Reja: I. Kirish: >II. Asosiy qism
Zaytunnamolar qabilasi – Oleales
Download 0.59 Mb.
|
203 Boraginaceae oilasi
Zaytunnamolar qabilasi – Oleales
Qabila vakillari gullari 4 diorali, gulqo‗rg‗on qismlari 4 lik tipida gullari aktinomorf, Qabila yagona zaytundoshlar oilasi mavjud. Zaytundoshlar – Oleaceae Oila turlari daraxt va butalardan iborat. Barglari qarama-qarshi joylashgan, oddiy, ba‘zan murakkab, chetlari tekis, to‗pguli ro‗vaksimon. Gullari ikki jinsli, ba‘zan ayrim jinsli va 2 uyli, qo‗sh gulqo‗rg‗onli, birikkan va ayrim toxibargli yoki yalong‗och gulli. Mevasi rezavor, danakli, yong‗oqcha, qanotli pistacha yoki ko‗sakcha. Ko‗pincha meva bir uyali va bir urug‗li bo‗ladi. Oilaning 25 turkumga oid 400 dan ortiq turlari bor. Yer sharining tropik va subtropik mintaqalarida hamda sovuq iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Shumtol – Fraxinus turkumi bir uyli yoki ikki uyli daraxtlar. Barglari patsimon murakkab, gullari ko‗pincha yalong‗och, mevasi cho‗ziq, qanotli pista yoki yong‗oqchadir. Turkumning 65 turi mavjud. Shundan O’zbekistonda 3 turi tabiiy holda o‗sadi. Oddiy shumtol – F. excelsior shoxlari kulrang-yashil, barglari toq patsimon, 7-9 ta, ba‘zan 5-15 ta, bandsiz bargchali, baland daraxt. Mevasi uchi to‗mtoq, qanotli meva. Mevalari kuzda pishadi, kuzda ham turadi. Shahar ko‗chalari va hiyobonlarda manzarali daraxt sifatida ko‗plab ekilgan. Pensilvaniya shumtoli – F. pensylvanica bo‗yi 15-20 m ga etadigan daraxt. Barglari murakkab, 5-9 bargchali, barglarining cheti tekis yoki tishchali, ust tomoni yashil, sirtidan kulrang yashil tuklar mavjud. Shahar ko‗chalari, kanallar bo‗ylarida ko‗plab ekilgan. Ikkala turdan ham ihota daraxtzorlai tashkil etishda keng foydalaniladi (258-rasm, B). Zaytun – Olea turkumi doimiy yashil daraxt va butalar. 60 dan ortiq turlari mavjud. Yevropa, Okeaniya orollarining tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan. Yevropa zaytuni – Olea europaea qadimdan meva va yog‗i uchun ekib kelinayotgan daraxt. Bo‗yi 5-6 m, ba‘zan 10-12 m etadi. Doimiy yashil, ayrim tuplari 2000 yoshga kirgan. Novdalari tikansiz. Mevasi eti seryog‗, danakli meva. Mezokarpida 25-40 (75) % gacha yog‗ bo‗ladi. Meva tuzlangan yoki ziravor qo‗shib sirkalangan holda ovqatga ishlatiladi (258-rasm, D). 1-rasm. Oleaceae: A-nastarin (Syringa vulgaris); to‗pguli va mevalari. B-Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pennsylvanica); mevali novdasi. D-Yevropa zaytuni (Olea europaea); gulli novdasi, guli va mevasi. Jasmin – Jasminium turkumi turlari doimiy yashil yoki bargini to‗kadigan poyasi tik yoki chirmashib o‗sadigan butalar. Gullari voronkasimon, sariq, oq, ba‘zan qizil rangli, ba‘zi turlari xushbo‗y hid taratadigan manzarali o‗simliklar. Turkumning 200 turi bo‗lib, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Respublikamiz sharoitida jasminning J. officinale (259-rasm) tur manzarali o‗simlik sifatida bog‗lar, xiyobonlar va ko‗chalari chetlariga ekiladi. Efir moylariga boy. 2-rasm. Dorivor jasmin (Jasminium officinales); Gulli novdasi va mevasi Oilaning manzarali turkumlaridan Ligistrum – Ligustrum domiy yashil buta bo‗lganligidan L. vulgare turi Respublikamizning ko‗cha, hiyobon va bog‗larida ancha ilgaridan manzarali o‗simlik sifatida ekilib kelinadi. Nastarin (Syrenga) turkumi ham manzarali bo‗talar sifatida kop ostiriladi. Kampirchopon ( Trichodesma incanum ) gavzabondoshlar ( Boraginaceae ) oilasiga mansub ko'p yillik begona o't hisoblanadi.Samarqand va Buxoro hududlarida donli ekinliklar bilan o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston va Shimoliy Eronda o'sadi.Kampirchopon (Trichodesma incanum) O'zbekiston lalmikor yerlarning dengiz satxidan 400-1100 metr balandlikdagi yerlarning deyarli hammasida tarqalgan va o'sishga moslashgan hisoblanadi. Kampirchopon ( Trichodesma incanum ) tekis va adir yerlarda aprel oyining birinchi yarmida, tog'li tumanlarda aprel oyining oxirida va may oyining birinchi yarmida o'sa boshlaydi. Adirlarda soz tuproqli va shag'alli yerlarda bazan g'alla ekinlari orasida begona o't sifatida o'sadi. Zaharli o'simliklardan hisoblanadi. Kalit so'zlar: Kampirchopon ( Trichodesma incanum ), Gavzabondoshlar ( Boraginaceae ), zaxarli o'simliklardan, alkaloidlar, glikozidlar,organik kislatalar, zaxarli sinil, filiks kislatalari, O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Eron, Samarqand, Buxoro. Kampirchopon ( Trichodesma incanum ) Gavzabondoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik hisoblanadi.Poyasi sershox,yer bag'irlab bazan tik o'sadi.Bo'yi 30-100 sm gacha boradi. O'simlikning hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan qoplangan. Barglarining ham hamma qismi kumushsimon oq tuklar bilan qoplangan, seret tuxumsimon, poyada juft-juft qarama-qarshi joylashgan hisoblanadi. Poyasining pastki qismi yog'ochlashib ketgan. Barglarining chetlari tekis,cho'ziq nishtarsimon,uchi o'tkir,oldingi va orqa tomoni tuk bilan qoplangan. Barglarining uzunligi 3-8 sm, eni 1.3-2.5 sm. Gulyonbargchalari tuk bilan qoplangan. Tojbarglari 2-2.5 sm bo'lib gullash davrida naychasi oq, poyasi havorang bo'lib, keyinroq gul naychasi pushti rangga kiradi. Mevasi bir biriga yopishgan 4 ta yong'oqchaga o'xshaydi, pishganda ajralib ketadi. Mevasi qattiq kattaligi 6-7 mm keladigan yalpoq loviya yoki yurak shaklida nayza uchli bo'ladi. Po'sti kulrang bir tomoni taram-taram yo'lli, ikkinchi tomoni g'adir- budir bo'ladi.Urug'i oq va sermoy bo'ladi. Ming donasi 500 gram keladi.Birinchi yili poyasining bo'yi 30 sm ga yetib, ildizi 1.5 metrgacha o'sadi.Ildizi 5-6 metr chuqurlikgacha kirib boradi.Ildiz bog'zidagi kurtaklardan yer usti novdalari o'sib chiqadi.Vegetativ yo'l bilan hamda urugi'dan ko'payadi. Gullari zangori rangda bo'lib tarvaqaylangan ro'vaksimon to'pgulga yig'ilgan. Kampirchopon govzabon (kampirchopon) doshlar oilasiga kiruvchi ildizpoyasi yaxshi rivojlangan, poyasi tarvaqaylagan, sudralib o’suvchi, bahzan tik o’suvchi ko’p yillik o’simlikdir. O’simlikning tanasi, bargi, guli qalin, mayin tuklar bilan qo’langan. Bargining uzunligi 3- 8 sm, eni 1,3 — 2,8 sm bo’lib, bandsizdir; shakli tuxumsimon yoki chopziq tuxumsimon bo’lib, cheti tekisdir. To’p gullari ro’vaksimon bo’lib, novdalarining uchlarida joylashgan. Gul bandi dastlab 1—2,5 sm bo’lib, keyinroq uzayadi. Gultojibargi gullash davrining boshlanishida ko’kimtir rangli bo’lib, keyinchalik pushti rangga aylanadi. Yong’oqchalari to’q jigar rangli, uzunligi 6-8 mm, eni 5-7 mm, keng-tuxumsimon bo’lib, qattiqdir. Kampirchopon may-iyul oylarida gullaydi hamda urug’ hosil qiladi. U vohalarda, adir va tog’ mintaqalarida, ayniqsa lalmikor yerlarda juda keng tarqalgan zaharli o’simlikdir. Uning yer ustki organlarida zaharli alkaloidlardan trixodesmin, inkaninlar mavjud. Alkaloidlarning eng ko’p miqdori o’simlikning urug’ida bo’ladi. Uning xom urug’ida 1,5% va pishgan urug’ida 2,7% alkaloid bor. Kampirchopon o’simligi chorva mollari va bahzan odamlar uchun juda xavflidir. Bug’doy doniga aralashgan urug’lar ovqatga ishlatilsa, kishilar hayotida baxtsiz hodisa ro’y berishi mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling