Reja: Ijtimoiy guruhlar haqida tushuncha
Download 423.69 Kb. Pdf ko'rish
|
tema 2
IGTIMOIY GURUHLAR TUSHUNCHASI VA ULAR KLASSIFIKATSIYASI Reja: 1. Ijtimoiy guruhlar haqida tushuncha. 2. Ijtimoiy guruhlarning turlari. 3. Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining obyektiv va subyektiv asoslari 4. Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari 5. Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari. Ijtimoiy guruhlarsotsiologiyasi. Sotsial institutlarKishilar o’z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Guruhbu hatti- harakatlari rasmiy va norasmiyinstitutlar tomonidan boshqariladigan, ma'lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardan o’zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir- sirlari bilan ijtimoiy munosabatlarsistemasi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir. Guruhga harakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya'ni institutlar, nazoratshakllari faoliyat na`munalari norma va qadriyatlar farq qiladigan xususiyatlari Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigana'zolar yig’indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsialogiyada a'zolar soniqancha bo’lishi kerakligi haqida aniq bir to’plamga kelingani yo’q. Bu to’g’risida guruh turlari haqida so’zketganda, gapirib o’til adi. Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo’linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o’zining aniq ta'rifiga ega emas. Umuman katta sotsial guruh deganda, a'zolar soni ko’p bo’lgan kishilar guruhlari tushuni ladi.Katta sotsial guruhlarning o’ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat: a'zolar sonining ko’pligi;yagona hududning mavjud emasligi;a'zolar o’rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalariorqali o’rnatilishi;guruh strukturasining murakkabligi, a niqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi. Download 423.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling