Reja: Inson huquqlari


Download 25.23 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi25.23 Kb.
#1036492
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi (1)[2]


O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

Reja:


1.Inson huquqlari.

2.Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash.

3.Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash.

Inson huquq va erkinliklarining kafolati yanada mustahkam-lanmoqda; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining e’tiborga molik, ijobiy jihatlaridan biri unda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari mustahkamlangan. Millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan «Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat» g‘oyasini amalga oshirish ezgu maqsadimiz sifatida belgilandi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizni takomillashtirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar olib borilayotganligi ushbu islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.


Joriy yilning 25 iyun kuni matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Unda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini yanada kengaytirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.Qayd etish joizki, hozirda ushbu loyiha yuzasidan keng miqyosli umumxalq muhokamasi amalga oshirilmoqda.Shu o‘rinda to‘xtalib o‘tmoqchi edikki, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari o‘zida nimani aks ettiradi?
Kafolat kafillik qilish ma’nosini anglatadi. «Kafil» tushunchasiga ko‘ra, kafil biror narsaga yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs ma’nosini bildiradi. «Kafolat» esa kafil bo‘luvchi narsa, shaxs ma’nolarida qo‘llaniladi. Umuman olganda kafolat bu – mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga olgan holda ishontirish, ta’minlash degan ma’noni anglatadi. Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko‘rsatuvchi shartlardan biri – insonning huquq va erkinliklarini qonunlarda belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday degan edi: «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq». Zero, davlatning insonparvarligi va madaniy darajasi, u o‘tkazayotgan ijtimoiy siyosatning mazmuniga qarab baholanadi. Shuning uchun ham islohotlar davrida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning tub mohiyati aholining huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan maqsadli ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishdan, ayniqsa, ijtimoiy adolat qoidalarini yanada mustahkamlash, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mavqeini oshirishdan iborat. Davlat jamiyat hayotidagi barcha, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, munosabatlarni tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan
qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin va tartibli muhitga ega bo‘ladi. Shunday qilib, inson huquqlarining va erkinliklarining kafolati, bu – umumxalq tomonidan qabul qilingan, davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan, shaxslar va fuqarolarga belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalda ta’minlashga yordam beradigan huquqiy vositalar, yuridik usullar va shart-sharoitlar majmuidir. Kafolatlashning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq. 
Siyosiy kafolatlar sifatida huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta’minlanishi hamda tegishli maxsus vakolatli tuzilmalarining tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishini tushunish mumkin. Shu nuqtai nazardan yondashganda bir qator organlar: parlament, prezident, hukumat, sudlar, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlari kabilarning faoliyat ko‘rsatishi qonuniylik va inson huquqlarini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Masalan, jamiyat hayotining turli sohalarida parlament va mahalliy kengashlar nazorati, jamoatchilik nazoratining mavjud ekanligi tegishli sohalarda qonuniylikni ta’minlashga yordam ko‘rsatadi. Yana bitta misol, uchta hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanatda bo‘lish tamoyilining
mavjudligi inson huquqlarini ta’minlashning yaqqol siyosiy kafolatidir. Inson huquq va erkinliklari ta’minlanishining muhim sharti, bu huquqiy kafolatlarнинг yaratilganligi hisoblanadi. Ya’ni, bu – fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarda huquqiy bo‘shliqlarning mavjud ekanligi uni himoya qilish imkoniyatini bermaydi. Shu bois, vakolatli davlat organlari tomonidan faol norma ijodkorligi siyosati amalga oshirilmoqda.
Huquqiy kafolatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash va chegaralashning yuridik me’yorlarini mustahkamlash;
fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini hech qanday to‘siqsiz amalga oshirishlarida davlat idoralari va mansabdor shaxslar mas’ulligini belgilash;
tajovuzdan himoya etilishni, mustahkamlashni ta’minlovchi maxsus me’yorlar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquqi) mavjudligi;

huquqni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi (mulkiy, intizomiy, ma’muriy, jinoiy).


Yana bir muhim kafolat, bu – ҳuқuқ va erkinliklarning iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlar tizimidir. 
Agar davlatda yetarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy manbalar, imkoniyatlar bo‘lmasa, huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bo‘lmaydi. Davlat iqtisodiy tomondan qanchalik kuchli bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati ham shuncha kuchayib boradi. Hozirda keng muhokama etilayotgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalar ham kengaytirilmoqda. 
Ma’lumki, amaldagi Konstitutsiyamizda davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishi, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanligi kafolatlangan.Taklif etilgan loyihada fuqarolar huquq va erkinliklarining bir qator kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda. Xususan:
43-modda yangi tahrirda berilmoqda. Unga ko‘ra, inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi ekanligi belgilanmoqda. Shuningdek, davlat inson va fuqaroning Konstitutsiyada hamda qonunlarda mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashi hamda har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi belgilanmoqda.
44-modda tahririga ko‘ra, har kimga o‘z huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. 
Har bir shaxs o‘zining buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun o‘z ishi vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan oqilona muddatlarda, tenglik, tortishuv va adolat prinsiplari asosida ko‘rib chiqilishi huquqiga ega. 
Shuningdek, har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun inson huquqlari bo‘yicha milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilanmoqda.
45-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda «Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralar ko‘radi».
Yuqoridagi o‘zgarishlar barchamizni xursand qiladi. Nima uchun? Chunki, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarining kafolatlari kuchaytirilmoqda, bizlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda Asosiy qonunimizda quyidagi yangi kafolatlarni ham kiritish maqsadga muvofiq:
birinchidan, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi etib belgilash maqsadga muvofiq;
ikkinchidan, gender tenglikni ta’minlashga oid mexanizmlarni kuchaytirish zarur. Chunki, O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi bilan davlatning gender siyosatida sifat o‘zgarishi ro‘y berdi.
Shunga muvofiq, davlat xotin-qizlar va erkaklarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalaridagi huquqlari tengligini ta’minlashi hamda jinsiga qarab bevosita yoki bilvosita kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha normalarni Konstitutsiya darajasida belgilash maqsadga muvofiq. Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalar huquqlarining davlat va jamiyat himoyasida ekanligi mamlakat fuqarolarining o‘zaro ahillik, oliyjanob va mehr-muhabbat muhitida yashayotganligini bildiradi. Ushbu muhitda voyaga yetgan har bir inson milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashga harakat qiladi. Bu esa mamlakatimiz fuqarolarining hayot tarzini yanada yuksaltirish, tinch-totuvligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

OʻZBEKISTON INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATINI MUSTAHKAMLASH – OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR YANGI BOSQICHINING MUHIM YOʻNALISHI


Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash – Oʻzbekiston Respublikasidagi demokratik islohotlar yangi bosqichining muhim yoʻnalishi 2018 yil 10 dekabrь kuni “Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash – Oʻzbekiston Respublikasidagi demokratik islohotlar yangi bosqichining muhim yoʻnalishi” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot
markazi, BMTTD, YeXHT loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), F.Ebert nomidagi jamgʻarma, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tashkillashtirildi. Xalqaro anjuman ishida senatorlar, deputatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek xalqaro ekspertlar G.Klemenchich (Sloveniya), A.Xederix (Sloveniya), A.Guardino (AQSh) ishtirok etdi.
Anjuman xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekistonda davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonuniylikka erishish va qonun ustuvorligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bilan tanishtirish maыsadida oʻtkazildi. U Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlandi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizdagi tub islohot va oʻzgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgani haqidagi fikrlariga eʼtibor qaratildi. Haqiqatan ham, Bosh Qomusimiz xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga toʻla javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatdir. Ayni paytda biz Asosiy qonunimiz talablarini toʻliq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Yaʼni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson
huquq va manfaatlarini amalda taʼminlash boʻyicha hali koʻp ish qilishimiz kerak.
Shu maqsadda oʻtgan yili mamlakatimizda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat mohiyatiga koʻra jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yoʻl xaritasi”ga aylandi”.
Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklariga rioya qilishning ishonchli kafili ekanligi qayd etildi. Konstitutsiyada Oʻzbekistonning demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqligi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani mustahkamlab qoʻyilgan. Xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyalashtirishning asosiy tendentsiyalari, ushbu sohada davlat institutlari va jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini tatibga solishning konstitutsiyaviy mexanizmlari; konstitutsiyaviy rivojlanish nuqtai nazaridan inson huquqlari xalqaro va milliy standartlarining oʻzaro aloqasi va taʼsiri masalalarida zamonaviy yondashuvlar; qonunchilikning Konstitutsiya qoidalariga muvofiqligi ustidan konstitutsiyaviy nazoratning ilgʻor koʻrinishlari, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni taʼminlashda konstitutsiyaviy adolatning roli muhokama qilindi. Davlat va jamiyat faoliyatida jamoatchilik boshqaruvining koʻrinishlari va yoʻnalishlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Konstitutsiya qoidalarining taʼsirini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro anjumanda;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, birinchi navbatda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga toʻla muvofiqligi qayd etildi. Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mavjud inson huquq va erkinliklarining barchasi, yaʼni insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar va asosiy erkinliklari mustahkamlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig xalqaro ahamiyati unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari mustahkamlanganligida yaqqol namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasida bevosita va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladigan halqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari ustuvorligi eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida istisno hollarda inson huquq va erkinliklarining cheklanishi mumkinligi boʻyicha xalqaro standart va asoslar mujassam. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining inson huquq va erkinliklari cheklanishi jamoatchilik nazorati, jamoatchilik xulqini himoya qilish va boshqa shaxslar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish zarur boʻlgan hollarda, shuningdek qonunda mustahkamlangan asoslar boʻyicha amalga oshirilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi 29-moddasini implementatsiya qilinganligi bilan asoslanadi.
Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning demokratik tamoyillarini belgilab berganini taʼkidladilar. Bosh Qomusimizda fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻliq kafolatlangandir.
Xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga yoʻnaltirilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Xulosa

Mustaqil 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab berilgan huquq va erkinliklarining toiiq amalga oshirilishi, burch va majburiyatlami bajarilishiga erishishimiz oldimizga qo‘ygan inson huquq va erkinliklari - oliy qadriyat tamoyilining amaliy ifodasini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi.Ma'lumki, huquq va burch xuddi tabiat va jamiyat kabi uzviy bog‘liqdir.O‘zbeksiton Respublikasi fuqarolarining o‘z burchlari va majburiyatlariga sodiqligi, ulaming ona Vatanni himoya qilish, qadimiy tariximiz va ma'naviy madaniy ulug‘ ajdodlarimizning merosini, atrof tabiiy muhitni avaylab asrashdek ma'suliyatlarda namoyon boiadi.Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy asoslari, mamlakatda o‘matilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy munosabatlaming butun tizimi ifoda etiladi. Shu sababli ularga har bir fuqaror qa'tiy rioya etishi shart. Bu qoidalami har qanday ko‘rinishda buzish davlat, jamiyat va fiiqarolaming manfaatlariga putur etkazadi. Odatda soliqlami davlataing qon tomirlarga o‘hshatiladi. Insoniyatning yashashi uchun “qon tomirlari” naqadar muhim ekanligi, soliqlami ham mustaqil davlatimiz iqtisodiy va ijtiomiy rivojlanishini barqarorligini ta'minlashdagi muhim vazifasi shunchalik muhim ekanligini mustaqil fikrlashni, har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishimiz va ulami avaylab asrash zaminida tarixiy adolatni qaror toptirish uchun asos boiib xizmat qilishi,0‘zbekiston Qurolli kuchlarining maqsadi urush va qurolli majorolami qaytarish hamda oldini olish, 0‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini, hamda aholining tinch hayotini himoya qilishdan iborat ekanligi va ulami o‘z vaqtida vijdonan bajarish uchun har bir fuqaroming o‘ta ma'suliyatli majburiyatlari ekanligini unutmasligi lozim.

1. Inson huquqlari necha bosqichga bo'linadi ?

A) 3 bosqichga B) 2 bosqichga С) B, A to'g'ri D)4 bosqichga

2. Ikkinchi bosqich nechanchi asirning birinchi yarmini o'z ichiga oladi?

A) XXasrB)XVasr С) XVIII asr D) hamma javoblar to'g'ri

3. Genosid jinoyatinioldini olish va uni sodir etganlami jazolash to'g'risidagi Konvensiya nechanchi yil qabul qilingan?

A) 1948-yil B) 1958-yil C) 1947-yil D) 1955-yil

4. 1957-yilda qanday konvensiya e'lon qilingan ?

A) Turmushga chiqgan ayolning fuqaroligi to'g'risida

B) Apartridlarning maqomi to'g'risida

C) Bola huquqi to'g'risida

D) Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risida

5. Yashash huquqi qaysi moddada ko'rsatilgan?

A) 25, В) 24; C) 26, D) 27.

6. Vijdon erkinligi- bu ?

A) Xohlagan diniga e'tiqot qilish yoki qilmaslik

B) Xohlagan diniga e'tiqot qilish

C) Dinga e'tiqot qilmaslik

D) To'g'ri javob yo'q

7.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent Xalqaro Islom tadqiqot markazi nechanchi yil tashkil etilgan?

A) 1997-yil B) 1996-yil C) 1980-yil D) 1999-yil

8. Toshkent Islom Universiteti uning qoshidagi Islomshunoslik llmiy tadqiqot markazi va akademik Letsiy nechanchi yil tashkil etildi?

A) 1999-yil B)1987-yil C) 1982-yil D) To'g'ri javob yo'q

9. 1990-yilda Respublikamizda nechta diniy tashkilot, nechda diniy o'quv yurti mavjud bo'lgan?

A) 119ta, 2ta B) lOOta, lta. C) 118ta, 3ta, D) 98ta, 4ta,

10. Mitting bu­-?

A) Yig'ilishlar va namoyishlar

B) Siyosiy masalalar Muhokamasi uchun yig'ilgan jamoa yig'ilishidir

G) Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklari

D) A. C. javob tc/g'ri

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


I. O’zbekiston Respublikasi Prezidemti Islom Abdug'aniyevich Karimov asarlari
II. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Т.: “Ma'naviyat”, 2009.
III. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shmamajlisidagi ma'ruza. 2010 yil 12 noyabr. -Т.: «0‘zbekiston», 2010.
IV. Karimov I.A. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish majlisidagi nutqi, (2010 yil 20 sent.); Xorijiy ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillarining munosabatlari va sharhlari/I.A.Karimov. - Т.: “0‘zbekiston”, 2010.

V. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga moijallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. -Т.: “0‘zbekiston”, 2011.


VI. Karimov I.A. 0‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -Т.: 0‘zbekiston, 2011.
VII. Karimov I.A. Bizning yoiimiz - demokratik islohotlami chuqurlashtirish va modemizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. 20-jild. -Т.: “0‘zbekiston”, 2012. -180-bet.

VIII. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta'minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish — bizning bosh maqsadimizdir.// Xalq so‘zi. 10 dekabr 2012 yil


II.Qonun va qonunosti hujjatlari
1)0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т., “0‘zbekiston”, 2012.
2) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003, №3-4, 27- modda.
3) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008, №12, 637-modda.
Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling