Reja: I. Kirish Ona tili-millat ruhi >II. Asosiy qism
Download 15.55 Kb.
|
2-B guruh. Salomova Manzura. Insho. Til-millat ko‘zgusi
Til-millat ko'zgusi Reja:
I.Kirish.. Ona tili-millat ruhi II.Asosiy qism: 1. Til-millat ma'naviyatining muqaddas timsoli. 2.Ona tilim-iftixorim. III.Xulosa.Til borki,millat barhayot.
(Abdulla Avloniy) Til xalqning yagona bir millat sifatida milliyligini,o'zligini,madaniyatini ko'rsatuvchi ko'zgudir.Millatning borligi va birligining bosh belgisi tili hisoblanadi. Shuning uchun ham biz o'zbek tilini ona tili sifatida ulug'laymiz,e'tirof etamiz. O'zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir.Uning sofligi, purma'noligi va go'zalligi bilan boshqa tillardan farqli. Dunyo tillarining faqat ikki yuztasigina davlat tili maqomiga erishgan bo'lib,ular orasida o'zbek tili ham bor. Bu esa har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otib,tilimiz sofligini saqlashgda zimamizga mas'uliyatlar ham yuklaydi.Binobarin,til qalbimiz oynasi hamdir. Shu o'rinda Abdulla Oripovning betakror satrlari yodga tushadi: Ming yillardirki bulbul kalomi O'zgarmaydi,yaxlit hamisha. Ammo sho'rlik to'tining holi O'zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan,shaksiz, Sen yo'qolgan kuning,shubhasiz, Men ham to'ti bo'lib qolaman! Shunday ekan, tilimiz qanchalik go'zalligini butun dunyoga tarannum etmog'imiz darkor. Ona tili-bu millatning ma'naviy qiyofasi,or-nomusi,orzu-umidlari namunasi. Ona tili so'zi shunchalar ulug'ki, uni har qancha ta'riflasak arziydi. Har qaysi millatning o'z Vatani,oilasi bo'lgani kabi jonajon,betakror tili ham bo'ladi. Vatan, ona qanchalik muqaddas bo'lsa, ona tili ham shunchalik ulug'dir.Ona tiliga muhabbat,avvalo, ona allasi bilan bolaning qalbiga singadi. Ana shunday ulug'vorlik bola qalbida mudom yashaydi.Ona tili rivoji ham aynan yoshlar qo'lida.Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi,taraqqiy etmaydi.Suvsiz daryo bo'lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Yuragimning qoshida Sayrab turgan bulbulim, Sensiz ochilmas gulim Ruhiyat bo'stonimda, Ona tilim,jon tilim. Tilni sevish,uni ardoqlash,millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.”O'zbek tili haqida”gi qonun qabul qilingandan so'ng mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi. O’zbek tilining jozibadorligi va mukammalligi barcha xalqlar tomonidan e'tirof etib kelinmoqda. Xususan, rossiyalik tilshunos olima,professor A.M.Kozlyanina shunday degan edi:”O'zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador".Shuning uchun ham ona tilini ulug'lash,asrab-avaylash har bir o'zbek farzandining burchidir.Birinchi Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda:”O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi,avlodlar o'rtasidagi ruhiy-milliy bog'liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodda tutishimiz va tilimiz yuksalishiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim. Bugungi kunda jahon sport arenalarida o'zbek kurashining qoidalari sof o'zbek tilida"chala", “yonbosh",”halol" kabi so'zlarni baland ovozda yangrashini eshitgan inson o'z tili,o'z millatining,Vatanining davlat tilini eshitib,g'ururlanishi bor gap. Til-millatning faxridir.Har qaysi inson o'z Vatani bilan qanchalik faxrlansa,o'z ona tili bilan ham shunchalik faxrlanadi.Shunday ekan,ona tilini sevish,so’z boyligini chuqurroq oshirish zarur. Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Til yashasa, millat yashaydi. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi. Zero rus tarixchisi Shobelev aytganidek “Millatni yo’q qilish uchun u yerga qurol ko’tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo’q qilish kerak, shunda millatning o’zi yo’q bo’lib ketadi” degan fikri naqadar to’g’ri ekanligini ko’rishimiz mumkin. Shu sababli har bir yosh avlod millat tilini ardoqlashi va yuksalishida o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Download 15.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling