Reja: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar


Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi


Download 30.47 Kb.
bet9/10
Sana22.11.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1793697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilish-fayllar.org

Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu esa aholini mazkur jarayonda qatnashish imkonini beradi, uy-oylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek, yerlar olishida o’z ifodasini topadi.
Xususiylashtirishning to’lovliligi ham muhim xususiyatdir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishining imkoniyati yaratildi.
Yana bir xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini bir-biriga qo’shilishidir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini o’zaro birligidan iborat.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu insonlarni yashashi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar birligidir.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - bu mehnat vositalari, materiallari, texnologiya, energiya axborotlari va ishlab chiqarishni tashkil etish usulidir.
Mulkchilik munosabatlari – bu tabiatda mavjud bo’lgan narsalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar majmundir.

Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling