Reja: Ilmiy tadqiqot namoyon bo‘lishining asosiy jihatlari: erkinlik, yozma matn va uning og‘zaki matndan farqi


Ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo‘lish shakllari yuzasidan quyidagicha ilmiy-nazariy xulosalarga kelish mumkin


Download 35.38 Kb.
bet4/4
Sana18.11.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1784702
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Ilmiy tadqiqot namoyon bo‘lishining asosiy jihatlari erki-genderi.org

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo‘lish shakllari yuzasidan quyidagicha ilmiy-nazariy xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, ijod – bu ongning oliy darajasi, faoliyatning yuqori va ancha murakkab shakli bo‘lib, u mavjudotlar ichida faqat insonga xosdir. Inson – bu yaxlitlik va ko‘plikni ziddiyatli birlikda o‘zida qamrab olgan ijodiy zotdir. Ilmiy tadqiqot xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyat hamdir. Ijod asosida biz fanga ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv qonuniyatlar, hodisalar, xossalar, effektlar haqida bilimga ega bo‘lamiz, ya’ni ilmiy ijodning evristik xususiyati mavjud ilmiy bilimlarga tub o‘zgartirishlar kiritishda yorqin namoyon bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham biz evristik faoliyatni ilmiy-ijodiy foliyatning metodologik asosi va mohiyatini ifodalovchi jarayon sifatida tushunamiz.
Ikkinchidan, ilmiy tadqiqotning maqsadi tiriklik qonunlarini, voqelik jarayonlari va hodisalarining o‘zgarishi, rivojlanishi, vujudga kelishi va yo‘qolishini kuzatish, kashf etish, tushuntirish va bashorat qilishdangina iborat emas. Uning dastlabki asosi va mavjudlik sharti o‘zlikni anglashdir. Insonning har bir yangi kashfiyoti uning o‘z-o‘zini bilishga bo‘lgan urinishining, intilishining natijasi bo‘lib kelgan. Hattoki insonning o‘z-o‘zini anglash yo‘lida kashf qilgan vodorod bombasi ham uning o‘ziga barobar bo‘lgan kashfiyot bo‘la olmadi. O‘zlikni anglash kashfiyoti inson kashf qilishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlarning ichida eng buyugi, eng oliysidir. Zero, fan uchun fan, kashfiyot uchun kashfiyot qilinmaydi. Bularning bari jamiyat uchun, odamning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
Ilmiy-ijodiy faoliyat inson nazariy va amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarni to‘g‘ri, ob’ektiv talqin etishga, fanning evristik asoslarini ochishga imkon beradi.
? Mavzu bo‘yicha savollar
1. Ilmiy tadqiqotning xossalari.
2. Ilmiy tadqiqotning amal qilish mexanizmlari: gipoteza, nazariya, qonun, paradigma, tizimlilik, intuitsiya.
3. Ilmiy tadqiqotning tiplari va ularning tasnifi. fundamental tadqiqotlar va ularda voqelik hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olish imkoniyati.
4. Amaliy tadqiqotlar va ularning o‘ziga xos xususiyati.
5. Amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish imkoniyati.
6. Tadqiqotchilik loyiha konstruktorlik ishlanmalari: (mutlaqo sirli tadqiqotlar).
7. Innovatsion tadqiqotlar.
8. Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari.
9. Xalqaro jamg‘armalarning ilmiy loyihalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati.
10. Nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy loyihalari.
11. Fundamental, amaliy, innovatsion, tadqiqot ishlanmalarining o‘zaro aloqasi va farqi.
12. Fan va ishlab chiqarish aloqadorligi.
13. Ilmiy tadqiqotda vorisiylik va novatorlik.
Mustaqil ish topshiriqlari: Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos xususiyati: buyurtma asosidagi hamkorlik faoliyati, fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqot ishlari hamkorlikdagi faoliyat mahsuli. Hamkorlikdagi maqola va monografiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Texnikaviy tadqiqot va uning tiplari. Badiiy ijod bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot. Badiiy ijod ijtimoiy ongning maxsus shakli. Pedagogik tadqiqot. Improvizatsiya pedagogik tadqiqotning ko‘rinishi. Pedagogik ijodning xususiy ko‘rinishi. Zamonaviy ilmiy tadqiqot konsepsiyalari.
http://genderi.org
Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling