Reja: Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash tarbiya maqsadi sifatida
Download 165.04 Kb.
|
tarbiya turlari metodlar
Nafosat tarbiyasi (estеtik tarbiya: lot. «estezio» - «go’zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va meqnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estеtik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estеtikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush gozalliklari va ularni anglash togrisidagi bilimlarni berish; shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush gozalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash, - unda mavjud gozalliklarniqadrlash hissi hamda estеtik didni shakllantirish, go’zallikka muqabbat uyg’otish; go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estеtik madaniyatni shakllantirish. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me'yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta'sir korsatadi. Ta'lim muassasalarida musiqa va tasviriy san'at darslari, adabiyot kabi fanlarning oqitilishi estetik tarbiyani samarali yolga qoyish vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya bola tugilgandan boshlab umrining oqirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni gozallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir. halqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’liqing», «Sog’ yuray desang, ozoda bo’l», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga o’rgatib kеlishgan. Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, gozal jihatlarini kora bilishnigina emas, balki ichki gozallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy gozallikni qadriga etishga undaydi. Alisher Navoiy ozining «Farxod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy gozallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga etishishda holasi Mehribonuning tarbiyaviy ta'siri katta bolgan. Shirin mamlakat obodonchiligi, kanal qazish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi. Shirin eng ogir damlarda ham Farxodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bolishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatliqiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga ornak bolib kеldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: o’quvchilarga nazariy estеtik bilimlarni berish; ularda amaliy estеtik ko’nikmalarni shakllantirish. Nazariy va amaliy estеtik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: - estеtik bilimlarning tarkib topganligi; - estеtik madaniyatning tarbiyalanganligi; - estеtik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish; - estеtik tuyg’uning rivojlanganligi; - ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi; - go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; - estеtik idealning shakllanganligi; - fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish. Estеtik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san'at, musiqa, geografiya to’garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va xokazolarda qatnashishini nazarda tutadi. Ijtiomiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Download 165.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling