Reja: I. Kirish. G’afur G’ulomning ijodiy faoliyati


Download 91.5 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi91.5 Kb.
#1047750
  1   2   3
Bog'liq
G`afur G`ulom hikoyalarining badiiy xususiyatlari


G'afur G'ulom hikoyalarining badiiy xususiyatlari
Reja:

I.Kirish. G’afur G’ulomning ijodiy faoliyati.


II.Asosiy qism:
1.Yozuvchi nasriy merosining janriy rang-barangligi va ichki rivoji.

2.G’afur G’ulom hikoyalarida ifodalangan asosiy mavzular.


III.Xulosa. G'afur G’ulom va asarlarining o’zbek adabiyotida tutgan o’rni.


G’afur G’ulomning ijodiy faoliyati


G’afur G’ulom o’zbek she’riyati, badiiy publitsistikasi, felyetonchiligi, hajviy hikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimachiligi rivojiga katta hissa qo`shgan yirik so`z san`atkoridir. U O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zosi, O`zbekiston xalq shoiri kabi yuksak unvonlar sohibi. G`afur G`ulom she`rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va jamiyatning badiiy ijodga ta`siri, san`atkor dunyoqarashiga tazyiqi bilan izohlanuvchi cheklanish, kamchilik yo`q emas. Lekin shoir asarlarining ijodiy yuzini, o`zligini, qadr-qimmatini bunday asarlar belgilamaydi. Shoir she`riyati mazmunan boy va rang-barang. “Vaqt” she`rida falsafiy ruh ustun bo`lsa, “Kuzatish”, “Sog`inish”, “G`oliblar bayrami” she`rlarida o`zining otalik tuyg`ulari, qalbidagi tahlika va iztiroblarni juda ta`sirli, tabiiy ifodalaydi. G`afur G`ulomning urushdan keyingi yillarga mansub “Vaqt”, “Yigitlarga”, “Siyohdon”, “Alisher”, “Yoz”, “Sharaf qo`lyozmasi”, “Pol` Robsonga”, “Farg`ona uchun”, ”Sen salomat bo`lsang bas”, “Anor”, “Bizning uyga qo`nib o`ting, do`stlarim”, “Kulol va zargar”,”Alisher Navoiy qabri ustida”, “Tun bilan tong” kabi o`nlab yetuk she`rlar yaratdi. A. Fadeev “O`zbek xalqining g`ururi” (1945) maqolasida “Shoir va akademik G`afur G`ulom hamisha fikr va teran tuyg`ular bilan sug`orilgan”, deb yuksak baho berganda naqadar haq edi.G’afur G’ulomning nasriy asarlari shuhrati she`riyatinikidan kam emas edi. XX asrning 30-yillardan uning “Yigit”, “Kulgi hikoyalar” to`plamlaridan asarlar el og’ziga tushgan bo`lsa, 60-yillar o`rtalarida “Gilos donagidan toshbeh” to`plamidagi hajviy hikoyalari mashhur bo`lib ketdi. Yigirma besh yoshi atrofida “Qizaloq” (1928) hikoyasini e`lon qilgani, umr shomidagi so`nggi mashhur “Mening o`g’rigina bolam”(1965) asari ham hikoya ekani yozuvchi ijodida nasr nechog’li mustahkam o`rin tutganini ko`rsatadi. G’afur G’ulom bir necha qissalar ham yozdi. Lekin ularning bayon usuli bir biridan farq qiladi “Netay” (1931) asari yirik- publitsistik pardada uchinchi shaxsda hikoya qilinsa, “Tirilgan murda” (1934) satirik pardada bo`lib, qahramonning esdalik daftari shaklida yoziladi “Yodgor”ning (1936) bularga o`xshamagan jihati, unda voqeani bosh qahramonning o`zi hikoya qiladi. “Shum bola” (1956) qissasi sarguzasht syujet asosiga qurilgan asar hajviy hazil pardada yozilgan. Ammo G’afur G’ulom qissalarning barchasini birlashtiradigan o`z tomir bor, bu mehnatkash insonning adashiyligi, mehr-shavqati, pok qalbi va mehnatsevarligi, insonni himoya etishi uning orzu-armon uchun kurashish g’oyasidir. G’afur G’ulomda xalq og’zaki ijodi ta`sirining nihoyatda xilma-xil ko`rinishlarini topish mumkin: unda folklor asarlarini qayta ishlash, qoliplash usuli, “Shum bola”da “Uch yolg’ondan qirq yolg’on” ertagiga o`xshagan g’oyat jozibali yolg’on to`qib, juda qiziq kulgili voziyat-holat yaratadi. O`nlab felyetonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli asosida quradi va shu yo`l bilan ularni satirik hikoya darajasiga ko`tarib yuboradi. G’afur G’ulom mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish bilan chegaralanib qolmadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus adabiyoti maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning “Otello”, “Qirol Lir” Lope de Veganing “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm Tell”, Nizomiy, Jomiy, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko, Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol Gidash, Xodi Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan ijodkorlar asarlarini o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini qo'shdi.
«Mening o'g'rigina bolam» hikoyasi bejiz «voqeiy hikoya» deb nomlanmagan. Chunki hikoyaga yozuvchi bolaligida guvoh bo'lgan hayotiy hodisa asos qilib olingan. Demak, u avtobiografik xarakterga ega. Aslida biror odamning uyiga o'g'ri tushishi favqulodda hodisa hisoblanadi. Lekin bu hikoyada yetimlar hovlisiga o'g'ri oralashi sokin tarzda, go'yo kundalik voqeadek bayon qilinadi. Nega shunday, degan savol o'z-o'zidan tug'iladi, to'g'rimi? Bu savolga javobni esa asar hodisalari yuz bergan zamon tabiatidan izlash kerak. 1865-yilda Qo'qon xonligining taslim bo'lishi bilan Turkiston o'lkasi to'liq Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanib qoldi. O'lkani Rossiyadan kelgan, «general-gubemator» deb ataluvchi harbiy kimsalar idora qilardi. Ular o'zlariga quloq soladigan odamlami mingboshi, ellikboshi sifatida joylarga boshliq etib tayinlardilar. Tug'ilish darajasi katta bo'lgan Turkiston o'lkasida ishsizlik kuchayib borar, xalqning peshana teri evaziga yaratilgan boyliklar huzurini esa boshqalar ko'rardi. Shu sharoitdan kelib chiqib, «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasiga yondashsak, bilamizki, o'g'irlik bu o'lkada oddiy hodisaga aylanib ulgurgan edi. Yurt tepasida turganlaming har kuni qilayotgan o'g'riligi oldida bir kambag'al oilaga boshqa bir nochoming o'g'ri sifatida tushishi favqulodda hodisa bo'lmay qolgandi. Mana shunday og'ir sharoit yetmagandek, 1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlangan. Unda har jihatdan ojiz Rossiyaning ham ishtirok etishi - «o'lganning ustiga chiqib tepgan bo'ldi» desak, aslo mubolag'a emas. Bu urush ko'plab boshqa millatlar qatori bizning xalqimiz boshiga ham cheksiz kulfatlar soldi. «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasi qahramonlari aslida mana shu urushning tirik qurbonlaridir. E'tibor bersangiz, bu yerda gap faqat hikoyada bevosita ishtirok etayotgan «qora buvi» va «o'g'rigina bola»dagina emas. Ulaming suhbati ortida norasida bolalar, ayollar va keksalar taqdiri ham turibdi. Zero, ayni shular urush asoratlarini, qiyinchiliklarini ko'proq his qiladilar. Aynan shular alohida himoyaga, e'tiborga muhtoj bo'ladilar. E'tibor, dedik. Mustamlakachilik sharoitida chetdan kelgan odamlar yurtga rahbarlik qilayotgan davrda xalqqa e'tibor to'g'risida gapirishning o'zi ortiqcha. Shu tufayli ham muallif hikoyachi bola tilidan: «Buni qarang-a, bizning uyimizga o'g'ri kepti. Bizni ham odam deb yo'qlaydigan kishilar bor ekan-da, dunyoda...» -deya kinoya qiladi. Demak, bunday oilalami faqat o'g'rilar yo'qlashi mumkin. O'g'rining ishini qiladigan hukmdorlar esa biror uyga kirmay ham maqsadini amalga oshira oladi. Hikoyadagi «o'g'rigina bolam»ning haqiqiy o'g'rilardan farqi katta. Awalo, uni bu «harom yo'lga qadam bosish»ga hayotning o'zi, to'g'rirog'i, biz yuqorida aytgan haqiqiy o'g'rilar qilmishi majbur etdi. Yo'qchilik, uyda och o'tirgan oila tirikchiligini bir amallab o'tkazish tashvishi uni shu yo'lga boshlagan. G'afur G'ulom hikoyasidagi fojialar 1917-yilning sentabrida, ya'ni Rossiya bu urushda borgan sari kattaroq talafotlar ko'rayotgan paytda yuz bergan. Urush talafotlari esa urush ortidagi hayotni battar qiyinlashtirgan edi. «O'g'rigina bola»ning gap-so'zlari, harakatlaridan sezamizki,uning bu yo'lga kirganiga ko'p bo'lmagan. Eng muhimi u, o'zi aytganidek, «juda ham yuzini sidirib tashlagan» odamlardan emas. Bu yigitda andisha bor, uyat bor. Majburan qilib yurgan ishi o'ziga ham hech yoqmaydi. Buni biz o'g'rining kampir bilan dardlashgach, chinakam insoniy qiyofasiga qaytganidan sezamiz. U yetimlar haqiga qo'lini ham tekkizmaydi. O'g'rining mana shu «fazilat»larini go'yo oldindan sezgandek, kampir uni «o'g'rigina bolam» deya erkalab chaqiradi. Aslida bu murojaat kampiming tilidan emas, yozuvchi qalbidan sizib chiqayotgandek. Zero, xalqi boshiga tushgan ko'rgiliklami o'z hay oti misolida ham totib ko'rgan, yurtdoshlari dardiga sherik boigan G'afur G'ulom «o'g'rigina bola»ga achinmasligi, uning taqdiriga befarq qarashi mumkin emas edi. Kampiming «o'g'rigina bola»ga achinishi, uni ehtiyot bo'lishga da'vat etishiga e'tibor bering. Axir, bechora kampiming qo'lidan boshqa nima ham kelardi? U hech boimasa pand-nasihati, zo'raki o'g'rining taqdiriga achinishi bilan unga hamdard boimoqlikni xohlaydi. Balki shu mehmi, shu insoniy munosabatni sezgani tufayli ham «o'g'rigina bola» xayrlashayotib kampimi «ona» deb ataydi, gaplariga jon qulog'ini tutib «хо'р» deydi. Hikoyani o'qib tugatgach, o'quvchi ko'nglida bu ikki insonga nisbatan iliqlik, achinish bilan birga qandaydir mung ham qoladi. Bu mung o'z xalqi o'tmishini chuqur idrok etgan G'afur G'ulomning qalbida tug'ilgan insoniy hislar bilan hamohangdir. Jumladan, «Mening o‘g’rigina bolam» hikoyasida o‘zi guvoh bo‘lgan oddiy voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o‘zining insonligiga, mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko‘rsatadi. Yozuvchi o‘z ota-onasi o‘lib, uchta singlisi bilan katta onasi – «qora buvisi» qo‘lida qolgan paytidagi uylariga o‘g’ri kelishi voqeasini so‘zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, «zamon chappasiga ketgan» vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo‘q hamma och-yalang’och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, o‘g’irlik qilishga majbur bo‘ladi. Kechasi «Qora buvi» ning tomiga chiqqanida qo‘qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o‘ylab, mijja qoqmay yotgan «qora buvi», «O‘g’rigina bolam, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo‘lmaydimi!»,-deydi. «Qora buvi»ning mehribonona, samimiy munosabati o‘g’rining ham xasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga to‘lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to‘g’risida suhbat quradilar. O‘g’rining so‘zidan ellikboshilarning poraxo‘rligi ham, boylaru amaldorlarning, tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo‘ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu kambag’allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg’usi saqlanib qolganini ta’kidlaydi: «qora buvi» o‘g’rini uyida bor bo‘lgan ikkitagina zog’ora non bilan choy ichishga taklif qiladi, u esa «Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo‘q andisham bor, uyalaman», deydi. «Qora buvi» uyda yarim pudlik qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, «qutlug’ uydan ko‘ruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o‘g’rigina bolam», deydi. O‘g’ri kunmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. Ko‘rinadiki, hikoyada ona – farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi.


Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling