Reja: Internet xizmatlari Elektron pochta Forumlar Internet domen tizimi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza.-Internet-texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston milliy Internet resurslari • www.uz
8 4. Internet domen tizimi Internet domen nomlari Internet manzillarida ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi. O'zbekiston milliy Internet resurslari • www.uz – milliy axborot qidiruv tizimi • mail.uz – milliy elektron pochta xizmati • ziyonet.uz – axborot ta'lim tarmog'i • uforum.uz – muhokama veb portali • edu.uz – O'zbekiston ta'lim portali • aci.uz - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi portali • mtrk.uz – milliy teleradiokompaniya veb sayti 5. Internetda ma'lumotlarni izlash Internet tarmog'i juda tez sur'atda usib bormoqda, shuning uchun yuz milliardlab veb-sahifalar va yuz millionlab fayllar orasidan kerakli ma'lumotni topib olish qiyin muammo bo'lib qolmoqda. Internetda ma'lumotlarni izlashning uch asosiy usuli maqjud bulib, bular: 1. Veb sahifa manzili orqali. Bu usul qidiruvning eng tezkor usulidir, lekin bu usuldan faqat sahifa yoki faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin. 2. Gipermurojaatlar orqali harakatlanish. Bu usul nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi, agarki qidirilayotgan hujjat (yoki ma'lumot) ma'no jihatidan joriy sahifaga yaqinroq bo'lsa. 3. Qidiruv tizimlariga murojaat qilish. Gipermurojaatlar orqali izlashda internet tarmog'ining axborot muhitida uzoq va cheksiz bir sahifadan boshqasiga o'tib “sayohat” qilib yurish mumkin va dunyo bo'ylab ko'p millionlab veb sahifalar borligini e'tiborga olsak, kerakli ma'lumotni topish ehtimoli qanchalik kamligi anglash qiyin emas. 9 Bunday hollarda maxsus qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Qidiruv serverlarining manzillari internetda ishlaydigan har bir foydalanuvchiga juda tanish. Ular: yandex, google, rambler, yahoo, msn va boshqalar. Qidiruv tizimlari – bu internetda izlash imkoniyatini beruvchi web sayt. Aksariyat qidiruv tizimlari butun jahon to'ridan (internetdan) ma'lumotlarni izlaydi, lekin ftp-serverlardan fayllar izlovchi, internet magazinlardan tovarlar izlovchi tizimlar ham mavjud. Ishlash printsipiga qarab qidiruv tizimlari ikki turga bo'linadi: - Qidiruv kataloglari; - Qidiruv indekslari. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling