Reja: I. Kirish: >II. Asosiy qism


O'sish joyi. Tarqalishi


Download 0.59 Mb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1505867
1   2   3   4   5
Bog'liq
203 Boraginaceae oilasi

O'sish joyi.
Tarqalishi: Kampirchopon (Trichodesma incanum) O'zbekistonning lalmikor yerlarning dengiz sathidan 400-1100 metr balandlikdagi yerlarning deyarli hammasida tarqalgan va o'sishga moslashgan. U tekis va adir yerlarda ham o'sishga moslashgan. Adirlarda soztuproqli va shag'alli yerlarda bazan g'alla ekinlari orasida begona o't sifatida o'sadi.Samarqand va Buxoroda donli ekinliklar bilan ham begona o't sifatida o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston va Shimoliy Eronda o'sadi. Kimyoviy tarkibi: Alkaloidlar ya'ni zaxarli moddalar, moylar,glikozidlar, organik kislatalar, zaxarli sinil, filiks kislatalar mavjud hisoblanadi. Salbiy oqibatlari: Kampirchopon ( Trichodesma incanum ) zaharli o'simlik hisoblanadi.Hayvonlar va odamlar uchin xavfli hisoblanadi.Hayvonlardan cho'chqa, qo'y va otlar ko'p zaxarlanadi. Qarshi kurash choralari: Kampirchopon kombayn bilan o'rilganda yoki ketmon bilan chopilgandan keyin tezda ildizidan sal yotiq o'sadigan bir necha poya chiqadi. Kampirchopon ekinlarning har bir gektarida 450 Dan 5500 tupgacha, ba'zi joylarda 40 ming tupgacha o'sadi.Bir tup Kampirchopon 150 dan 2000 donagacha urug' tugadi. Urug'ida 2.7 % gacha, poya va barglarda 1.5% gacha alkaloidlar ya'ni zaxarli moddalar bo'ladi. Shuning uchun ham ushbu o'simlikka qarshi kurashish mushkil ish hisoblanadi. Samarali qarshi kurashish uchun ekinlarni o'toq qilish, ekin hosili yig'ishtirilgach yerni 10-12 sm chuqurlikda yumshatish zarur hisoblanadi. Chimqirqar plug bilan 30-35 sm chuqurlikdagi kuzgi shudgor, donli ekinliklarni 2.4-D tipdagi gerbitsidlar bilan dorilash samarali usul hisoblanadi
PECHAKNAMOLAR QABILASI – CONVOLVULALES

Pechaknamolar qabilasi vakllari asosan o’t o’simliklari bo’lib, Pechakdoshlar oilasi (Convolvulaceae) vakillari хar хil ekologik muhitda keng tarqalgan. Ba’zi vakillari parazit holda yashashga moslashgan. Bu oila 1700 turga ega bo’lib, O’zbekistonda 4 ta turkum va 18 turi uchraydi. Bular buta, chala buta va o’t o’simliklari bo’lib ba’zilariivng poyalari o’ralib o’sadi (Convolvulus azvensis). Barglari oddiy, butun ba’zan o’yilgai yoki patsimon qirqilgan, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari asosan yakka yoki diхaziy to’pgulni tashkil etadi.


Gullari ikki jinsli, aktinomorf bo’lib quydagi formulaga mansub Ca(5) Co(5)A5G(2)-(5).
Zarpechakdoshlar oilasining (Cuscutaceae) O’zbekistonda 18 turio’sadi. Poyalari o’ralib o’suvchi, хlorofilsiz bo’lib, parazitm o’simliklardir. Birlamchi reduktsiyalangan, tangachasimon (zarpechak, devpechak). Qo‘ypechak (Convolvulus arvensis) Gulning kosachasi o‘zaro qo‘shilishgan 5 ta kosacha bargdan iborat. Gulkosacha tekshirilsa kosacha bargchasining uchida o‘yiq borligi va buning chetlari tuklar bilan qoplanganligi ko‘rinadi.
Gultoji voronka yoki qo‘ng‘iroq shaklida bo‘lib 5 ta tutash oqish-pushti tojbargdan iborat. Gultoji nina uchi bilan yorib olchilsa, uning ichida 5 ta changchi borligi va bu changchilar ipining pastki tomoni kengayganligi ko‘rinadi. Urug‘chida esa 1 ta ustuncha va 2 ta silindrsimon tumshuqcha bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasi belidan ko‘ndalang kesilsa, uning to‘rt urug‘ kurtakli ikki uyadan iboratligi ma’lum bo‘ladi. Qo‘ypechak mevasi to‘rt pallali ko‘sakchadan iborat.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling