Reja: Hududning etnografiyasi, etnik tarkibi, nomlanishi. Boshqa etnonimlar
Download 17.77 Kb.
|
Dialektologiya. mustaqil ish (1)
Namangan viloyati Uychi tumani Yorqo’rg’on qishlog’i Reja: Hududning etnografiyasi, etnik tarkibi, nomlanishi. Boshqa etnonimlar. Shevaning fonetik qatlami. Yorqo'rg’on shevasining leksik-semantik xususiyatlari. Yorqo'rg’on shevasidagi o’ziga xos grammatik xususiyatlar. Umumiy xulosalar. Yorqo’rg’on qishlog’i Uychi tumanining markazga yaqin hududida joylashgan. Aholisi hozirda 36 mingdan ortiqroq. Aholisining ko'pchilik qismi qarluqlardir. Qishloq nomining kelib chiqishi haqida turli xil qarashlar mavjud. Qishlog’imiz hududida joylashgan tepaliklar ,,Yor’’ deb ataladi. Birinchi qarash quyidagicha: Qadimdan aholi fasllarga mos ravishda yashash joyini o’zgartirib borgan. Qish fasliga yaqin Yor tepasiga yashash uchun ko’chib chiqishgan. Yozni o’tkazish uchun esa pastliklarga - Qo’rg’onlarga tushishgan. Shu sababdan qishloq nomi Yorqo’rg’on shaklida bo’lgan. Bundan tashqari ilmiy asosini topmagan ,,Yorning qo’rg’oni’’ so’zidan kelib chiqqani haqidagi faraz ham yo’q emas. Ilmiy etimologik jihatdan olib qaraganda esa, Yor atamasi Jar atamasining o’zgargan shaklidir. Tepaliklarning yon-bag'irlari esa pastlik, ya’ni jarliklardan iborat. Jarlarda joylashgan qo’rg’onlardan iborat qishloq mantiqiy asosga ko’ra Yorqo’rg’on deb atalgan. Yorqo'rg’on shevasining fonetik qatlami ancha boy. Bu narsa, ayniqsa, unlilarda seziladi. A unlisining 3 xil talaffuz shakli mavjud va bulardan eng ko’p qo’llaniladigani umlautli A dir. E unlisi doim bir xil talaffuz qilinadi. Alam so’zida A tovushi invariant holatda talaffuz etiladi. Adib so’zida esa, umlautli, E ga moyil holda aytilsa, dedomla so’zida o’ta kuchli tarzda bosim bilan aytiladi va uni yozuvda 2 ta A harfi bilan berish ham talaffuzni yaxshi ochib beradi. O' unlisi 2 xil talaffuzga ega, u ga moyil talaffuz qilinishi mumkin (o’tin, o’ttiz), invariant shaklda ham faol qo’llanishga ega. (ko’rpa, so’ramoq) O unlisi o’ ga yaqin talaffuz qilinadi: domla, noyabr kabi so’zlarda. Invariant holda bor, dor kabi qo’llanadi va bu xususiyat ko’pincha bir bog’inli so’zlarda aks etadi. Yorqo’rg’on shevasiga oid so’zlar va ularning adabiy variantlari: Beshkecha- beshik to’yi Maxlamoq-eplamoq Goj- ahmoq, juda sodda Eyan- keng, serob O'ntamoq- yoqimsiz hissiyot bildirmoq Shaparmak- qavilmagan ko’rpacha yoki yupqa yopilgan non Shumtiramoq- sovuqqotmoq, junjikmoq Xel- mos Chevati-eski Kamaldak-kamon Hapalang-doim shoshilib yuradigan Chaqa-yara So'ppayib- sopday bo’lib, tik holda Charayna- juda charchagan yoki ezilgan Valaksalang- telba O'g’ir- kichik mahsulotlarni maydalaydigan qo’lbola asbobning idish qismi. Sop nomli qism bilan urib maydalanadi. Asosan tolqon qilishda va quruq mevalarning mag’zini yanchishda foydalaniladi. Tervanmoq- kiyinmoq, yasanmoq En- qop yoki bo’z materialdan tikiladigan keng joyga solish uchun mo’ljallangan qoplama. Qonor- sig'imi katta qop. Qonorqop tarzidagi varianti ham mavjud. Xamirpech- xamir qilingandan so’ng oshishi uchun o’rab qo’yiladigan o’rama. (Xamirning oshish jarayoniga nisbatan ,, ko’pmoq’’ so’zi qo’llanadi) Gajjak- chakka qismidan tushiriladigan soch tolasi. Ba’zan chakka qismi ham shunday atalishi mumkin. Kachchak- juda kir, iflos Yetaqopa- yetar darajada Mamandona- ko'p, ammo mazmunli gapiradigan, hammaga aql o’rgatadigan. Asosan yosh bolalarga nisbatan qo’llanadi. Unoshi- xamirni kesib, quritib, tayyorlanadigan taom O'ljashudring- doim sovuqqotuvchi odamlarga nisbatan ishlatiladigan ibora Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Yorqo’rg’on shevasining o’ziga xos leksikologik jihati bu – predmetlarni va hatto ba’zan shaxslarni ham vazifasiga ko’ra nomlashdir. Masalan, axlat oladigan, yer chopadigan lopatka, kir yuvadigan tog’ora; qabrtosh yozadigan odam, telefon tuzatadigan usta va hokazo. Ushbu sheva adabiy tilga fonetik jihatdan ham, orfoepik jihatdan ham, leksik va leksikologik tomondan ham yaqin emas va undagi ko’plab birliklar milliy tilning boy manbasiligicha qolmoqda. Aziza Gafurova. 18.05.2023. Download 17.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling