanuvchi muhit. Issiqlik tashuvchilar issiklik b-n ta’minlash, isitish, shamollatish (ventilyatsiya) tizimlarida, texnologik issiklik va boshqa qurilmalarda sovitish, quritish, termik ishlov berish va shu kabilar uchun xizmat qiladi. Yoqilg‘i o‘choq gazlari, suv, suv bug‘i, suyuqme-tallar (kaliy, natriy, simob), freon va boshqalar eng keng tarqalgan Issiqlik tashuvchilar hisoblanadi. Issiqlik tashuvchilar issiqlikni uzatish jarayonida agregat holatini (qaynayotgan suyuqlik, kondensatlanayotgan bug‘) o‘zgartirishi yoki bu holatni o‘zgartirmay saqlab qolishi (qaynamayotgan suyuqlik, o‘ta qizdirilgan bug‘, kondensatlanmaydigan gaz) mumkin. Birinchi holda Issiqlik tashuvchilar o‘zgarmay qoladi, chunki faqat fazaviy o‘tish issiqligigina uzatiladi; ikkinchi holda esa o‘zgaradi (pasayadi yoki ko‘tariladi). Yadro reaktorida Issiqlik tashuvchilarga alohida talablar qo‘yiladi.21 Isitish tizimining asosiy turlari Xonaning mikroiqlimini sanitariya-gigienik nuqtai nazaridan aniqlovchi isitish tizimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: - Xonaning barcha nuqtalarida, tashqi devor yuzalarida va isitish asboblarida temperatura KMK da ko‘rsatilgan chegaralarda ushlab turiladi; - Isitish tizimlarini loyihalash, qurish va ulardag foydalanishi jarayonida sarf xarajatlar kamaytiriladi; - Isitish asboblari qurilish konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtiriladi; - Yig‘uv ishlarini industrial usullar yordamida bajarish va unifikatsiyalangan tugunlar ko‘llaniladi; - Foydalanish jarayonida: shovkinsiz, xavfsizlik, mustaxkamlik, foydalanishda esa soddalik va qulaylik ta’minlanadi; - Estetik talablari: xonaning ichki bezagi bilan xil tushishi, isitish tizimi kam yuzani egallashi inobatga olinadi; - Xona intereri bilan isitish tizimining uyg‘unlashuvi va imkon kadar kam joyni egallashi ko‘zda tugiladi. Isitish tizimi – kompleks majmualardan tashkil topgan bo‘lib, isitiladigan xonalarga zaruriy issiqlik sarfini uzatish, eltish va ushlab turishga mo‘ljallangan. Har qanday isitish tizimi 5 ta asosiy elementdan tashkil topadi. 1- issiqlik almashtirgich (issiqlik generatori); 2-birlamchi issiqlik tashuvchisini uzatilishi (yoqilg‘ini); 3-uzatuvchi magistral quvurlar; 4-isitish asbobi; 5-qaytuvchi magistral quvurlar (2.1-rasm). : Download 34.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling