Reja: Ilk yoshdagi bolalar guruhlariga rasm chizishni o`rgatish. Kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish
Kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish
Download 51.52 Kb.
|
Kichik guruh bolalarini rasm chizishga o`rgatish
2. Kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish
Ikkinchi - kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish. Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, tajribalari ancha o'sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo'yicha mashg'ulot olib borganda, bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarni rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo'yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og'zaki ko'rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko'rsatib bergan usullarini bajarishga o'rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o'yin faoliyatiga o'tish bilan ajralib turadi. Masalan, doirachalar chizib, uning ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho'qiyapti, deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasviriy jarayonida so'z bilan ifodalashga o'rganadilar. Rasmda rasvirlay olmagan voqealarni so'z bilan to'ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faolli o'sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg'ulotda olgan bilim va ko'nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug'diradi. Agarda 1-kichik guruhda bolalarni nimaningdir tasviriga o'rgatilsa, 2-kichik guruhda bolalarni narsalarning tasviriy usullariga o'rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlarning tasviriga o’rgatiladi, doira, to'g'ri to'itburchak, uchburchak va turli yo'nalishdagi chiziqlarto'plarnidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarning shaklini to'g'ri tasvirlashga o'rgatish uchun bolalarning qo'llarini shakliy harakat qilishga o'rgatish lozim. Bolalarga predmet shakli bilan qo'lning shakliy harakatlari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o'rgatishdan oldin, uni mashg'ulot oldidan ko'rib chiqadi (ya'ni kuzatish olib boradi). Bolalar jon-u dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa o'yinchoqlarini tasvirlaydilar. To'g'ri to'itburchak shaklining tasviriga bolalar bu guruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2-yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt, tursa yiqilmas qo'g'irchoq, aravachani tasvirlaydi. Qizil, sariq, ko'k, yashil, qora, oq ranglarni bilishga o’rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg'aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalardan ranglarni to'g'ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlar rang-tusining real tasviriga o'rgatib borishi kerak. Masalan, ko'm-ko'k o'tlar o’smoqda, o'tlarda sap-sariq jo'jalar o'tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalar rasmi mazmun jihatidan juda kambag'al bo'ladi, ya'ni ishlar mazmuni asosan so'zda ifodalaniladi. Masalan, mashina chizib, so'z bilan mazmun beradi. Masalan, bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti kabi. Mashg'ulot davomida bolalar bir turdagi predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o'rganadilar. Bu esa bolalarni texnik ko'nikmalarini mustahkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan, o't ustida yurgan jo'jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o'rgatib borish lozim. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o'rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak. Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo'yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o'rgatish. Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o'zgartirishga o'rgatish (masalan, engashishni, yugurishni). Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastiga, uzoqdagilarni qog'ozning tepasiga (o'lchamlarini o'zgartirmasdan) joylashtirish. Download 51.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling