Reja: I. Kirish
Download 114.5 Kb.
|
davlat hokimyatini amalga oshirishning huquqiy shakli
Parlamentar monarxiya. Bunday boshqaruv shakli, odatda eng rivojlangan davlatlar qisoblanadi. XVII-XVIII asrlarda ayrim mamlakatlarning davlat boshqaruv shakli insoniyat tassavvurida bo‘lmagan yangicha jamiyat qurilishi jarayonlari boshlangan davr bo‘ldi. Agrar feodalizmdan, ilk kapitalistik tuzumiga o‘tish davrida barcha davlatlarning boshqaruv shakli, tabiat, jamiyat qonuniyatlari talablariga mos ravishda o‘zgardi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Avstraliya davlatlarining boshqaruv shakli tubdan yangilandi. Albatta, bu jarayonlarda har bir davlatning xalqlarini xoxish irodasi o‘z ifodasini topgan.
"Odamzod yer, suv, havo hamda quyoshni bevosita his qilishdan asta-sekin "Tabiat nima?", "Hayot nima?", "O‘lim nima?", "Odamning mohiyati nimada?", "Koinot o‘zi nima?"kabi murakkab savollar tomon taraqqiy etdi. Qorong‘ulikdan yorug‘likka chiqqanday, bilimsizlikdan ma’rifat sari, dunyo xaqidagi tassavvurlar hamda tushunchalar tomon siljishi ma’naviyat yo‘lini qanchalik uzluksiz ekanligidan dalolat beradi. Bu yo‘l shunchalik so‘qmoqlarga mo‘l ekanki, odamzod haqiqat va haq bekatiga yetib kelguncha shuncha ko‘p tafakkurlarni o‘zi buzib, yana boshqa tasavvur manzillari yaratishga to‘g‘ri keldi". Mazkur falsafiy g‘oya har qanday davlat shakliga taalluqli bo‘lib, inson doimo yaxshi yashash uchun kurashib kelganligi va bu jarayonlarda turli xil ko‘rinish kasb etuvchi boshqaruv usulini tashkil etganini tarixiy manbaalardan o‘rganamiz. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan parlamentar monarxiya davlat shaklining vujudga kelishi ham insoniyat kurashlarining natijasida paydo bo‘lgan eng zamonaviy boshqaruv usulidandir. Parlamentar monarxiya tuzumida hokimiyatning bo‘linish prinsipi qonunchilik organining Oliy davlat hokimiyat organi ekanligini ko‘ramiz. Ijroiya hokimiyat ustidan parlamentning yuqori turishi, siyosiy rejimning demokratik yoki liberal ya’ni davlat hokimiyat organlarining bir-biri bilan murosaga kela olmaydigan qonun talablarida faoliyat yuritishi belgilanganligini mustahkamlaydi.
Xulosa
Eng muhim boshqasidan ajralib turadigan parlamentar monarxiya davlat boshqaruv shaklining belgisi shundan iboratki – parlamentning kuyi yoki yuqori (qaysi palatada hisobdor bo‘lsa) palatasi oldida xukumatning o‘z faoliyati masalalarida siyosiy javobgarligidir. Agar quyi palata xukumatga ishonchsizlik xukumatini bildirsa yoki bildirgan ishonchini qaytarib olsa, xukumat monax tomonidan iste’foga chiqishi yoxud o‘z lavozimidan ozod etilishi shart. Ammo parlamentning bu huquqi xozirgi parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda amalga oshirilishi unga tenglashtirilgan xukumatning monaxga yoki yuqori (qaysi palata bunday huquqqa ega bo‘lsa) quyi palatani tarqatib berish taklifini tasdiqlashi va yangi saylovlarni tashkil etilishida ko‘rishimiz mumkin. Bunday jarayonlarda ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyat organlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar xalq tomonidan hal etiladi. Agar saylovlarda parlamentning oldingi tarkibi qaytadan saylansa yoki ko‘pchiligi palatadan o‘rin olsa, unda hukumat tarkibi yangilanadi ya’ni iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, bunday davlat boshqaruv shaklida monax, parlament va xukumat munosabatlarining belgilanishi parlament rejimi yoki parlamentar monarxiya deb ataladi. Parlamentar monarxiya davlat boshqaruv shaklining tuzilishi juda murakkab jaraayonlarni o‘z ichiga oladi, bunda parlament tarkibining biror bir siyosiy partiya tomonidan ko‘p o‘rin olishi mumkin emas. Buning natijasida xukumat a’zolari ham bir partiyadan tuzilishi mumkin bo‘lmaydi. Chunki ularda istiqomat qilayotgan xalqlarning siyosiy ongi va tafakkuri biror bir siyosiy partiyaning davlat hokimiyatiga hukmronlik kilishiga yo‘l ko‘ymaydi. Bu masalada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning II-chaqiriq Oliy Majlisning II- sessiyasida 2000 yil 25 may kuni so‘zlagan nutqi diqqatga sazovordir; "Shuni yaxshilab anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning Parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir",20 deb Uzbekiston davlatining kelajak istiqbollarini xalqning ma’naviy yuksalishini Parlamentni shakllantirish orqali qurish mumkinligini tushuntirib bergan edi. Shundan xulosa qilib aytish mumkinki, xozirgi rivojlangan parlamentar monarxiya xisoblangan Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya va Kanada davlatlari ham uzoq tarixiy rivojlanish bosqichlarini boshidan kechirgan. Ularning davlat boshqaruv usulini yana kengroq o‘rganar ekanmiz, parlamentning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni beqiyos katta ekanini, ishini tashkil etish mexanizmini mukammal ekanligidan ko‘rishimiz mumkin. Parlament faoliyatining tashkil etilishi siyosiy partiyalarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Buyuk Britaniya, Kanada, Avstriya davlatlarida ikki partiyaviy tizimi mavjud. Ayrim davlatlarda (Yaponiya) ko‘p partiyaviylik tizimi mavjud bo‘lib, eng kuchli partiya tomonidan ularning o‘zaro munosabatlaridagi muvozanati saqlanib turadi. Parlament monarxiya davlat shaklining o‘ziga hos hususiyatlari ya’ni ijobiy va salbiy tomonlari, davlat hokimiyatining amalga oshiri-lishida turli xil siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa bir tomondan hokimiyatni su’iste’mol qilinishini oldini olsa, ikkinchi tomondan parlament ustidan nazorat qilinishiga shart-sharoit yaratib beradi. Masalan, Yaponiyada 1955-1993 yillarda xukumat tarkibi kuchli siyosiy partiyalar vakillaridan (quyi palatadan) bo‘lganligi uchun, yuridik jihatdan parlament hukumat faoliyatni nazorat qilish kerak edi, amalda esa xukumat tarkibi palatada ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya vakillaridan bo‘lganligi sababli, xukumat parlament faoliyati ustidan o‘z xukmini o‘tkazadigan bo‘ldi. Bunday davlat rejimining o‘rnatilishi vazirlik yoki "Hukumat hay’ati tizimi" nomini oldi. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling