Reja ilm sari yo`l Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari


Download 31.65 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi31.65 Kb.
#1409612
  1   2   3
Bog'liq
Ilm sari yo\'l




Nutqiy mavzu: Ilm sari yo`l


Ilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va uning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch B. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi.
Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiq etuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilmfan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik B.lar bunday qoidalarga zid kelishi mumkin.
Inson kuch-qudrati tafakkur va bilimda. U shunday kuchga ta’lim olish, o‘qib-o‘rganish orqali erishadi. Dunyo taraqqiyoti ham yuksak ilm sohiblari yaratgan ma’naviy xazina orqali yuksalib keladi. Bu haqiqat ko‘hna tarixda ming yillardan buyon o‘z isbotini topib kelayotir. Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanish bosqichida har qanday soha tayanchini, avvalo, bilim va tajriba tashkil etadi.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamizda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta’lim sohasini tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta ko‘lamda va keng miqyosda olib borilgan va izchil davom etayotgan o‘zgarishlar, islohotlar samarasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, ushbu soha islohotlarining dastlabki bosqichida ikkita asosiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu ikki qonun ta’lim sohasini normativ tartibga solish hamda ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda muhim asos sanaladi. Endilikda guvohi bo‘lib turibmizki, ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlar qonunchilik bilan ta’minlanib, davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta’lim majmuyi mavjud. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega. Mamlakatimiz milliy ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizim samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi, doktorantura faoliyati, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari bu boradagi islohotlarning samarasidir.
Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni damda yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi oshib, televideniye va radio ta’lim dasturlarining intellektuallashuvi ta’minlangan. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantirildi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.
Albatta, ta’lim tizimi taraqqiyoti uchun barcha samarali, oqilona usullar va tizimlar tatbiq etilishi lozim. Shu ma’noda respublikamizda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim xizmati ko‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantirildi. Ya’ni davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati rivojlantirilib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirildi. Shu bilan birga, yurtimizda ta’lim oluvchilarga bir qator imtiyozlar berilgan.
Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, oliy ma’lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 2001-2002-o‘quv yilidan bosh- lab to‘lash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarimiz uchun davlatimiz tomonidan katta imkoniyat yaratildi. Xususan, ularning xorij oliygohida olgan diplomi respublikamizdagi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinishi joriy etilgan. Ana shu bosqichdan o‘tgandan keyin ular mamlakatimizda o‘qishini davom ettirish yoki kasbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘rta max- sus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Kelajak bugungi kundan, bugungi oydin rejalar va amaliy qadamlarimizdan boshlanadi. Ana shunday jarayonda yosh avlod ta’lim- tarbiyasi oliy maqsadga aylangan. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishi va davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ana shu ezgu niyatning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.
“Har ishki qilmish odamizot, tafakkur birla bilmish odamizot”. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ushbu teran ma’noli satrlarida bashariyat taraqqiyoti uchun bilim nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekani haqidagi haqiqat mujassamdir. Insoniyat tomonidan necha asrlar davomida to‘plangan bilim va orttirilgan tajriba bugungi hamda kelajak avlodlarning bebaho boyligi, ulkan ma’naviy hamda madaniy merosi hisoblangan kitoblarda jamlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik axborot va madaniyat markazi bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ushbu intellektual boylikning noyob xazinasi hisoblanadi.
Xalqimiz azaldan kitobni bilim va ma’naviyatning bebaho manbai sifatida qadrlab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu xayrli an’ana yangi, yanada teran ma’no-mazmun bilan boyitildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan xalqimizning ma’naviy, ilmiy va madaniy salohiyatini asrab-avaylash hamda yanada rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash demokratik davlat va jamiyat qurish yo‘lidagi muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Shu sababli davlatimiz rahbari axborot-kutubxona muassasalari, birinchi navbatda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milily kutubxonasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2011 yili poytaxtimizda “Ma’rifat markazi” kompleksi barpo etildi. Undan O‘zbekiston xalqiga Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg‘a bo‘lgan Milliy kutubxona ham joy oldi. Eng ilg‘or texnologiyalar asosida qad rostlagan ushbu noyob kompleks mamlakatimizda jamiyatimizda ma’naviyatning o‘rnini yuksaltirish, ma’rifatni rivojlantirishga


nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.

Download 31.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling