Reja: Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari


Download 16.66 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.66 Kb.
#1517155
Bog'liq
Faoliyat xavfsi-WPS Office



Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati.

Reja:
1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari


2.Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
3.Xavfsizlikning tizimli tahlili

Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi. uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’chamlar aniqlanadi.Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy ko’rsatkichlaridir.Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir.Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar.Xulosa qilib shuni aytib o`tish kerakki bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir, Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi.Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi :
1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik.
2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, yo‘l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar.
6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.Xavflarning taksonomiyasi. Taksonomiya – murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo‘yicha joylashtirish degan ma’noni anglatadi.
a) geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va boshqalar;
b) gidrometerologik o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va hokazolar;
d) epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog‘ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar);Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to‘liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni chegaralab qo‘yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan.Xavflarning nomenklaturasi.Nomenklatura – muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi.Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan.Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar.Xavflar kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir.Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari–m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari qo‘llaniladi.Xavflar identifikatsiyasi : Identifikatsiya – o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmaydi.Masalan, yong‘in xavfida: yong‘inning boshlang‘ich fazasida o‘chirish mumkin bo‘lsa, asosiy yong‘in fazasida o‘chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar kiritiladi: gomosfera va texnosfera.Gomosfera – inisonning faoliyat jarayonida uning turgan o‘rni tushuniladi. Masalan: ishlovchining obyektdagi, sexdagi, bo‘limdagi joyi.Texnosfera – ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan: ishchining tokar yoki frezer dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining ish joyi tushuniladi.Xavfsizlikni ta’minlashning 3 uslubi mavjud:
1. Gomosfera bilan texnosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatdan uzoqlashtirish usuli, bu usulda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo‘llash va boshqa boshqaruv tizimlari orqali amalga oshiriladi.
2. Xavfsizlik qoidarini qo‘llab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish muhiti)ni normallashtirish hamda texnosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalarini xarakteristikalariga moslashtirishga asoslangan.
3. Ish joylaridagi ishlovchilarni himoya vositalari yordamida himoyalashga asoslangan.
Bunda texnosfera xarakteristikalarini o‘zgartirish uchun har xil himoya vositalri qo‘llaniladi.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari.Texnosferada ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun turli maqsadli himoya vositalari qurilmalari qo‘llaniladi.Himoya vositlari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qo‘llaniladi. Himoya vositalri qo‘lanilish xarakteriga qarab: jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi.Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, etarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga etarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Bular mutaxassisning faoliyatiga ishonchsizlikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. Xalqaro tajriba, izlanishlarning ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 %i zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu erda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) – psixik jarayonlar, xossalar, holatlar farqlanadi.Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Psixik jarayonlar bilish – sezish, his-tuyg‘u qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi.Psixik xossalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo‘nalishi, xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik, zakovatlilik, his-tuyg‘u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi va u o‘zgarmas hamda doimiydir.Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog‘lanishi mumkin.Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog‘liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja-chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg‘u va mehnat qilishi uchun ruhiy kuchlanish darajasi 40-60%dan oshmasligi ko‘zda tutiladi, aks holda bu uning ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori shaklida insonning shaxsiy xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi samarasiz holatga o‘tadi yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.Chegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi (to‘xtatuvchi), qo‘zg‘atuvchi turlarga ajratish mumkin.Tormozlash turi inson harakatining pasayishiga va cheklanishiga olib kelishi bilan ifodalanadi. Kasb egasi vazifani avvalgidek shijoat bilan bajarishga qodir bo‘lmaydi, javob berish hususiyati va tezligi pasayadi. Xotiralash, fikrlash jarayoni sekinlashadi, yomonlashadi va shu kabi boshqa salbiy omillar kuzatiladi.Qo‘zg‘atuvchi xilida esa insonda faollikning pasayishi, sergaplik, ovozning titrashi kuzatiladi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishning yuqori shaklida odamlarda – operatorlarda murakkab sharoitlarda notug‘ri harakatlanish va xatolarga yo‘l qo‘yish, toliqish sodir bo‘ladi. Yuqoridagilarni hisobga olib inson psixik holatining nazoratiga katta e’tibor beriladi.Insonning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning buzilishi, qo‘pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Shu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo‘llaniladi.Engil stimulyatorlarni (choy, kofe) qo‘llash insonning ish qobiliyatini qisqa vaqtga oshiradi, uyqusini qochiradi. Ayniqsa aktiv stimulyatorlarni (pervitin, fenamin) iste’mol qilish bilan harakatchanlik, sezish qobiliyati pasayadi. Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va h.k.) ichilsa inson biroz tinchlanadi, lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi.Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
1. zamonaviy inson uni orab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari yani, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz ozaro tasirda bo`ladi;. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali ozgartirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni ozgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Malum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga, organizmi sog’ligiga salbiy tasirini korsatishi hammaga malum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining orni, uning nazariy malumotlari bilan bolajak mutaxassislarni qurollantirish muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. 1. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida insonni atrof muhitga tasirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yonaltirilgan bilimlar sistemasidir. 6 Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.Qoyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim boladi:
1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2.Amaliy(uskunalarga xizmat korsatishda mehnat xavfsizligini taminlash).
Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan ozaro tasiri YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bola olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan. Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga ozini oziq-ovqatga, suvga, havoga, quyosh energiyasiga, orab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bolgan ehtiyojlarini boshqaqanoatlantirishi uchun kerak. Shu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida ozidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual energiyalar), bioliogik jarayon chiqimlari korinishidagi malum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi.Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini taminlaydi. Bu esa oz navbatida biosferada osimlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini royobga keltiradi. Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat va iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik tasirlar) xarakterlidir.Har qanday xojalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi boladi va ularni yoqotib bolmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga otkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Texnosfera, bundan tashqari tosatdan portlash, yong’in natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida va shunga oxshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin. Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni ozgartirishga yonaltirilgan insonga xarakterli bolgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va istemol qiladi, jamiyatda chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga oxshashlarni iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y
2.Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y
3.Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.
4.О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.


Download 16.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling