Reja: Innovatsiyalarning
Intellektual (sanoat) mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanishiga jalb qilish
Download 1.17 Mb.
|
маруза24,09,2022
Intellektual (sanoat) mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanishiga jalb qilishIntellektual mulk aktivlarini korxona mulki, tijorat realizatsiyasi ob’ektlari sifatida e’tirof etilishi yangi boshqaruv funksiyalarining vujudga kelishiga olib keladi, bu esa innovatsion faoliyat sohasidagi siyosatni amalga oshirish mexanizmini ham, uni yakuniy tijorat va moliyaviy-iqtisodiy natijalarga erishishga yo‘naltirib, tubdan o‘zgartiradi. Bu borada innovatsion faoliyatni boshqarishning iqtisodiy funksiyasining yangi tarkibiy qismiga nisbatan, va oqibatda – innovatsiyalar samaradorligini oshirish omili bo‘lib intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb etish hisoblanadi, bu esa ularning korxona (tashkilot)larning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatida, ya’ni qayta ishlab chiqarish jarayonida ishtirokini bildiradi. Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb etish imkoniyati va zarurati bir qator holatlar bilan bog‘liq: ilmiy-texnik mehnat natijalarini tovar sifatida tan olish; nomoddiy aktivlarni korxona mulki sifatida tan olish va qabul qilish; ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarining tijoratlashuvi uchun (texnik, ishlab chiqarish va resurs xarakteridagi) sharoitlarning mavjudligi; brend va gudvill ahamiyatining ortishi; turli xil samaralarga erishish; korxonaning bozor qiymati o‘zgarishi (o‘sishi). Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik (fuqarolik-huquqiy) aylanmasiga jalb etish jarayonining sanoat korxonalari uchun yangiligi, hamda bunda bir qator tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy- iqtisodiy va huquqiy xarakterdagi masalalarni yechish zarurati ko‘rilayotgan jarayon amalga oshishining yangi, adekvat mexanizmlaridan foydalanishni talab etadi. Ilmiy-texnik ishlanmalar natijalaridan foydalanish muammosining kompleksli yechimidagi dastlabki qadam sifatida sanoat mulki ob’ektlari (SMO) ni xo‘jalik aylanmasiga jalb etish jarayoni (olti bosqich) ning izchilligini belgilaydigan va intellektual mulkni boshqarishning turli funksiyalarini qamraydigan algoritm qo‘llanilishi mumkin. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning uning yaratilishi ishtirokchilari o‘rtasida teng taqsimlashuvini shakllantirish muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mexanizm muhim iqtisodiy, yuridik va axloqiy-psixologik ahamiyatga ega. Qo‘shimcha manbalardan innovatsion investitsiyalarni jalb etish uchun vakolatli ijro etuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan Federatsiya sub’ekti hokimiyati organlari amaldagi qonunchilikka muvofiq faqat innovatsion faoliyatning sub’ekt (hudud, respublika) iqtisodiyoti rivojlanishining manfaatlari bilan bog‘liq natijalariga bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lishi lozim. Barcha boshqa holatlarda innovatsion faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar ishlab chiquvchi tashkilotlar yoki ishlab chiquvchi mualliflarga berilishi kerak. Ammo sanoat korxonalari manfaati uchun ishlab chiquvchi tashkilotlar yoki alohida ishlab chiquvchi mualliflarga huquqlarni ta’minlashda Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari ning federal va hududiy byudjetlar mablag‘larini jalb qilish bilan amalga oshirilgan natijalarga bo‘lgan huquqlarni davlat (federal va hududiy) tomonidan boshqarish vositalari (qonunchilik, tashkiliy, iqtisodiy) saqlanib qoladi. Intellktual mulk ob’ektlarining xo‘jalik aylanmasiga jalb etilishi ularning hisobga olinishi va baholanishi, shu jumladan, faqat tijorat siri tartibida (masalan, nou-xau darajasidagi ishlab chiqarish sirlari – jarayonlar parametrlari, ishlab chiqarish usullari va h.k.) himoya qilinadigan Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Bunda uning muhim bo‘g‘inlari – innovatsion faoliyatga sarflangan xarajatlarning asosli baholanishi va intellektual mulk ob’ektlarining mustaqil baholanishidir. Ushbu jarayonning muhim bosqichi intellektual mulkning barcha ob’ektlari holatining nazorati bo‘lib, u intellektual mulk ob’ektlari tasnifini tadbiq etishni, innovatsion faoliyat natijalarining to‘liq hududiy reestrini va litsenzion shartnoma (kontrakt)larni ro‘yxatga olish tizimini shakllantirishni, ilmiy-texnik ishlanmalardan foydalanish natijalarining hudud, soha va korxonaning makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’sir ko‘rsatish darajasining nazoratini taqozo etadi. Intellektual mulk ob’ektlarining xo‘jalik aylanmasiga jalb etilishi jarayonining muhim bo‘g‘ini – ularning huquqiy muhofazasi mexanizmidir. Uning asosiy jihati bo‘lib intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasiga doir muvofiqlashtiruvchi faoliyat hisoblanadi. Innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning sintezlantiruvchi bosqichi alohida o‘rin egallaydi. Aynan shu bosqichda eng katta samara beradigan va yangiliklar (mahsulot, texnologiya va b.) raqobatbardoshligini ta’minlaydigan natijalarni amalga oshirish uchun asosli tanlov va yo‘naltirish amalga oshiriladi. Natijalar tijoratlashuvi yangiliklar shakllarini va huquqiy muhofaza yo‘llarini aniq belgilashga va ularni qo‘llash uchun infrastrukturaning shakllanish xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Intellektual mulk ob’ektlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb etish intellektual mulkni boshqarish funksiyalarini kengaytirib, oqibatda innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshiradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling