Reja: Innovatsiyalarning


Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari


Download 1.17 Mb.
bet72/74
Sana04.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1165869
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
маруза24,09,2022

Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari Davlatning innovatsiyalar sohasida ta’sir ko‘rsatish usullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvositaga ajratish mumkin. Ularning nisbati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga va davlat tomonidan tartibga solishning shu munosabat bilan tanlangan

konsepsiyalariga qarab belgilanadi.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari asosan ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy-idoraviy va dasturiy-maqsadli. Ma’muriy-idoraviy shakl innovatsiyalarga bevosita ko‘maklashish maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiy- maqsadli shakli yangilik kiritishlarni, shu jumladan, kichik yuqori texnologiyali firmalarda, qo‘llab-quvvatlashning davlat maqsadli dasturlari vositasida innovatsiyalarni shartnomali moliyalashtirishni taqozo etadi. U yoki bu yangiliklar (tovarlar, texnologik jarayonlar, xizmatlar) ni sotib olishga davlat shartnomalari tizimi yaratilib, firmalarga yangiliklarni amalga oshirish uchun kredit imtiyozlari taqdim etiladi. Shartnomali moliyalashtirish - shartnoma munosabatlari tizimining hozirgi vaqtda keng tarqalgan elementlaridan biri – buyurtmachilar va pudratchilar o‘rtasidagi shartnomalardir. Shartnomada ishlarning
tugash muddatlari, ijrochilar o‘rtasida mehnatning aniq taqsimlanishi, moddiy mukofotlash xarakteri aniq belgilanadi. O‘zaro majburiyat va iqtisodiy sanksiyalar qat’iy kelishiladi.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari tizimida sanoat korxonalari (firma, korporatsiyalar) ning yangilik kiritish sohasidagi kooperatsiyasi va universitetlarning sanoat bilan kooperatsiyasini tezlashtiradigan chora-tadbirlar muhim o‘ringa ega. Kooperatsiyaning ushbu shakllaridan ikkinchisi, bir tomondan, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni ularning tijorat realizatsiyasi bosqichiga yetkazish, ikkinchi tomondan, sanoatning fundamental va izlanish tadqiqotlarini moliyalashtirishda manfaatdorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish zaruratidan kelib chiqqan. Davlat innovatsion siyosatining ushbu yo‘nalishida uning sanoat innovatsiyalarining ilmiy yangiligiga yo‘naltirilishi namoyon bo‘ladi, bu esa ko‘pincha birinchi navbatda ishlab chiqarish va tijorat masalalarni hal qiladigan sanoat firma va korxonalari manfaatlarini amalga oshirishda ikkilamchi vazifa bo‘ladi.
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishda bilvosita usullar ham muhim rol o‘ynaydi. Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishda qo‘llanadigan bilvosita usullar, bir tomondan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga, ikkinchi tomondan, - novatorlik faoliyati uchun qulay (ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik) muhitni yaratishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari tarkibi, tuzilishi va mazmuni turli-tumandir.
Bilvosita usullarga soliq imtiyozlari va chegirmalarini, kredit imtiyozlarini kiritish mumkin. Soliq imtiyozlari va chegirmalari quyidagilarda ifodalanadi: korxona va tashkilotlar foydasining istiqbolli innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishga, ilmiy-texnik zaxirani yaratishga yo‘naltirilgan qismini soliqqa tortishdan ozod qilish; ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini ilmiy-texnik (innovatsion) mahsulotlarini sotishdan olingan va maxsus asbob-uskunalar va noyob qurilmalarni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq solinadigan
daromadlar sonidan chiqarish; ilmiy-texnik tashkilotlar uchun qo‘shilgan qiymat, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini kamaytirish; korxona (firma)lar tomonidan ma’lum davr mobaynida ixtiro va boshqa yangiliklardan foydalanishdan olinadigan foydaga soliq solishni kamaytirish. Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning muayyan sharoitdagi samarali bilvosita usullariga kredit imtiyozlari, ya’ni korxonalar, aksionerlik jamiyatlari va firmalar – innovatsion ishlanmalar, yangiliklar natijalarining potensial iste’molchilariga kreditlar (masalan, past foiz stavkasi bilan) taqdim etish.


  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling