Reja: Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha


Download 55.5 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1648807
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qon va limfa


Qon va limfa


Reja:


1. Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha.
2. Qonning vazifasi va tarkibi.
3. Qon shaklli elementlari.
4. Limfa suyuqligiga harakteristika.
5. Gemopoez - qonning yaratilishi.

Ichki muhit to'qima deb tarkibi nisbiy turg'unlikga ega bo'lgan organizmda trofik, himoya va tayanch vazifalarni bajaruvchi to'qimalar yig'indisiga aytiladi.


Bu to'qimaga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to'qimalar kiradi. Ichki muhit to'qimani o'rganishda fagositoz nazariyasini asoschisi I.I.Mechnikov katta xissa qo'shgan.
Barcha ichki muhit to'qimalari uchun xos bo'lgan umumiy xususiyatlardan birinchisi, ularning barchasi embrional to'qima-mezinximadan rivojlanadilar, ikkinchisi, ularda hujayra va hujayra oraliq moddalarning bo'lishidir.
Qon va limfa tarkibida hujayra oraliq modda suyuq bo'lsa, tog'ay va suyak to'qimalarda-qattiq zichlashgan bo'ladi.
Ichki muhit to'qimalarining ma'lum xujayralari fagositoz qilish va antitelalar xosil qilish (ximoya) qobiliyatiga ega bo'lsalar, ichki biriktiruvchi to'qimaning boshqa turlari (tog'ay, suyaklar, zich tolali biriktiruvchi to'qimalar) ko'proq mexanik vazifani bajaradilar, siyrak biriktiruvchi to'qima, qon va limfa esa asosan trofik - ximoya vazifasini o'taydilar.
Qon. Organizmda transport, trofik, ximoya, gemostatik va boshqa bir qator vazifalarni bajarib, limfa suyuqligi bilan birgalikda organizmning ichki muhiti asosini tashkil qiladi.
I.A.Kassirskiy iborasi bilan aytganda, «Qon organizmning ko'zgusi bo'lib, unda organ va to'qimalarda kechadigan o'zgarishlar o'z aksini topadi».
Qon 2 qismdan: plazma (hujayra oraliq suyuq modda) va shaklli elementlardan iborat. Qon o'rta yoshli odamda tana og'irligining 7 foizini tashkil qilib, o'rtacha 5-5, 5 l.ga teng bo'ladi.
Qon plazmasi – rangsiz, tiniq suyuqlik bo'lib, 90-92% suvdan va 8-10% quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddaning 5, 5-8% oqsilllardan 2, 5-3% boshqa organik va neorganik moddalardan iboratdir. Qon oqsillarining eng muhimlari bo'lib, albumin, globulin va fibrinogenlar hisoblanadi. Oqsillardan tashqari plazma tarkibida ёg' karbonsuvlar, modda almashinuv mahsulotlari – mochevina, kreatinin, mineral moddalardan – temir, kaliy, kalsiy fosfor, mis va boshqalar bo'ladilar.
Qonning shaklli elementlariga qizil qon tanachalari – eritrositlar, oq qon tanachalari – leykositlar va qon plastinkalari-trombositlar kiradilar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling