Reja: Havotaqsimlagich tuzilishi


Download 1.34 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1626818
Bog'liq
Tormoz


Harakat xavfsizligi va tormoz tizimlari
2-laboratoriya ishi
483-sonli xavotaqsimlagich tuzilishi va vazifasi
Reja:
  • Havotaqsimlagich tuzilishi
  • Havotaqsimlagich vazifasi
  • Havotaqsimlagichning xossalari

Havo taqsimlagichning tuzilishi (6.6 - rasm). Shartli № 483 – 000 havo taqsimlagichning to`plamiga quyidagilar kiradi: Shartli № 270 – 023 bosh qism, Shartli № 483 – 010 magistral qism va Shartli № 295 – 001 ikki kamerali rezervuar.
Ikki kamerali rezervuar filtr 34, ishchi (RK) va zolotnik (ZK) kamerasiga ega, unga zahira rezervuari (ZR) va tormoz silindrining (TS) ajratuvchi krani orqali tormoz magistralidan (TM) quvurlar o`tkazilgan. Ikki kamerali rezervuarning korpusida 36 tormozlash rejimlarini o`zgartirish dastagi joylashgan (rasmda ko`rsatilmagan): yuksiz, o`rta va yuklangan. Ikki kamerali rezervuarga moslamaning barcha ishchi tugunlari joylashgan magistral va bosh qism mahkamlanadi.
Magistral qism korpus 28 va qopqoqdan 25 tashkil topgan, unda ish rejimlarini o`zgartirish (bo`shatish) tuguni joylashgan: tekislik va tog’. Bu tugun ko`chma tayanch 23 bilan dastak 22 va 0,6 mm diametrli kalibrlangan teshikli egarga 20 ikki prujina bilan siqilgan diafragmani 24 o`z ichiga oladi. Tekislik ish rejimida VR prujinalarning diafragmaga kuchi 2,5 – 3,5 kgs/sm2 ni tashkil etadi, tog’ rejimida – 7,5 kgs/sm2. Magistral qismning korpusida: magistral organ, qo`shimcha razryadka tuguni va yumshoqlik klapani joylashgan.
Magistral organ ikki alyumin disk 19 va 27 o`rtasida siqilgan va qaytuvchi prujina bilan yuklangan rezinali magistral diafragmaga 18 ega. Chap diskning 27 dumida 1 mm dan diametrga ega ikki teshik va surgich 30 joylashgan, o`ng diskning 19 tors qismida esa – 1,2 mm diametrli uch teshik mavjud (yoki 2 mm diametrli ikki teshik). Magistral diafragma magistral qismni ikki kameraga ajratadi: magistral (MK) va zolotnik (ZK). Disklar bo`shlig’ida prujina bilan yuklangan 21 plunjer joylashgan, u 2 mm diametrli bir tomoni ochiq kanal 26 va har biri 0,7 mm diametrli uch radial kanalga ega. Plunjerning egari magistral diafragmaning chap diski hisoblanadi.
Qo`shimcha razryadka tuguni egarga 33 ega atmosfera klapani, egarga 31 ega qo`shimcha razryadka klapani 32 va egarga 29 ega, teskari klapan vazifasini bajaruvchi qo`shimcha razryadka 15 manjetasiga ega
6.7-rasm Havotaqsimlagichning ishi
Shartli №483 – 000M modernizatsiyalangan VR qo`shimcha razryadka manjetasining egarida 29 0,3 mm diametrli kanalga ega, u orqali MK qo`shimcha razryadka manjetasining ortidagi bo`shliq 40 bilan doimiy ulangan. Plunjerning yuqori radial kanali VR ning bo`shatishga ta’sirchanligini oshirish va poezdning ort qismida bo`shalish boshlanishini tezlashtirish maqsadida uning pastki radial kanallariga nisbatan o`onga siljigan (6.7 – rasm). Plunjer yuqori radial kanalining joylashuvi magistral diafragmaning bo`shalish holatiga (o`nga) harakatida, RK, «P» va MK bo`shliq shu kanal va 0,3 mm diametrli kanal orqali, RK va ZK plunjerning pastki radial kanallari orqali ulangunidan oldin ulanishi ta’minlanadigan tarzda tanlangan.
6.9-rasm Tuzilishi
Tuzilishi (6.9 - rasm). Shartli № 466 bosh qism ikki asosiy tugundan tashkil topgan: vtulka 9 presslangan korpus 15 va tayanch 34 va chiqarish klapaniga ega egar 40 hamda qopqoq 33.
Vtulkada 9 22,5 mm diametrli 8 va 11 yo`naltiruvchilar, 22 mm diametrli egar 13, shayba, prujina osti klapani 14 va Shartli № 270 – 023 bosh qismida qo`llaniladigan 14 va 12 manjetalardan tashkil topgan.
1 va 2 yo`naltiruvchi disklar o`rtasida mahkamlangan diafragma 3 bir vaqtning o`zida korpus 15 va qopqoq 33 o`rtasidagi zichlagich hisoblanadi.
Shaybaga 2 prujina osti teskari klapani 35 joylashtirilgan.
29 shayba va 31 vtulka o`rtasigi yo`naltirgich 8 uchiga o`rnatilgan, shtift 32 bilan ushlanadigan prujina 30 shtokni diskka 2 siqadi. Diskdan 2 tayanchgacha 4 bo`lgan masofa 4,5 mm ni tashkil etadi. Korpusda 15 rezina halqaga ega gayka 5 bilan vtulka 7 va prujinali 6 tayanch 4 mahkamlangan.
Zaryadka. Havo tormoz magistralidan magistral qism orqali ZK kameraga tushadi va 0,5 mm diametrli 36 teshik va taxminan 1,5 mm ga ochiq klapan 35 orqali esa – RK kameraga. Zahira rezervuarning zaryadlanishi flanetsning magistral kanalida presslangan nippelda 1,3 mm diametrli teshik orqali sodir bo`ladi va keyin teskari klapan 39 orqali.
Xizmat tormozlash. Havo tormoz magistralidan magistral qismning ZK kamerasi orqali KDR kanalga tushadi, keyin 1,4 mm diametrli teshiklar 25 orqali 13 TS kanalga o`tadi va egarda 23 4 mm diametrli teshik orqali – At bo`shliqqa o`tadi.
ZK kamerada bosim 0,3 – 0,4 kgs/sm2 gacha tushganida diafragma 3 shtok bilan birga taxminan 3 mm ga o`nga siljiydi, buning natijasida quyidagilar sodir bo`ladi:
Klapan 35 ZK va RK kameralarni ajratgan holda egarga tayanadi;
Klapan 14 tormoz silindrning TS kanalini At bo`shliqdan ajratgan holda egardagi 23 teshikni yopadi;
Shtokda chetki o`ng manjeta 12 KDR kanalga magistralning qo`shimcha razryadkasini to`xtatgan holda, teshikni 25 yopadi;
Havo ZR kanal, 1,8 mm diametrli 13 ta teshik 26 va shaybada 10 2,5 mm diametrga ega sakkiz teshik orqali zahira rezervuardan shtokning ichki bo`shlig’iga o`tadi va keyin ochiq klapan 14 orqali – TS ga tushadi.
26 teshiklar manjeta bilan to`silganidan so`ng havo zahira rezervuaridan tormoz silindriga faqat 1,7 mm diametrli teshik 27 orqali tushadi.
ZK kamerada bosim taxminan 1,2 kgs/sm2 ga tushganida diafragma 3 va shtok 6 va 30 prujinalarni siqqan holda, 16 mm o`nga ko`chadi. Silindrda bosimning dastlabki o`sishi diskning 2 holati va prujinaning 30 dastlabki siqilish kuchi bilan aniqlanadi.
Zaryadka holati
Foydanilgan adabiyotlar:
M.Sh.Valiyev
Sh.I.Mamayev
S.G.Inagamov
J.A.Abdurahmonov
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi
ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan
5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (vagonlar, lokomotivlar), 5111000 – Kasb ta’lim (5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (vagonlar. lokomotivlar) ta’lim yo’nalishlari 3 – bosqich bakalavriat talabalari va professor uchun vazirlikning 2020 yil 30 iyundagi 359 -sonli buyrug’iga asosan o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan
-
-
Эътиборингиз учун раҳмат
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling