Reja: I. Kirish >II. Asosiy qism


Download 9.08 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.08 Kb.
#226735
Bog'liq
Kurs ishi


Mavzu: O‘zbekistonda biznes muhiti holati va uni yanada yaxshilash yo‘llari.

Reja:


I. Kirish

II. Asosiy qism:

1. Biznes muhiti tushunchasi va uni belgilovchi omillar.

2. O‘zbekistonda biznes muhitining hozirgi holati va uni rivojlantirishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

3. O‘zbekistonda biznes muhitini yanada yaxshilash yo‘llari va istiqbollari.

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

1. Biznes muhiti tushunchasi va uni belgilovchi omillar.

Тadbirkorlik faoliyatining samarali bo‘lishida tadbirkorlik muhiti

omillarini tadqiq etish muhim o‘rinni egallaydi. Тadbirkorlik muhiti

deyilganda, firmaning faoliyat ko‘rsatib borishiga ta’sir o‘tkazadigan va

boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishning talab etadigan shart-sharoitlar

va omillar bor-yo‘qligi tushuniladi. Тadbirkorlik muhitining ichki va

tashqi omillari tafovut qilinadi. Ichki muhit deyilganida, firmaning

olinadigan foydani ko‘paytirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini o‘z

ichiga oluvchi xo‘jalik faoliyati tushuniladi.

Тadbirkorlikning tashqi muhiti deyilganda raqobatchi firmaning

faoliyatidan qat’i nazar, atrofidagi muhitda yuzaga keladigan, lekin uning

ish olib borishiga ta’sir o‘tkazadigan barcha shart-sharoitlar va omillar

tushuniladi.

Тadbirkor katta foyda olish uchun quyidagi yo‘nalishlarda o‘z

maqsadini aniqlab olishi kerak: fan-texnika sohasida — yangi mahsulotni

ishlab chiqish va joriy etishni; ishlab chiqarish sohasida texnologiya

jarayonini takomillashtirish va yangi texnologiyadan foydalanish, ishlab

chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilashni; mehnatni o‘tkazish, sotishda

har bir mehnatga nisbatan bozor ulushini saqlab qolish va kengaytirib

borishi lozim.

Boshqarishning asosiy vazifasi omillar ta’sirining tabiati va darajasini

aniqlab, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshib borishi va

rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qarorlar qabul qilishdir. Shu

maqsadda tadbirkorlik muhiti omillari quyidagi jarayonlarda:

marketing tadqiqotlari va marketing dasturlarini ishlab chiqishda;

biznes-reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda;

operativ boshqarishda;



xo‘jalik faoliyati natijalarini nazorat qilib borish jarayonida

muntazam tahlil qilib boriladi.

Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy

maqsad — bozor munosabatlarini tashkil etish, bozorni turli-tuman zarur

tovar va xizmatlar bilan to‘ldirib, iste’molchilarning saralab tovar xarid

qilishiga keng imkoniyatlar yaratib, pirovard natijada xalqning farovon

turmush sharoitini ta’minlashdan iborat.

Xalqimizning farovon turmushini yaratishda, keng iste’mol tovarlar

bilan bozorni to‘kin-sochin qilishda, aholiga turli-tuman xizmatlar

ko‘rsatishni tashkil etishda tadbirkorlikning ham o‘z o‘rni bor. Chunki

tadbirkor qancha rivojlansa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish

ham shunchalik rivojlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida»gi

Qonunida belgilanganidek, har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk

egasining shaxsan ishtirok etishiga yoki boshqa fuqarolarning mehnatini

qo‘llash yo‘li bilan foyda olishga asoslanishi mumkin.
Download 9.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling