Reja: Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar


Download 21.66 Kb.
bet5/5
Sana03.12.2023
Hajmi21.66 Kb.
#1798383
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o\'qituvchining asosi-hozir.org

20.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar.
Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni etishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, texnikasiga, mahoratiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushda moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishga asoslanadi.
Shu boisdan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish» dek o'lkan maqsadni ko'zlab yaratildi. Albatta bu maqsadni amalga oshirishda o'qituvchining roli beqiyosdir. Shuning uchun ham Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi o'qituvchi shaxsiga ham katta talablar qo'ymoqda:
1. O'qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma'naviy sifatlarga ega bo'lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim.
2. Vatan tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur biladigan, ma'naviy komil inson bo'lishi;
3. O'z fani doirasida chuqur bilimga ega bo'lgan, fanlararo aloqalarni yaxshi bilish va uni o'quvchilarga o'rgatish;
4. Pedagogik texnologiyani yaxshi biladigan, uning yangi-yangi yo'llarini yarata oladigan, izlanuvchan, ijodiy ishlaydigan pedagogik mahorat egasi bo'lish;
5. Pedagogik muomala madaniyatini yaxshi egallagan, o'z hissiyotini idora qiladigan, sabotli bo'lishi, pedagogik etika qoidalariga amal qiladigan bo'lishi;
6.Dunyo taraqqiyoti darajasidagi bilimlardan xabardor, ilmiy dunyoqarashga ega bo'lgan inson bo'lishi;
7. Bolalarni sevishi va ularning kelajagi uchun qayg'uradigan, istiqbolini o'ylab ish ko'ra biladigan mohir inson bo'lmog'i lozim;
8. Nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me'yorini to'la egallagan bo'lishi zarur.
O'qituvchining yuksak axloqiy fazilarlari, uning teran bilim doirasi, pedagogik mahoratga egaligi ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. O'z xizmati xususiyatiga ko'ra o'qituvchi tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo'lmog'i lozim. Buning uchun o'qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, har doim tetik, g'ayratli, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishongan bo'lmog'i zarur. Tashabbuskor va g'ayratli o'qituvchi yoshlarni (talabalarni) o'z orqasidan ergashtira oladi, o'quvchilar unga ishonadi va ergashadi.
Xullas, har bir o'qituvchi o'z ustida tinmay ishlashi kerak hamda barcha sohada chuqur bilimli bo'lishi talab etiladi
http://hozir.org
Download 21.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling