Reja: I. Kirish: >II. Asosiy qism


GAVZABONNAMOLAR QABILASI - BORAGINALES


Download 0.59 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1505867
1   2   3   4   5
Bog'liq
203 Boraginaceae oilasi

GAVZABONNAMOLAR QABILASI - BORAGINALES
Gavzabondoshlar oilasiga (Boraginaceae) asosan o’t o’simliklari va kam bo’lsada tropik mamlakatlardagi buta va daraхt o’simliklarn kira-di. Ular poyasi qirrali barglari butun, navbat bilan ba’zi vakillarida esa qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari ko’pincha qattiq tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. To’pgullari qo’shaloq gajaklardan iborat. Gullari besh bo’lakchali, asosan aktinamorf. Gultojlari naychasimon, qo’ng’iroqsimon yoki boshoqga o’хshash. Mevasi to’rtta yongoqqa, ba’zan sersuv danakchali.
Bu oila 2.000 ga yaqin turga ega bo’lib, O’rta Osiyoda 230 ga yaqin turi o’sadi. Masalan, gavzabon turkumi bir va ko’p yillik zaхarli begona o’t o’simliklari bo’lib, g’alla ekinlari orasida uchraydi. Kampirchopon turkumining oq tukli kampirchopon turi ham hilma-hil alkaloidlarga ega bo’lib, zaharli o’simliklardan хisoblanadn (Trichoesma incanum).
Gavzabonnamolar (Boraginales) qabilasi
Bu qabilaga 7 ta oila kiradi.
Gavzabondoshlar - Boraginaceae oilasi. Mazkur oilaga 100 turkumga oid, 200 tur kiradi. O’zbekistonda 32 turkumga mansub 118 turi usadi. Oilaning baʼzi turlari juda keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra bir va ko’p yillik o’tlar ustunlik qiladi. Gullari aktinomorf yoki zigomorf. Gulqo’rg’oni murakkab.
Govzabon, hoʻkiz tili (Anchusa italica Retz.) — kampirchopondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, tikanli, tik usadi, boʻyi 40—100 sm. Barglari qalin tuksimon tikanlar bilan qoplangan; ildiz yonidagi barglari yirik, choʻziq-ellipssimon, poyadagilari — bandsiz, nashtarsimon. Gullari havorang, yirik roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. Oʻq ildizi yoʻgʻon, sershox. May—avg.da gullaydi va meva tugadi. Urugʻidan koʻpayadi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Gʻoʻza, beda, gʻalla ekinlari orasida, shuningdek, yoʻl yoqalari tashlandiq yerlar, bogʻlar va ariq boʻylarida oʻsadi. Kurash choralari: ekinlarni oʻtoq qilish; gʻalla ekinlari maydonlarini oʻrimdan keyin 6—8 sm chuqurlikda yumshatish; shudgor qilish; gerbitsidlar purkash.
Kampirchopon (Trichodesma incanum (Bunge) ADC.) — govzabonguldoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, yer bagʻirlab, baʼzan tikka oʻsadi, boʻyi 30—100 sm. Oʻsimlikning hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan qoplangan. Barglarining hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan kalin qoplangan, seret, tuxumsimon, bandsiz. Gullari zangori, tarvaqaylagan roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi tuxumsimon yongʻoqcha.
Aprel—oktabrda gullab mevalaydi. Ildizi oʻq ildiz. Bosh ildizi 5— 6 m chuqurlikkacha kiradi, ildiz boʻgʻzidagi kurtaklardan yer usti novdalari oʻsadi. Vegetativ va urugʻidan koʻpayadi, qishlab chiqqan urugʻlari 7—10° t-rada unadi. Mart — aprel boshida maysalari koʻkaradi. Bir tup i 1000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻi tuproqqa sochilib ketadi. Oʻsimlik va urugʻlari zaharli.
Kurash choralari: oʻtoq qilish, ekin hosili yigʻishtirilgach, yerni 10— 12 sm chuqurlikda yumshatish, chimqirqar plug bilan 30—35 sm chukurlikda kuzgi shudgor. Don ekinlarini 2,4-D tipidagi gerbitsidlar bilan dorilash.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling