Reja: Imom al-Buxoriy. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Imom al buxoriyning pedagogik g’oyalari


Imom al buxoriyning pedagogik g’oyalari


Download 51.54 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi51.54 Kb.
#1595697
1   2   3
Bog'liq
buxoriy xadislaridagi iqtisodiy g\'oyalar

Imom al buxoriyning pedagogik g’oyalari.
Insoniyat madaniyati xazinasida shunday noyob kimsalar, nodir siymolar borki,hamma zamin-u zamonlarda barcha avlodlar ulardan o`zlari uchun ham ruhiy, ham maʼnaviy ozuqa oladilar. ularning yog`dularidan muttasil istifoda etib yuradilar. Shun day olamshumul siymolar qatoridan sharafli o`rin olgan yurtdoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir.
Imom Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag’dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Asqalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar toʻplash, yozish va ko`plab toliblarga ilm oʻrgatish bilan shugʻullanadi. Yigirma yoshidan boshlab kitob taʼlif eta boshladi. Ul zot qalamiga mansub bo’lgan «Al-Jomeʼ as-Saxix», «Al-alab al-mufrad». < At-tarix al-kabir.. .At-tarix-us-sag`ir», «Al-Qiroatu xalfa-l-imom .Rafʼul-yadayni fi-s-saloti kabi asarlar hozirda respublikamiz kitob xazinalarida saqlanmoqda. Imom Buxoriy Nishopurdan asl vatani - Buxoroga qayt gach, birmuncha vaqt tolibi ilmlarga hadis ilmidan dars berdi.
Imom Buxoriy Qurʼoni Karimdan keyingi ikkinchi diniy manba deb eʼtirof etilgan «Al-Jomeʼ as-Sahih kitobidan keyin yaratgan «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari) asarida axloqiy qadriyatlarni bayon etadi.
Imom Buxoriy ushbu asarida axloq, odob haqida soʻz yuritar ekan, odamlarni otaonaga hurmatda bo’lishga, onani eʼzozlashga, mehr-oqibatli, pok va iymonli boʻlishga daʼvat etadi, yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanini taʼkidlaydi. < Al-adab al-mufrad asarida shunday rivoyat qilinadi. Odam uchun eng og’ir gunoh, bu Allohga shirk keltirish, farzandning ota-onaga oq bo’lishidir. Imom Buxoriy bu haqda shunday rivoyat qiladi: «Xalifa Abu Bakr Siddiq aytadilar: «Rasululloh sahobalardan: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?» - deb uch marta soʻradilar. Ular: «Ey Rasululloh, aytib bering, - deyishdi. Shunda Rasululloh:
«U - Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo’lish , - deb javob berdilar.
Imom Buxoriy bolalarning solih-qobil boʻlishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’lishini, ammo ularga odob-axloq oʻrgatish otalarning vazifasi ekanligini taʼkidlaydi. Buxoriy qarindosh-urug’larga yaxshilik qilishni, ularga nisbatan rahm-shafqatli bo’lish va ular bilan muttasil bordi-keldi qilib turishni taʼkidlaydi. «Anas ibn Moliq (rozi yalloxu anxu) aytadilar: < Rizqi keng va farovon boʻlishini va hayoti uzoqqa borishini yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlari bilan oʻzini uzmasin, dedilar. Imom Buxoriy rahm-shafqat xususida qilgan nasihatlarida, ayniqsa, bemorlar holidan xabar olishni, yetim bolalarga otasidek marhamatli boʻlishni. har bir Oʻz bolasiga qanday boʻlsa, qo`lidagi yetimga ham shunday qarash kerakligini uqtiradi. Mutafakkirning taʼ kidlashicha, musulmon kishi oʻz birodari bilan uch kundan ortiq arazlab, gina saqlab, gaplashmay va soʻrashmay yurishi durust emasdur. Ulardan qay biri birinchi boʻlib salomlashsa, oʻshanisi yaxshiroqdir. Ulug` mutafakkir mehr-shafqat haqidagi qarashlarida olamlarni ahillikka, o`zaro hurmat-ehtiromda bo`lishga undab, kimki Allohga va oxiratga iymoni boʻlsa, u zinhor qoʻshnisiga ozor bermasligi, Allohga va oxiratga ishonchi bo`lsa, mehmonning hurmatini oʻrniga qo`yishi, Allohga va oxirat kuniga ishonsa,faqat yaxshi gaplardan gapirib yoxud sukut saqlashi lozimligini aytadi.
Shuningdek, Imom Buxoriy kimki farovon hayot kechirib, yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug`lariga siylayi rahm qilishi, ularning hol-ahvollaridan xabardor bo`lib yurishi zarurligini taʼkidlaydi. Imom Buxoriy odamlarga til bilan, qo`l bilan ozor bermaslikni yuksak amal hisoblaydi. Ulug` olimning taʼkidlashicha, har bir odam komil inson bo`lish uchun o`zi yaxshi koʻradigan narsasini o`zgalarga ham ravo ko`radigan, goʻzal axloqli boʻlishi kerak.
Hadislarda ta’lim - tarbiya, odob - axloq haqidagi fikrlar juda ko`plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o`g`il bolalarga Qur’oni Karimni o`qishni o`rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o`qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o`qitilgan. Ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo bo`la borgan. Bu yerda beriladigan ta’limning manbai Qur’on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta’lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ`ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o`rgatilgan.
Mana o’n ikki asrdirki, “Al-jome as-sahih” asari millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo’liga chorlab ketmoqda. Yaratganga shukrlar bo’lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug’ ajdodlarimiz el-yurti bag’riga qaytmoqda. Allomaning o’lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda, qalbimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg’ulari bilan musaffo etmoqda.
Al-Jomeʼ As-Sahih asarining o’ziga xos xususiyatlari.
Imom Buxoriyning eng muhim va mashhur asari “Al-Jomeʼ as- sahih” asaridir. Bu asarning toʻliq nomi “al-Jomeʼ al-musnad as-sahih al-muxtasar min umuril Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) va sunanihi va ayyamihi” deb nomlagan.
Asar hadis ilmida va musulmonlar orasida qisqacha “al-Jomeʼ as-sahih”, aksar hollarda esa “Sahihul Buxoriy” nomi bilan mashhur ekani maʼlum. Ulamolar bu asarni Qurʼoni Karimdan keyingi eng sahih kitob deb biladilar.
Hadis kitoblarining oʻttizdan ortiq turlari mavjud. Ular oʻzlarining yoʻnalishlari va maqsad qilingan mavzularining qamroviga qarab oʻzaro farqlanadi.
Birinchi tur hadis kitobi “Jomeʼ” deyiladi. Oʻzida sakkiz mavzudagi hadislarni jamlagan hadis kitobi “jomeʼ” deb nomlanadi. Oʻsha sakkiz mavzu quyidagilar: Siyrat, odob, tafsir, aqoid, fitnalar, qiyomat belgilari, fiqhiy hukmlar va manoqiblardir.
Imom Muslimning “Sahih” toʻplami yuqorida zikr qilingan koʻplab ilmlarga oid hadislarni oʻz ichiga olsa-da, tafsir va qiyomat belgilariga oid hadislar mavjud boʻlmagani bois u “Jomeʼ” deb atalmasligini Muborakfuriy “Tuhfa Ahvaziy” asarida qayd etib oʻtadi.
Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning “Sunan” nomi bilan mashhur boʻlgan “al-Jomeʼ al-muxtasar min as-sunan an Rasulillah (sollallohu alayhi vasallam)” asari yuqorida koʻrsatilgan sakkiz mavzuning barchasini oʻz ichiga oladi. Bu asar shu jihatdan Imom Buxoriyning asariga oʻxshaydi. Shundan kelib chiqib uni “Jomeʼ” deyish ham mumkin boʻladi. Shu bilan birga uning boblari fiqh kitoblarining tartibiga muvofiq boʻlgani uchun “Sunan” ham deb nomlanadi.
Bu haqda Shoh Valiyulloh Dehlaviy quyidagilarni aytadi:
“Ahli hadislar hadis ilmini devonga kiritib, tasnif qilganlarida uni toʻrt fandan iborat qilganlar:

  1. Sunnat fani. Yaʼni fiqhga oid narsalar. Molikning “Muvatto”si va Soʻfyonning “Jomeʼ”siga oʻxshash kitoblar.

  2. Tafsir fani. Ibn Jurayjning kitobiga oʻxshash.

  3. Siyrat fani. Muhammad ibn Isʼhoqning kitobiga oʻxshash.

  4. Zuhd va Raqoiq. Ibn Muborakning kitobiga oʻxshash.

Imom Buxoriy mazkur toʻrt fanni bir kitobda jamlashni iroda qildi. Shu bilan birga, imom Buxoriy oʻzidan oldingi va zamondosh ulamolar sahihligi haqida hukm qilgan hadislarnigina olishni yoʻlga qoʻydi. Sanadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib boradigan hadislarnigina olishni ravo koʻrdi. Kitoblardagi baʼzi asarlar va shunga oʻxshash narsalar hadisga tobe boʻlgan holdagina kelgan, asl boʻlib kelmagan. Shuning uchun ham uning kitobi “Al-Jomeʼ as-sahih al-musnad” deb nomlangan.
Imom Buxoriy oʻz zamonasida mavjud boʻlgan barcha hadis toʻplamlarni rioyasi qilgan, ularni jamlagan holda faqat sahih rivoyatlardan iborat asarni vujudga keltirdi.
Ibrohim ibn Maʼqaldan rivoyat qilinadi: “Imom Buxoriyni hadislarni toʻplashga undagan narsa haqida oʻzi: “Biz Isʼhoq ibn Rohavayhni huzurida edik, Isʼhoq ibn Rohavayh: “Bizga baʼzi doʻstlarimiz: “Agar sizlar Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam)ning sunnat hadislarini jamlaydigan muxtasar bir kitob yozsalaringiz”, deb aytdi”, dedi. Mana shu gap meni qalbimga oʻrnashib qoldi va oʻsha kitobni jamlashga kirishdim”, deydi.
Hofiz ibn Hajar Asqaloniy: “Imom Buxoriy ustozidan eshitgan bu gap sahih hadislarni jamlashga boʻlgan azmini quvvatladi”, deydi.
Ibn Hajar yana bir sabab aytadi: “Biz imom Buxoriydan sobit boʻlgan sanad bilan rivoyat qildik: “Imom Buxoriy aytadi: “Men Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam tushimda koʻrdim. Men u zotning oldilarida edim. Qoʻlimdagi yelpigʻich bilan u zotdan hasharotlarni haydab turardim. Soʻngra bu tushini tush taʼbirini biladigan kishilardan soʻradim. Ular: “Sen Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni u zotga nisbat berilayotgan yolgʻonlardan himoya qilyapsan” – deb aytdilar. Ana oʻsha tush meni “Al-Jomeʼ as-Sahih” asarimni yozishga undadi”.
Demak, ushbu zikr qilingan ikki sabab ham Imom Buxoriyni “Al-Jomeʼ as-Sahih” asarini tasnif qilishga undagan deb bilamiz. Bu ikki sabab bir-biriga muoriz kelmagani uchun bir vaqtda ikki sabab jam boʻlishi mumkin boʻladi.
Imom Buxoriy: “Bu “Al-Jomeʼ as- sahih” asarini oʻn olti yilda yozganman va olti yuz ming hadisdan chiqarib olganman va bularni oʻzim bilan Allohning oʻrtasida hujjat qildim” – deb aytgan.
Jomeʼda 97 ta kitob, yaʼni mavzu bor. Boblari esa 3918 ta. Mavzuga aloqasi boʻlgani uchun baʼzida mavzu ichiga oyatlarni ham keltirgan.
Imom Buxoriy Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dan ekanligi sahih boʻlgan hamma hadislarni jamlashni maqsad qilmaganlar. Chunki bu ish juda uzoq vaqt va mehnat talab qiladi. Imom Buxoriy buni oʻzlar ochiq-oydin aytadilar: “Bu kitobimga faqat sahih hadislarni kiritdim va yana sahih hadislardan koʻprogʻini tark qildim”. Lekin Imom Buxoriy bir bobdagi asl hadisni tark qilsa, albatta uni oʻrniga boshqa bir hadis keltirgan.
“Al-Jomeʼ as- sahih” asarida jamlangan hadislarning adadi borasida bir oz xilof bor. Hofiz Abu Amr Usmon ibn Abdurahmon “Muqadimatu ibn Saloh” kitobida: “Buxoriyning sahihidagi hamma hadislar yetti ming ikki yuzi yetmish beshta. Agar undan takrorlanuvchi hadislarni chiqarib tashlansa, toʻrt mingta qoladi”, deydi.
Hofiz Ibn Hajar “Al-Jomeʼ as-sahih” asarini bobma-bob toʻliq oʻrganib chiqib aytadi: “Al-Jomeʼ as-sahih” asarida yetti ming uch yuzi toʻqson yettita hadis bor. Takrorlar, taʼliq va mavquf hadislarni chiqarganda ikki ming besh yuzi oʻn uchta hadis bor”.
“Al-Jomeʼ as- sahih” asarida jamlangan hadislarning adadi borasida mazkur ixtiloflar uni oʻrganuvchi imomlarning nazari turli boʻlganidan kelib chiqishi mumkin. Baʼzi imomlar mutobiat hadislarni oʻzidan oldingi hadisga qoʻshib hisob-kitob qilsa, boshqalar uni alohida hisoblagan. Yana “Al-Jomeʼ as- sahih” asarining nusxalari turli boʻlganligi ham mazkur ixtilofga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Aslida hadislarning raqami imom Buxoriy tomonidan qoʻyilmagan, shuning uchun mazkur ixtiloflar kelib chiqishi tabiiy narsa boʻladi. Bugungi nashr qilingan ommaviy tarqalgan nusxalarda 7563 hadis raqamlangan ekanligini ham qayd qilish kerak.
Shu oʻrinda “Al-Jomeʼ as- sahih” asari oʻzida sahih hadislarni oʻzida jam qilgan ekan, hadis sahih boʻlishi imom Buxoriyning oʻz shartlari borligini ham bilishimiz kerak.
Mustalahul hadis ilmi ulamolari istilohida “Sahih hadis – sanadi boshidan oxirigacha adolatli va zobtli kishi oʻziga oʻxshagan adolatli va zobtli kishidan muttasil (uzluksiz) sanad ila naql qilgan hamda shoz va illatli boʻlmagan hadisdir”.
“Sanadning muttasil boʻlishi.” Hadisning Roviylaridan har biri oʻzidan oldingi roviydan toʻgʻridan toʻgʻri olgan boʻlsin. Sanadning avvalgi roviydan boshlab oxirgisigacha xuddi shunday boʻlishi kerak. Orada biror kishi tushib qolmasligi shart.
Imom Buxoriy yuqoridagi taʼrifga qoʻshimcha ravishda: “Roviy oʻz shayxi bilan bir marta boʻlsa ham uchrashishi sobit boʻlishi kerak”, deydi.
Imom Muslim esa roviyning oʻz shayxi bilan uchrashishi mumkinligining oʻzini shart qiladilar, uchrashgani sobit boʻlishi shart emas. Hatto imom Muslim bu borada ijmoʼ qilinganini ham daʼvo qilgan. Shunga koʻra imom Muslim va uning fikrini qoʻllab-quvvatlaydigan muhaddislar muttasillik borasidagi mana shu tushunchalarga binoan sahih, deb aytgan hadislarni imom Buxoriy sahih deb bilmagan.
Hadisni sahih boʻlishida roviyning adolatli boʻlishi. Adolat lugʻatda toʻgʻrilik, mustahkamlik va odillikni ifoda etadi. “Adolatli odam” deganda gapidan va hukmidan rozi boʻlinadigan odam tushuniladi.
Ulamolar istilohida esa: “Adolat kishidagi uni gunohlardan va muboh pastkashliklardan qaytaradigan malakadir”. Boshqa bir taʼrifda esa “Adolat dindorlikni lozim tutishda va taqvo hamda muruvvatni muhofaza qilishga olib boruvchi malaka boʻlib, oʻz egasining sodiqligi va omonatiga ishonch qozontiradi”.
Xulosa:
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Foydalanilgan manbalar:

  1. religions.uz

  2. cyberleninka.ru

  3. wikipedia.org

  4. bukhari.uz

Download 51.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling