Reja: Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash tarbiya maqsadi sifatida
Download 165.04 Kb.
|
tarbiya turlari metodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya
- Axloq (lot. «moralis»
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- oquvchilarning sogligini mustahkamlash, ularni togri jismoniy rivojlantirish; - oquvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; - ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish; - oquvchilarni harakatning yangi turlariga orgatish; - ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish; - oquvchilarning gigiyenik konikmalarni rivojlantirish; - ularda ma'naviy-aqloqiy sifatlar (dadillik,qat'iyatlik, intizomlilik, mas'uliyatlik, jamoa bilan bolish)ni tarbiyalash; - oquvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shugullanishga bolgan ehtiyojni shakllantirish; oquvchilarning soglom va baquvvat bolishlariga erishish. Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta'lim muassasalarida oqitilishi yolga qoyilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashgulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta'minlovchi qoshimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam boglangan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. Demak, yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da'vat etishdir. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bolgan tartib, odob, ozaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini oquvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me'yorlardan xabardor etish tashkil qiladi. Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioyaqilinishi zarur bolgan tartib, odob, ozaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi. Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida oz ifodasiga ega bolgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargoniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Taragay Ulugbek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham oz ifodasini topgan. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar togrisida gamxorlik qilish, ochiq kongillik, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bolish va ozaro yordam tuygusi - kishilar ortasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. Ozbeklar diyoriga, oz Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom Ozbekiston aholisiga xos fazilatlardir». Amir Temur axloqi Xusniya - yaxshi xulqlar egasi bolgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yol qoymagan, balki yetti olchab, bir kesgan. Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bolishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu tort xislatni Olloq Taolo senga bergan bolsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bolsang ham, zarari yoqdir», degan edi. Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bogin, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurgon kitobdir. Xuddi shu ma'noda axloq kishining xulq-atvori, e'tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon boladi. Axloqli inson ozini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli boladi. Suhbatdoshning kongliga qarab gapiradi, kishining dilini ogritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi. Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy konikma va malakalarni shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik jarayondir. asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan kozlangan maqsad, avvalo, oquvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma'naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi ozi bajarayotgan ishning natijalarini korsa, his qilsa, osha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. Xalqimizning «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qorqma, minnatdan qorq», «Odamning xusni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» dеgan xikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». Ta'kidlash lozimki, mehnatsiz kеlgan boylik inson ruhiyatini buzadi, harqanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson ozining va ozgalarning qadrini biladi. Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga orgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e'tibor berishgan. Ozlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bolganlar. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov ta'kidlaganidek: «har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qoyib kеlayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya'ni, bu narsa ularning sobit qadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir». Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik oz mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab oquvchilarida mehnatga va mehnat ahliga togri munosabatni shakllantirishdagi mas'uliyatni chuqur his qilish kerak. Download 165.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling