Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti
II-bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari
Download 56.97 Kb.
|
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .
II-bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari.
2.1. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi. Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi. Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500- 600 yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi. Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab chopdilar. Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangi o‘ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida ovoz ko‘tariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan pauza orqali ajratiladi. Olma va o‘rik, nok va shaftoli nihollari mehnatsevar bog‘bonlarning mehnatidan rizq olib, ko‘m-ko‘k yaproqlar bilan bezandi. Bog‘ go‘zal. Unda quyosh va yengil shamolning, gullar va maysalarning quvnoq o’yini kun bo‘yi davom etadi. O‘quvchilar bu gaplarni ifodali o‘qiydilar. Uyushiq bo‘laklarni o‘rgatishda juft qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangiga doir mashqlar o‘quvchilarning ifodali o‘qish, ifodali nutq, og‘zaki nutq madaniyatini oshirishga qaratiladi. O‘quvchilar o‘zaro biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan, bog‘lovchisiz bog‘langan juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplarga misollar keltiradilar, ularda vergulning ishlatilish - ishlatilmasligini tushuntiradilar. So’ngra quyidagi misollarga o‘quvchilar e’tibori jalb qilinadi. 1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi. 2. Mehnat tufayli inson ijtimoiy xayotdagi urni va jamiyat uchun foydaliligini chuqurroq anglaydi. Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Ularning kaysilari sodda bo‘lak, qaysilari murakkab bo‘lak? Nima uchun? Uyushiq bo‘lakli gaplarning fikrni ifodalashdagi ahamiyatini izohlashda quyidagicha gaplar qiyoslanadi.
(Avval chap tomondagi, so‘ngra o‘ng tomondagi gaplar o‘qilib, ularning farqi izohlanadi: chap tomondagi uchta gap orqali bayon qilingan fikr o‘ng tomonda bitta uyushiq bo‘lakli gap bilan ifodalanganligi, bunga predmetlarni sanab ko’rsatish orqali erishilganligi uqtiriladi. Yana misollar keltiriladi.)
(Keltirilgan uchta gapda bayon qilingan fikrni uyushiq bo‘lakli bitta gap orqali ifodalash mumkinligi, bunga predmetlarning belgilarini sanab ko‘rsatish orqali erishilganligi ta’kidlanadi.) Predmet, harakat va ularning belgilarini sanab ko‘rsatish, ta’kidlash gapning uyushiq bo‘laklari orqali ifodalanadi. Ular fikrni aniq, to‘liq bayon qilish, nutkda ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat kiladi. Shuning uchun ham uyushiq bo‘lakli gaplar og‘zaki va yozma nutqda, uning turli uslublarida ko‘p qo‘llanadi. Quyidagi gaplarni qiyoslash orqali uyushiq bo‘laklar va gapda ma’nosini kuchaytirish uchun takrorlanib qo‘llangan bo‘laklar izohlanadi: 1. Kombayn o‘radi, yig‘adi, yanchadi, tozalaydi. 2. Guvilla, guvilla, ko‘m-ko‘k o‘rmon. Download 56.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling