Reja: I kirish II tuman atlaslarini yaratish masalalari


Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi


Download 49.17 Kb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi49.17 Kb.
#1511610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish geografik bilimlarni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Kartografik tasavvurlar quyidagi usullar yordamida shakllantiriladi: geografik borliq, voqea va hodisalarni xaritada ko‘rsatish; geografik voqea va hodisalarni nomlarini yozish; geografik borliq, voqea va hodisalar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; didaktik materiallardan foydalinish; geografik diktantlar tayyorlash; turli xil xarita chizmalarini chizish; chiziqli xaritalar bilan ishlash; globus va turli xil xaritalar bilan ishlash.
Geografik tasavvurlarni shakillantirshdan maqsad o‘quvchilar tomonidan geografik obyektlar va ularni nomlarini hamda joylarini mustaykam o‘zlashtirishdir.
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Xaritalar haqida tasavvur hosil qilish;
Dunyo xaritasi, yarimsharlar xaritasi, materiklar va okeanlar xaritasi, tabiiy geografik o‘lkalar va jahondagi davlatlar xaritalari. Xaritalar geografik borliq, voqea va hodisalarni kichraytirilgan tasviri ekanligi haqida tasavvurlarni shakillantirish.
2. Xaritalarning masshtablari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Masshtab bilan ishlash yo‘llarini tushuntirish. Xaritalarni masshtabiga ko‘ra yirik, o‘rta va mayda masshtabli xaritalarga bo‘linishi haqida tasavvurlarni shakillantirish. Xaritalar masshtabi qancha mayda bo‘lsa undagi borliq, voqea va hodisalar shuncha kichraytirib tasvirlanishi haqida tasavvurlarni shakllantirish.
3. Geografik xaritalarning shartli belgilari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Shartli belgilarning turlari va ularni o‘qish va ulardan foydalanish texnologiyasini shakllantirish. Shartli belgilar asosida turli xil xaritalarni o‘qish, o‘lchash ishlari olib borish, ko‘nikmalarni shakllantirish.
4. Geografik xaritalarning matematik asosi (ekvator, meridian, parallel, daraja to‘ri, geografik kenglik va uzunlik, geografik koordinatalar) va ulardan foydalanish texnologiyasini hosil qilish;

Download 49.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling