BMI ning obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida «Sirg’ali dehqon bozori» OAJ ning boshqaruv faoliyatida innovatsion jarayonlarni qo’llash amaliyoti tanlangan.
BMI ning predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib, korxonalarni boshqarishda vujudga keladigan tashkiliy - iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
BMI ning maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarishda innovatsion faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi. BMI maqsadidan kelib chiqib, quyidagi ilmiy vazifalar qo’yildi:
korxonalar faoliyatini boshqarishda innovatsion faoliyatning mohiyatini ochib berish;
innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari va uning menejmentini ko’rib chiqish;
korxonalarda innovatsion loyihalarni baholash tartibi va tanlash usullarini yoritib berish;
innovatsion texnologiyalarni qo’llash sharoitida korxonaning zamonaviy holatini tahlil qilish;
korxonalar faoliyatini boshqarishda innovatsion jarayonlarni takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish.
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsion jarayonla asosida korxonalarni rivojlantirish hamda istiqbollarining tadqiq etish quyidagi xorijlik iqtisodchi olimlardan Yu.P.Morozov, K. I.Pletnev, S.V.Valdaytsev, V. Yakovets, D.I.Kokurin, I. Shumpeter, B.3. Milner, P.I.Ratanin, D. Saxal, B.Santo, V.M.Anshin ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu muammoning alohida jihatlarini O’zbekiston misolida D.V.Trostyanskiy, A.F.Rasulov, D.N.Raximova,
A.X.Hikmatov, B.Yu.Xodiev, M.P.Narziqulova, M.L. Tursunxodjaev, I.I.Iskanderov, I.S.Tuxliev, V.M.Shepelev, A.M.Qodirov, Sh.Zaynitdinov ishlarida ko’rib chiqilgan.
BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. BMI matni ___ betni tashkil etib, unda __ ta jadval, ___ ta rasm, ___ ta diagramma keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |