Reja: Hissiyot haqida tushuncha. His tuyg`ularning vazifasi. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Hissiyot haqida tushuncha
Download 0.51 Mb.
|
hissiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiyot haqida tushuncha
- His - tuyg`ularning vazifasi
- Hissiy holatlarning fiziologik asoslari
- Insoniy his - tuyg`ular va hayvonlardagi emotsiyalar
- Hissiy holatlarning ifodalanishi
Mavzu:Hissiy holatlarning fiziologik asoslari Bajardi: Feruza Umaraliyeva Tekshirdi: Kamolova Nafisa Reja: 1. Hissiyot haqida tushuncha. 2. His - tuyg`ularning vazifasi. 3. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari. 4.Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Hissiyot haqida tushuncha Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. His - tuyg`ularning vazifasi Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari Hissiy holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir. Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Insoniy his - tuyg`ular va hayvonlardagi emotsiyalar Odam his - tuyg`ulari bilan hayvon hissiyotlari o`rtasida farq juda katta. Odamda juda ko`p miqdorda his - tuyg`ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo`q. SHuningdek, odam va hayvon uchun umumiy bo`lgan g`azablanish, qo`rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g`amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon bo`ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir. Hissiy holatlarning ifodalanishi Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, “tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling