Reja: Horun ar Rashid hayoti Xalifalik davrida madaniyat va din Xalifalik davrida ijtimoiy va iqtisodiy holat


Download 58.23 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi58.23 Kb.
#1750857
1   2   3   4   5
Bog'liq
Horun ar rashid

Diplomatiya
Horun ar-Rashid (chapda) Buyuk Karl tomonidan Bagʻdoddagi saroyiga yuborilgan delegatsiyani qabul qilmoqda.
Mualllif: Julius Köckert. 1864-yil
Eyngard ham, Notker Stammerer ham Franklar qiroli Buyuk Karl va Horun hukumatlari oʻrtasida elchilar almashinuvi, xristianlarning muqaddas joylarga kirishi va sovgʻalar almashinuvi boʻyicha doʻstona munosabatlarga kirishganini eʼtirof etishgan. Notker Buyuk Karl Horunga ispan otlari, rangli friz plashlari va mohir ov itlari yuborganini eslatib oʻtgan. 802-yilda Horun Buyuk Karlga shoyijez qandil, parfyumeriya, balzam, fil suyagidan shaxmat donalari, rang-barang pardalari boʻlgan ulkan chodir, Abul-Abbos ismli fil va piyola ichiga bronza sharlarni tashlab, shar ortidagi kichik eshiklardan har bir soat uchun bittadan mexanik ritsarlar chiqadigan mexanik suv soatidan iborat sovgʻa yuborgan. Sovgʻalar Gʻarbiy Yevropada misli koʻrilmagan boʻlib, Karolinglar sanʼatiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. Bu elchilar almashinuvi Horunning Buyuk Karl kabi Kordovadagi Umaviy amirlarini boʻysundirishdan manfaatdor boʻlgani bilan bogʻliq edi. Shuningdek, Vizantiyaga qarshi umumiy adovat Horunni Buyuk Karl bilan yaqinlashtirgan.
802-yilda Vizantiya imperatori Irene taxtdan agʻdarilib, Nikephoros I imperator boʻldi va Irene butun hukmronligi davomida oʻlpon toʻlashi kerak edi, deb Horunga soliq toʻlashdan bosh tortdi. Bu xabar Horunni gʻazablantirdi va Vizantiya imperatori maktubining orqa tomoniga shunday xat yozdi: „Mehribon Alloh nomi bilan! Moʻminlar qoʻmondoni Amirul moʻminin Horun ar-Rashiddan Nikiforosga. Rimliklarning iti. Sen eshitmaysan, mening javobimni koʻrasan“. Kichik Osiyoga yurishlardan soʻng Nikiforos haqoratli shartlar bilan shartnoma tuzishga majbur boʻlgan. Doktor Ahmad Muxtor al-Obodiyning soʻzlariga koʻra, Nikiforosga qarshi oʻta shiddatli ikkinchi qasos yurishi tufayli Vizantiya Abbosiylarga qarshi har qanday toʻqnashuvga urinishlarni Al-Maʼmun hukmronligigacha amalda toʻxtatdi.
Ar-Rashid Xitoyga elchilar yuborib, Xitoyning Tan sulolasi bilan ittifoq tuzgan. Xalifa Xitoyning Tan yilnomalarida „A-lun“ deb nomlangan]. Tuzilgan ittifoq tibetliklarga qarshi qaratilgan edi.
Diplomatlar va elchilar Horunni saroyida ziyorat qilganlarida, uni parda ortidan koʻrishgan. Hech bir mehmon yoki arizachi xalifaga birinchi boʻlib gapira olmagan, uning gapini toʻxtata olmagan yoki unga peshvoz chiqa olmagan. Ular xalifaga diqqatlarini boʻlmasdan eʼtibor berishlari va javoblarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlashlari kerak edi.

Download 58.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling