Reja: I. Kirish. I bob. Boshlang`ich sinflarda gap mavzusini o`rgatish metodikasi


Download 52.75 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1342839
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda gap mavzusini o`rgatish metodikasi .


MAVZU: Boshlang`ich sinflarda gap mavzusini o`rgatish metodikasi.

Reja:
I.Kirish.
I Bob. Boshlang`ich sinflarda gap mavzusini o`rgatish metodikasi.
1.1 .Gapning vazifasi va tuzilishi .
1.2. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari.
1.3 ”Gap” ni o`rgatish metodikasi.
II Bob. Boshlang`ich sinflarda ona tilini o`rgatishning mazmuni va vazifalari. 2.1 Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
2.2 Gaplarda kelishik ma`nolari, shakli va vazifasi.
II. Xulosa.
III.Foydalanilgan adabiyotlar.



MUNDARIJA :
I.Kirish………………………………………………………………………
I Bob. Boshlang`ich sinflarda gap mavzusini o`rgatish metodikasi…….
1.1 .Gapning vazifasi va tuzilishi …………………………………………..
1.2. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari……………………………………………………………………….
1.3 ”Gap” ni o`rgatish metodikasi…………………………………………..
II Bob. Boshlang`ich sinflarda ona tilini o`rgatishning mazmuni va vazifalari……………………………………………………………………
2.1 Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari……………………………………………………………………
2.2 Gaplarda kelishik ma`nolari, shakli va vazifasi. ……………………….
II. Xulosa…………………………………………………………………..
III.Foydalanilgan adabiyotlar. ………………………………………….


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligiilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko’rsatilgan.
Boshlang’ich sinf ona tili o’qitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslashgan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarishda o’qituvchidan mas’uliyat va pedagogik mahorat talab etiladi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o’quvchilarni axloqiy, estetik, mehnat, ekologik jihatdan tarbiyalanib boriladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni imloviy savodxonligi oshiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Shu bilan birga ona tili ta’limi oldida quyidagi vazifalar turadi:
- o’quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish;
- o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatish;
- yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozma nutqini shakllantirish.
Dars jarayonida o’quvchilar bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan lar, lardan matn tuzishga o’rganadilar. So’zlarni bog’lab lar tuzish, so’zlarni butunicha sidirg’a o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga o’qish va yozish birga olib boriladi. Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilganhar bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilimlar beriladi. Fanning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jarayonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.
Kurs ishining maqsadi: Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi.
Kurs ishining vazifasi: Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 2 bob , 4 bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.





Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling