Reja: Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy-uslubiy ishlar


Download 20.57 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi20.57 Kb.
#189406
1   2
Bog'liq
Ilmiy ish turlari

O’quv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturilari shu usudda tuziladi. Tizimli usuddagi Oʻquv dasturilarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketmaket joylashtiriladi. Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usudda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.

Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.

O‘quv  qo‘llanmalari  –  darsliklarni  (yoki  uning qismlarini)  o‘qitish  usullari,  uslublari,  yo‘llari  va vositalari, jihozlari, texnologiyasi  haqida ta’lim  oluvchilar  va  ta’lim  beruvchilarga  yo‘l  ko‘rsatadigan  metodik maslahatlar majmuidir.  




Elektron darslik- matenallarini gipermatnga otkazialgan va animatsiyalar hamda giper-rsmlar bilan boyitilgan multimedia elementlari qoyilgan elektron talim muhitida kompyuter vositasida organiadigan darslik

Dayjest” so‘zining umumiy mazmuni qandaydir sohalar, mavzular, jarayonlarga tegishli yoki ularda bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqealar, tadbirlarga oid hujjatlar, maqolalar, yangiliklar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar to‘plamidir. Ta’lim sohasiga tegishli dayjest ta’lim tizimiga tegishli hujjatlar, maqolalar, yangiliklar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi.




Tayanch o’quv-reja- muayyan ta’lim turi, ta’lim muassasida o‘qitiladigan fanlar bloklari va

nomlari, ularga ajratilgan soatlar, o‘qitilish shakli ko‘rsatib o‘tiladigan

me’yoriy hujjat

3. O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada 


qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha 
ta’lim  usullari,  uslublari  asosida  (masalan,  test-reyting  nazorat  uslubi,  pedagogik 
texnologiyalar  asosida  va  hokazo)  qaytadan  ishlab  chiqishi  mumkin.  Qo‘llanmalar 
biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.  

Mustaqil  O‘zbekistonning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  mafkuraviy  hayotida 
ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlar:  fan-texnika  taraqqiyoti,  jamiyat  tuzilishining 
rivojlangan  davlatlar  demokratik  andozalarga  intilishi  va  boshqa  ko‘plab  omillar 
uzluksiz  ta’lim  tizimini,  shu  jumladan  umumta’lim  maktablarida  mehnat  ta’limini 
hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilashni, isloh qilishni talab etmoqda. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimida  umumta’lim  maktablarining  o‘rni  to‘g‘risida 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunida  bunday  deyiladi: 
“Umumiy  ta’lim  uzluksiz  ta’lim  tizimida  asosiy  bo‘g‘in  bo‘lib  ta’lim  oluvchilar 
ilmi,  bilimi,  mehnat  va  boshlang‘ich  kasb-kor  ko‘nikmalari,  ishbilarmonlik 
asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini 
rivojlantirishini ta’minlaydi”.
Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling