Reja: Ijtimoiy sheriklik tushunchasi, va uning talqinlari


Download 104.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2021
Hajmi104.98 Kb.
#182718
Bog'liq
7 mavzu



7mavzu: Ijtimoiy sheriklik

Reja:


1.Ijtimoiy sheriklik tushunchasi, va uning talqinlari.

2. Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy huquqiy asoslari

3. Hamkorlik va ijtimoiy sheriklik. Ijtimoiy sheriklikning turlari maqsad va vazifalari,

subyektlari tashkiliy xususiy mexanizmlari.

4. Mamlakatimizda ʼʼIjtimoiy sheriklik toʻgʻrisidaʼʼ( 2014) qonuning qabul qilinishi va uning

ahamiyati.

5.Oʻzaro manfaatli

hamkorlikni samarasini oshirishga qaratilgan davlat xususiy

sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

Prezidentimizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish borasidagi

tashabbusi zamirida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining tezkor rivojlanishiga

erishish, ularni amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqoshkoraligi va samaradorligini

ta’minlashdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadi mujassamdir. Darhaqiqat, bugungi kunda

fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining biriga aylandi. So‘nggi o‘n

yillikda aholining keng qatlamlari tomonidan qo‘llab, quvvatlanayotgan fuqarolik jamiyati

institutlarining shakllanishi va rivojlanishi yangi bosqichga kirdi. Bugungi kunda yurtimizda

6500 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda va bu ko‘rsatkich 2000

yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Ayni vaqtda nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi

fuqarolarning ijtimoiyiqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, 14,2 foizi xotin-qizlar va

yoshlar muammolarini hal qilish, 13,6 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya 32 foizi esa

boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bilan shug‘ullanmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul

qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat

fondlari to‘g‘risi”gi qonunlar, Prezidentimizning “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari

rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Oliy Majlis palatalari

Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qo‘llab-quvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori mazkur sohani

rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ijtimoiy sheriklik tamoyili o‘zining mazmun-

mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy adolat, fuqarolar farovonligi, ularning ijtimoiy himoyasi haqida

qayg‘urish kabi majburiyatni oladi. Shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatni o‘zining asosiy

vazifasi deb bilib, mazkur siyosatning Konstitutsiyada belgilangan yo‘nalishlarning keng

qamrovli amalga oshirishda tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Mazkur tamoyilga amal qilgan holda

davlat, o‘z organlari orqali uzluksiz ravishda ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi

muammolarni hal qilish choralarini ko‘rib boradi. Fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari

bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarni o‘zini –o‘zi boshqarish organlari ana shu

tamoyil asosida davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni shakllantirib boradi. Ijtimoiy sheriklik-

o‘z navbatida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uch sektor manfaatlarini muvofiqlashtirish va

ijtimoiy hayotning barcha muammolarini hal etishdagi hamkorlikdir. Shuni alohida ta’kidlash

kerakki, ijtimoiy sheriklikning eng muhim jihati bu taraflarning huquq va majburiyatlarga rioya

qilish haqidagi o‘zaro kelishuvi emas, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarning alohida eng

nufuzli axloqiy qoidalar majmuidir. Ijtimoiy sheriklikning yana bir xususiyati shundan iboratki,

bu munosabatlar tizimida taraflar barchasi barcha sohada teng huquq va vakolatlarga ega

bo‘lgan va ijtimoiy kelishishga asoslangan hamda baravar manfaatdor bo‘lgan taraflarning

hamkorligidir. Bizning mamlakatimiz ijtimoiy sheriklik tizimini amalga oshirishning huquqiy

kafolatlari dunyo tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda. Xususan, O‘zbekiston

Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni

davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlanishiga, ular

tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda davlatning moliyaviy qo‘llab-

quvvatlashi masalalari ko‘zda tutilgan.

Eng muhimi nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga

ko‘maklashmoqda. Shu asnoda har bir fuqaroning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi,



ularning sotsial faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga g‘amho‘rlik qilish va sharoitlar

yaratish uchun o‘z faoliyatlarini yo‘naltirmoqda.

Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari. Mamlakatimizda faoliyat

yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini

himoyalash,

xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,

jamiyatda manfaatlar

muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol

ishtirok etmoqda.

Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini

ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini

aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.

Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini

kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki

yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni

ko‘rsatadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari

to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular

jumlasidandir.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring

qilish mustaqil instituti tashkil qilingani fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda

muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida

ishlab chiqilgan va 2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy

prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish

tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat

subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy

sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish,

bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi

sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini

himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan.

Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga

chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va

manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat

yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy

sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi. Bunda davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi

boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar

bilan tartibga solinadi.

.Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom

turmush tarzini qaror toptirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik ma’naviy

qadriyatlarni tiklash va o‘rganish kabi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi ham qonunda

o‘z ifodasini topgan. Bu aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda umuminsoniy

qadriyatlar qaror topishiga yanada keng yo‘l ochadi. Qonunga ko‘ra nodavlat notijorat

tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini,

me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.

Bu turli sohalarga oid taklif va loyihalarni tayyorlashda tashabbuslar bilan chiqish hamda

ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishda, ushbu hujjatlarning

jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish, ular ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga

oshirishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun endilikda davlat organlarining nodavlat notijorat




tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining taklif va tashabbuslarini ko‘rib

chiqishi shartligi qonun bilan kafolatlandi.

Qonunda ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari sifatida nodavlat

notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat,

tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy

buyurtmalar berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish ham belgilab

berilgan. Bunday institutlarga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar

berilishi ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turi qatorida qayd etilgan.

Masalan, mulkiy yordam ko‘rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma

asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishini

anglatadi.

Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat

tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

muhim o‘rin tutadi. Ushbu fond, uning mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament

komissiyasi va ularning vazifalariga oid normalar ham qonunda o‘z aksini topgan.

Qonundagi yana bir muhim yangilik – bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida jamoat fondlari hamda

ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari tuzilishidir. Albatta, bu joylardagi nodavlat

notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirib, ularning

ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytiradi. Mahalliy ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, gumanitar

masalalarni hal etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid

faoliyatni yanada rag‘batlantiradi

Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish asoslari ham huquqiy tartibga

solingan. Bu maqsadda davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, ijtimoiy

sheriklik subyektlarining o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunda

taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin

.Qonundagi ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlariga katta e’tibor

qaratilgan. Jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa

institutlari o‘z ustavlariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va me’yoriy-

huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z a’zolari va ishtirokchilarining

huquq hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash, davlat organlariga takliflar bilan chiqish,

ularning qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ushbu organlarga axborot olish to‘g‘risida

so‘rovlar bilan murojaat etish, jamoatchilik nazoratini o‘tkazish kabi huquqlarga egadir.

.Ayni vaqtda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

muayyan majburiyatlarga ham ega. Binobarin, ular o‘z faoliyatining ochiq-oshkoraligini,

ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar, dastur va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning

bajarilishini, faoliyatni amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning manfaatlari hisobga olinishini,

ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan maqsadli

foydalanilishini ta’minlashi shart. Davlat organlariga mazkur institutlarning taklif va



Download 104.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling