Reja: I bob. O’qituvchi qobiliyatining pedagogik psixologik tasnifi
Download 34.92 Kb.
|
PEDAGOGIK PSIXOGIYADA TA’LIM NAZARIYALARI
MAVZU: PEDAGOGIK PSIXOLOGIYADA TA’LIM NAZARIYALARI REJA:
I BOB. O’QITUVCHI QOBILIYATINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK TASNIFI I.1. Pedogogik psixologiyaning rivojlanish tarixi I.2. O’qituvchining ish faoliyatida ta’lim nazariyasi II BOB. PEDAGOGIK QOBILIYATNING ASOSIY TURLARI VA TA’LIM JARAYONIDA TUTGAN O’RNI II.1. O’qituvchining irodasi,sabr-toqat,ibrat,namuna bo’la olish qobiliyati II.2. O’qituvchi faoliyatida pedagogic qobiliyat XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Shark va G‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yusinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoxat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashki muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi. N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baxolashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan. O‘tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Download 34.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling