Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Real sektor iqtisodiyoti tushunchasi va uni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari


Download 69.73 Kb.
bet2/6
Sana03.06.2024
Hajmi69.73 Kb.
#1841604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
real sektor iqtisodiyoti

2.1 Real sektor iqtisodiyoti tushunchasi va uni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari
Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarini chuqurlashib borishi milliy iqtisodiyot oldida bir qator yangi vazifalarni qo'ymoqda. Bu borada fan va texnika yutuqlari, ishlab chiqarishni boshqaruvining yangi usullarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keying yillarda fan va texnika yutuqlarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini joriy etish bilan birga inson kapitali rivojiga juda kata e'tibor berilmoqda. Informatsion texnologiya, robotlar, nanotexnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etilishi munosabati bilan mehnat resurslarining kasbiy malakasini oshirish katta ahamiyat kasb etib, ularning sifati mamlakatni raqobatdoshligini va keying yillarda o'sishini ta'minlaydi. Mamlakatni jahon hamdo'stligidagi o'rnini real sektorning rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi belgilaydi.
Iqtisodiy atamalarda iqtisodiyotni real sektoriga turlicha ta'rif beriladi va quyida biz ularni bir nechtasi bilan tanishamiz:
1. Iqtisodiyotni real sektori (IRS) (inglizcha - Real sector of economy) - iqtisodiy va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma'lum hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan kichik, o'rta va yirik (industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.
2.Iqtisodiyot sektori - bu iqtisodiyotni yirik tarkibiy qismi bo'lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o'xshash tavsiflar,iqtisodiy maqsadlar, funkslyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi.
3.Iqtisodiyotni real sektori - bu iqtisodiyotni material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko'rsatish sohalarini o'z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit birja faoliyati kirmaydi.
4.Iqtisodiyotni real sektori kapitalni spekulyativ harakati istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o'sish jarayonlarini birlashtiradigan soha.
5.Iqtisodiyotni real sektori - bu iqtisodiyotni muhim sektori bo'lib,to'g'ridan to'g'ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va budjet daromadlari tushurnini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama sinonimlari hisoblanadi.
6.Iqtisodiyotni real sektori - kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik,o'rta va yirik korxonalar yig'indisidir.
Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o'rin egallaydi. Moliyaviy sektor - bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog'liq bo'lgan amaliyotni Ijro qiladigan vositalar va institutlar to'plamidir.Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug'urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsion kompaniyalar, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.
Real sektorda YaIMni asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo'jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanilib, moddiy ne'matlar va iste'mol tovarlari yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o'sishi uchun imkoniyat yaratib, ta'lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun moliyaviy-moddiy asos yaratadi.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-meo’riy sharoit bilan uzviy bog'liqdir. Chet el va ichki investitsiyalarni jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uni ijrosi davlat tomonidan kafolatlanishi lozim. Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliqbudjet tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to'lov qobiliyati holati ta'sir qiladi. Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o'sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo'naltirilgan to'g'ridan to'g'ri kapital qo'yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta'minlaydi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, foiz stavkalari darajasi, fond birjalari, sug'urta tizimi va boshqalar.
Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan, nomaterial boylik yaratish va xizmat ko'rsatish sohalari ham kiritiladi. XX asring ikkinchi yarmidan boshlab real sektor infratuzilmasida kata o'zgarishlar ro'y berdi. Iqtisodiyotni real sektoriga moddiy va nomoddiy boyliklar yaratish sohalari hamda xizmat ko'rsatish sektorlari kiradi. Iqtisodiy rivojlanish natijasida ishlab chiqarish sohalarida tuzilmaviy va tarkibiy o'zgarishlar yuz beradi. Masalan, XX asrning 2-yarmidan boshlab fan va texnika rivojlanishi, mehnat unumdorligini keskin oshishi natijasida real sektorni tuzilmaviy tarkibida moddiy ishlab chiqarish sohalari bilan xizmat ko'rsatish sohalari o'rtasidagi nisbat o'zgardi. Iqtisodiy rivojlangan,davlatlarda xizmat ko'rsatish sektorida ish o'rinlari soni keskin ko'payib, moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan deyarli 2 marta ko'pdir. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligi, qazib olish sohalaridagi ish o'rinlari mutlaq va nisbiy kamaydi. Qayta ishlash sohalaridagi bandlik ham qisqarmoqda. Fan va texnika sohalarini rivojlanishi, iqtisodiyotni informatsiyalashtirish, bio-, nonatexnologiyalarni tezkor rivojlanishi natijasida real sektorda yangi sohalar yaratildi. Jumladan, kompyuterlar uchun dasturlar yaratish real sektorning muhim sohasiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda real sektor iqtisodiyotini prognozlash masalasi davlatning milliy iqtisodiyotni boshqarish siyosatini takomillashtirish va uni tartibga solishda muhim bir ornillardan biri bo'lib hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatda iqtisodiyot, ayniqsa real sektor rivojining 20-50-yilga mo'ljallangan prognozlash rejalari ishlab chiqilgan. Bu borada informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va dasturlami ishlab chiqarilishi muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Real sector tarmoqlarini mutanosib rivojlantirishni uzoq muddatli prognozlash, ularni faoliyatidagi muammo va kamchiliklrni belgilashda, shuningdek, ularni samarali boshqarish tizimini yaratish imkoniyatini beradi. Umumiy tasavvurda prognozlash o'rganilayotgan obyektni kelajakda kutilishi mo'ljallanganjarayonlami oldindan bilish ehtimolligidagi tasavvurdir. Har bir iqtisodiy munosabatlar jarayonini rivojlanish jarayonini oldindan bilish yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni oldini olish, yoki uning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Chunki, prognozlash jarayoni o'rganilayotgan obyektning turli jihat va xususiyatlariui mantiqan ochib bera oladigan faoliyat ko'rsatkichlarini hisobga olish hamda tahlil qilish zaruriyatini tug'diradi. Aynan to'g'ri qilingan hisob-kitob tahlillar kelajakda kutiladigan zararlarning olidini oladi. Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash jarayonining mohiyatini, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari rivoji istiqbolini belgilashni o'rganish va uni hayotga tatbiq qilish kelajakda mamlakatni barqaror rivojlanishini ta'minlash imkoniyatini beradi.
Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlashning asosiy maqsadi - iqtisodiyotning real sektorining istiqbolli ko'rsatkichlari va ma'lumotlarining haqqoniyligini ta'minlash, milliy iqtisodiyotimizda faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini iqtisodiy jihatdan tahlil qilish hamda uning istiqbolini belgilash bo'yicha amaliy tavsiyalar berish kabilrni qamrab oladi. Uning vazifasi esa milliy iqtisodiyotning real sektoridagi tarmoq va sohalar faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy hamda nazariy asoslari real sektor iqtisodiyotining xo'jalik yurituvchi subyektlari bo'yicha tarkibiy tuzilrnasi, milliy iqtisodiyotdagi tarmoq va sohalar faoliyatining istiqbolini belgilash bo'yicha ko'rsatkichlardan foydalanishning ahamiyati haqidagi nazariy-amaliy bilimlarni o'rgatishdan iborat.
Real sektor iqtisodiyotida prognozlash - bu ishlab chiqarish sohalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarining hamda iqtisodiyot subyektlarining iqtisodiy holati va faoliyat natijalarini qay yo'sinda davom ettirish, istiqbolli strategiyasini belgilash to'g'risida malakaviy xulosa berishdan iboratdir. Shu boisdan ham real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash respublikamiz iqtisodiyoti subyektlari, tarmoq va sohalar faohyati xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning tarkibiy tuzilmasi, o'zgarishi va qonuniyatlarini prognozlash hamda uni istiqbolini belgilashda muhim rol o'ynaydi.

Download 69.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling