Reja: I. Muqaddima. II. Kirish qism
Download 72.62 Kb.
|
Mavzu
II. Kirish qism.
O’zbek davlatchiligini tarixini o’rganish prinsplari va medodlari. Tarixiy voqealarni qrganishda tqg‘ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni qqitish va qrganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bqysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga- ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag‘allar, mulkdorlar va yqqsillar tarixiga bqlindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag‘allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bqysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in qilindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bqlindi. Dinga e’tiqod qilganlar idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini qrganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yqqotib yuborildi. Oqibatda kqpgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. g‘sh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb qrgatildi. Tarix faqat jangu jadal urushlardan iboratdek qilib kqrsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bqlgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bqldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni tqg‘ri yoritish va qrganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik printsiplarga tayanmoq zarur. Dialektik metod ana shunday printsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bqladigan hodisalar, voqealar umumiy va qzaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bqladi deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy dunyoni uzviy bog‘liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, qzgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog‘lanishda olib qrganish qoidalarini yaratdilar. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O‘zbekiston tarixini, qzbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‘liq holda qrganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, qziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog‘lanishdadir. Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi kqpgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bqlib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug‘, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo qzaro ta’sirda va aloqada bqlganlar, qqshilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog‘liq qtgan. Shu sababdan O‘zbekiston tarixini qqshni mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qqymagan holda qrganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg‘on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O‘zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama qrganishga imkon yaratadi, kqmaklashadi. Tarixiy voqea, hodisalarni qrganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik printsiplardir. Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni qrganayotganda ular bilan bog‘liq bqlgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, qzaro aloqada va munosabatda deb qrganish darkor. Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «Qzbek olimlarining kuch g‘ayratlari bilan, - deb yozadi I.A.Karimov, - tariximizning kqpdan kqp g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, qtmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bqlindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1 . Tarixni qrganishda tarixiylik printsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni qz davrining aniq tarixiy sharoitidan, qsha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda qrganishni taqazo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‘lab qrgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi qrnini tqg‘ri aniqlash, belgilash mumkin bqladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bqlagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bqlganligini, bu hodisa qz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib qtganligini, keyinchalik u qanday bqlib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bqlsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bqldi, ikkinchidan, u qz taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib qtdi, uchinchidan, uning tarixiy qrni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bqladi. Tarixiylik printsipi xalqning qtmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, qtmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yqldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bqlgan avlod tarix fani orqali qtmishni yaxshi bilmog‘i lozim. Qtmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni tqg‘ri tasavvur etamiz. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urug‘chilik tuzumi emirilib, urug‘ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bqlinadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog‘liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa qz manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan tqqnashadigan, g‘alayonlar, qqzg‘olonlar kqtariladigan bqlib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bqlgan voqealarni, tarixiy jarayonni qrganishda ijtimoiy yondashuv printsipiga rioya etish zarur bqladi. Ijtimoiy yondashuv printsipi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda qrganishni taqazo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag‘allar, yqqsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bqlib, bu tarixni soxtalashtiradi, tqg‘ri xulosalarga olib kelmaydi. Shoxlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga tsivilizatsion nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bqlgani uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bqlmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bqlmasligini isbot etishning hojati bqlmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini yoppasiga qoralash ham tqg‘ri emas. Jonajon Vatanimiz kqhna tarixi ham ular orasida xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur yurtboshilar, arboblar bqlganligidan guvohlik berib turibdi. Ijtimoiy yondashuv printsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yqlboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga kqrsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yqldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir. Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar qrtasida, hukmdorlar qrtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yqlida tez-tez qirg‘inbarot urushlar bqlib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag‘lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zqrovonlik bilan qzlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib ham baholash zarur bqladi. Mamlakatimiz tarixini qrganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf- odatlari, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bqlib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bqlish, birinchisini qoralashdan iborat lenincha yqriqnomaning naqadar zararli ekanligini kqrsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, kqpgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Tarixni qrganishda yuqorida qayd etilgan metodologik printsiplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni qtkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Vatanimiz tarixini tadqiq etish, qrganishda uni tqg‘ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, bizning Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g‘oyaga bqysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa tuzimi, quldorlik tuzimi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bqlindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi, degan «g‘oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g‘oyaning qanchalik tqg‘riligini XX asrda kqpgina xalqlar taqdirida sinab kqrildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g‘oyasi amalda mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag‘allar, yqqsillar darajasiga tushirdi, jamiyatda ommaviy loqaydlik, dangasalik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Shu bois insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu g‘oyani qz elkasidan uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi. O‘zbekistonning, qzbek xalqining boy, betakror tarixi bqlib, uning qziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bqlish mumkin: Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr. Qrta asrlar davri. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. Sovetlar istibdodi davri. Milliy istiqlol davri. Bu davrlarning har biri yana o`ziga xos, kichik davrlarga bo`linadiki, uni mazkur qo`llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko`rish mumkin. Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo`lish oson emas. Negaki, biz o`rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo`lib o`tgan, ularni qaytarib bo`lmaydi. Bundan ilgari bo`lib o`tgan tarixiy voqealarni bilib bo`lmaydi, degan xulosa chiqmaydi, albatta. Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo`q bqlib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo`lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga bo`linadi. Qadimgi odamlardan bizgacha etib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal’alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Vatanimiz hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ularning tahliliy xulosalari1 odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi. Qadimgi davrlardayoq odamlar qz fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar qzlari yashab turgan yoki borib kqrgan mamlakatlari haqida, kqrgan-kechirganlarini daraxtlarning pqstlog‘iga, toshga, teriga, keyinchalik qog‘ozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar mavjud. Er va qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbaalar deyiladi. Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini qrganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari qz ifodasini topgan. Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi Gerodotning «Istoriya» (M.1972), Ksenofontning «Grecheskaya istoriya» (M.1935), Polibiyning «Vseobshchaya istoriya» (M.1980-1989), Arrianning «Poxod Aleksandra» (M.L. 1962), Strabonning «Geografiya v 17 knigax» (M. 1964); Kurtsiy Rufning «Istoriya Aleksandra Makedonskogo» (M.1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarni tqplovchi I.V.Pyankovning «Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya» (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovaning «Fergana po svedeniyam antichnix avtorov. Istoriya i kultura narodov Sredney Azii» (L.1976) kabi kitoblar ham Vatanimiz tarixini qrganishda yordam beradi. Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvohliklar» (mil.av.I asr), «Ulug‘ Xan xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» (milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimoliy podshoxliklar (Beyshi) tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalarda Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, arman, Vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham Vatanimiz tarixi haqida ma’lumotlar uchraydi. Vatanimiz tarixini qrganishda turkiy, fors, araf manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi turk yozuvi tqg‘risida S.E.Malovning «Pamyatniki drevne-tyurskiy pismennosti» (M.1951) va «Eniseyskaya pismennost tyurkov. Tekst i perevodi» (M-L.1951),A.Sadullaevning «Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda» (T.1996) asarlarida, Nasimxon Rahmonning «Turk hoqonligi» (T.1993) kitobida qimmatli ma’lumotlar bor. Turkiy xalqlar, jumladan qzbek xalqining etnik tarixini qrganishda Abulg‘oziyning «Shajarayi turk» (T.1992), L.N.Gumilevning «Drevnie tyurki» (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning «K voprosu ob etnogenezi uzbekskogo naroda» (T. 1941), I.Jabborovning «Qzbek xalqi etnografiyasi» (T. 1994) asarlaridan foydalanish mumkin. Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling