Reja I. Kirish II. Asosiy qism


O‘zbekistonda 2023-yilda 11 mlrd dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi


Download 1.63 Mb.
bet8/10
Sana29.07.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1663502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsion jozibadorlik va uning amaliy ahamiyati

O‘zbekistonda 2023-yilda 11 mlrd dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni investitsiyalar jalb qilish va sanoatni rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘ngi yillarda barcha tarmoqlardagi dasturlarga 31 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Natijada o‘tgan 5 yilda sanoat 1,4 barobar, eksport 1,5 barobarga oshgan.
Kelgusi 5 yilda iqtisodiyot barqaror o‘sishi uchun sanoatni yana 1,5 barobarga oshirish, eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun 120 milliard dollar sarmoya, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiya zarur.
Yig‘ilishda jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib, soha oldidagi muhim vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. 2023-yilda 11 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, yirik investorlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha vazifalar belgilandi. Investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Yil yakunigacha 304 ta yirik va 3 mingta hududiy loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ularning natijasida qo‘shimcha 10 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Davlat rahbari sanoat bo‘yicha tarmoq va hududlardagi qo‘shimcha zaxiralarni ishga solish, mahsulotlar raqobatdoshligini oshirish uchun tannarxni kamaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Xorijiy konsultantlarni jalb qilib, maxsus va kichik sanoat zonalarini hududlarni rivojlantirish drayveriga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
To‘qimachilik, charm, qurilish materiallari, elektr texnikasi, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik kabi tarmoqlarda yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, jahon brendlarini olib kelish orqali yangi bozorlarga chiqish muhimligi aytildi. Yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish va investorlarga taqdim etish bo‘yicha loyiha guruhlarining ishini faollashtirish topshirildi. Yig‘ilishda ijtimoiy masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasi dasturlaridan kelib chiqib, ustuvor loyihalarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling