Reja: Initsirlash tezligi


Download 1.8 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1315570
Bog'liq
Presentation


Mavzu: Initsirlash tezligi va boshqa kinetik ko'rsatkich
Reja:
1. Initsirlash tezligi
2. Boshqa kinetik ko'rsatkich
Kimyoviy kinetika (yunoncha: κίνησις —
harakatlanuvchi), kimyoviy reaksiyalar
kinetikasi — fizik kimyoning kimyoviy
reaksiyalarni vaqt mobaynida kechadigan
jarayon sifatida oʻrganadigan boʻlimi. Bu
jarayon mexanizmi uni amalga
oshiradigan sharoitlarga bogʻliq.
Kimyoviy kinetika kimyoviy
reaksiyalarning tezligi, yoʻnalishi,
oʻtkazish sharoitlari orasidagi oʻzaro
bogʻliqlik qonuniyatlari va ularga taʼsir
etuvchi omillarni tadqiq qiladi.
Murakkab kimyoviy reaksiyalar mexanizmini
oʻrganish kechayotgan jarayon qanday
elementar bosqichlardan iboratligini va
bu bosqichlar oʻzaro qay tarzda
bogʻliqligini, qanday oraliq mahsulotlar
hosil boʻlishini va boshqani aniqlashga
imkon beradi. Kimyoviy kinetika
elementar reaksiyalarni faol zarrachalar
(erkin atomlar va radikallar, ionlar va ion
radikallar, taʼsirlangan molekulalar va
boshqa) ishtirokida oʻrganadi.
Molekulalar va kimyoviy bogʻlar tuzilishini
kinetik tadqiq qilish natijalaridan
foydalanib kimyoviy kinetika molekulalar
reagentlarining tuzilishi hamda ularning
reaksiyaga kirishish krbiliyatini aniqlaydi.
Kimyoviy kinetikaning faol toʻqnashish va
faol kompleks nazariyalari mavjud. Faol
toʻqnashish nazariyasiga koʻra, kimyoviy
oʻzgarish boʻlishi uchun toʻqnashuvchi
molekulalarning energiya zahirasi maʼlum
minimumdan kam boʻlmasligi shart.
Bunday molekulalar faol molekulalar
deyiladi.
Bu na-zariyaning matematik
ifodasi: K= =Aye~Ye/yu(Arrenius
tenglamasi); K—tezlik konstantasi (yoki
solishtirma tezlik); R — universal gaz
doimiysi; T — absolyut temperatura; Ye —
aktivlanish energiyasi — aktiv molekulalar
energiyasi zahirasining yigʻishshsi; A —
proporsionallik.
Aktiv kompleks nazariyasiga muvofiq,
AV+SA -" S+V koʻrinishida reaksiya
borayotgan boʻlsa, A—V bogʻi darhol
uzilmaydi va A—S bogʻi ham darhol hosil
boʻlmaydi. AV va S moddalari bir-biriga
yaqinlashganda A—V bir-biridan
uzoqlashadi va A—S birbiriga yaqinlashib
boradi.
Maʼlum bir paytda ABC kompleksi
vujudga keladi. Soʻng aktiv kompleks
parchalanib, reaksiya mahsulotlariga
aylanadi. Bu nazariya aktivlanish
energiyasining mohiyatini tushuntirib
beradi va reaksiyalar (hozircha oddiy
reaksiyalar)ning tezligini nazariy
hisoblash yoʻlini koʻrsatadi. Yuqorida
bayon etilgan 2 nazariya birbiriga zid
emas, balki bir-birini toʻldiradi. Kinetik
tad-qiqotlar kimyo fanining mustaqil
boʻlimlari (kataliz, fotokimyo
plazmakimyo, radiokimyo,
elektrokimyosh b.)ga muhim tarkibiy
qism boʻlib kiradi.
Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling