Reja: Internet tarmogʻi. Internetga bogʻlanish usullari. Internetda adres tushunchasi va uning turlari; Web-saytlar va ularning turlari. Web-sahifa va uning tuzilishi. Web-brouzer dasturlari va ularning imkoniyatlari


Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish


Download 271.65 Kb.
bet6/9
Sana01.11.2023
Hajmi271.65 Kb.
#1737239
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish fan Iqtisodiyotda information-kommunikatsion texno-fayllar.org

Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi veb-saxifalarini internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so’zi to’la qonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so’zidan olingan. Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo’lishi mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
1. axborot makoni;
2. internet kanalining o’tkazish qobiliyati (kengligi);
3. fayllarni boshqarish usullari;
4. standart skriptlar to’plami;
5. server tomonida dasturlash mumkinligi;
6. serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
7. bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8. uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi kompyuter tarmog’i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko’pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so’rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan maqsadlarda o’zgartirilishi yoki to’xtatilishi mumkin. Proksi server shuningdek mijoz kompyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan ximoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim proksi serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o’zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va ko’chirib olish(upload, download) tushunchalari. Internet tarmog’ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida “Upload” va “Download” tushunchalariga juda ko’p duch kelinadi. Ushbu teminlarga quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin:
Upload yuklab qo’yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo’yish.
Download yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o’z kompyuteriga yuklab olish.

Download 271.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling