Reja: Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi, mohiyati haqida materialistik ta’limot


O’zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, ilg’or g’oyalari


Download 60.5 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1493534
1   2   3
Bog'liq
ilk ta\'lim tarbiya

3. O’zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, ilg’or g’oyalari
«O’zbek xalq pedagogikasi» qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalq paydo bo’lgan butun davrni o’z ichiga oladi.
Xalq pedagogikasi ijtimoiy va maishiy- axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy- axloqiy ta’limotni qarab olgan. U xaqimizning asrlar davomida to’plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy va jismoniy etuklik borasidagi qarashlarni, tajriba- xulosalarni lo’nda donishmandnamo tarzda ifodalaydi.
Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma darsliklar shaklida bizga etib kelmay, xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlanib qolingan.
Xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi og’zaki tarzda bo’lib, har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha etib kelgan.
Inson ona qornidan yaxshi, yomon bo’lib tug’ilmaydi, birday tug’iladi. Yaxshi- yomonga aylanishitarbiyadan dastlab ota-ona, oila, maxallako’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat tuzumdandir. Bunday oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y- harakatlari ahamiyatlidir.
Xal bisotidagi tabarruk so’zlar duo-olqishlar tarbiyaga qaratiladi.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod- avlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Qo’shiqlar (lirik, marosim, mavsum qo’shiqlari, «Yor- yor» lar, «Alla» lar, yig’i-yo’qlovlar, sog’in, o’rim, yanchiq, bayram- sayillar, qo’shiqlari, bolalar folklorining namunalari va boshqalar) go’zallik, samimiyat, mehr- shavqat, orzu- umid, quvonch- shodlik, g’am-g’ussa, armon, ma’zunva ma’sum tuyg’ularni tarannum etish orqali har qanday kishida chuqur insoniy tuyg’ularni o’stiradi, hayotga, tabiatga, insonga cheksiz muhabbatni kamol toptiradi.
Ertaklar orqali kishilar sirli-sehrli olam bilan tanishadi, bu borada bilim va tushunchalari boyiydi. Yaxshi xislatlardan oziq olish yomon xislatlardan nafratlanish hissi shakllanadi.
Bola tarbiyasi borasidagi an’analar o’zbek klassik adabiyotida o’z aksini topgan jumladan:Nizomul mulkning «Siyosatnoma»,Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro’shnoma», Yu.X. Hojibning «Qutadg’u bilig», M. Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit-turk», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma» kabi asarlarda pedagogik g’oyalar salmoqli o’rin egallaydi.
Xalq og’zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalq pedagogikasining ham yagona tarbiya vositasi bo’lib kelgan.
O’zbek xalq pedagogikasi bola ko’rish, tarbiya jarayoni, uning jamiyatda tutgan o’rni, xalq pedagogikasida tarbiyaning tarkibiy asoslari (aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat va nafosat tarbiyasi), milliy tarbiyani amalga oshirish usul va vositalari, yoshlarni dastlabki oilaviy odob qoidalariga odatlantirish va uni amalga oshirish yo’llari, oilaviy mehnatga odatlantirish, uni amalga oshirishda foydalaniladigan usul va vositalar, xalq pedagogikasiga maktab va hunar-ta’limi va boshqa tarbiyaviy tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Ilmiy pedagogikaning bosh maqsadi va vazifasi har jihatdan to’la kamolotga erishgan, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga qaratiladi. Barkamollik yoshlarni aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat hamda nafosat jihatdan etuklikni o’z ichiga qamrab oladi.
Ilmiy pedagogika xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog’liqdir.
O’zbek xalq og’zaki ijodi to’g’ridan-to’g’ri bola tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo’lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda.
Inchunin tez aytish-bolalar nutqini o’stirishga, maqol-bolalarning odob-axloq tarbiyasiga, qo’shiq-bolalarning nafosat tarbiyasiga, doston va ertaklar-bolaning turli tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilib kelgan.
To’maris - O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari orasida mashhur bo’lgan qahramon ayollar haqidagi afsona. To’marisning asli bizgacha etib kelmagan. Gerodokning «Tarix» asarida hikoya qilinishicha, Eron shohi Kir O’rta Osiyoga yovuz niyat bilan bostirib kiradi. O’rta Osiyo aholisi, ayniqsa To’maris boshchiligidagi massaget qabilalari Kirga qarshi qattiqkurashdilar. Kir qo’shini engiladi va uning o’zi 529 yilda jang maydoniga o’ldiriladi. To’maris Kirning boshini qon bilan to’lg’azilgan meshga solib, «sen umring bo’yi qonga to’ymading, men o’z ontimga amal qilib, seni qon bilan sug’ordim. Birovning yurtiga zo’ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi shu!» deydi. To’maris harakter e’tibori bilan jangnoma tipidagi afsonalar tipiga kiradi. Qabila va yurt mudofasi afsonaning asosiy mavzusi bo’lib, uning g’oyaviy mazmunini chet el bosqinchilariga qarshi kurash, xalq va yurtni zolimlar zulmidan himoya qilish, mardlik, qahramonlik tashkil etadi.
Shiroq- jangnoma tipidagi afsonalardan biri. Mazmuni tarixiy voqealar asosiga qurilgan. Afsonani birinchi marta yunon tarixchisi Polien o’zining «Harbiy hiylalar» degan asrida keltirgan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi, erkparvarligi kabi fazilatlari himoya qilinadi. Shiroq o’z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, o’zi Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo’shinlarini chalg’itib, suvsiz, dash- sahroga boshlab boradi va halokatga duchor qiladi. Qabila va xalq mudofaasi asarning bosh mavzusi bo’lib, bosqinchilarga qarshi kurash, mardlik va jasorat ko’rsatish esa uning g’oyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda bosqinchilik qoralanadi, tinchlik va ozodlik uchun kurash ulug’lanadi.
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling