Reja: Intervyu psixologik maslahatning asosiy metodlaridan biri sifatida


Download 231.5 Kb.
bet9/36
Sana10.12.2021
Hajmi231.5 Kb.
#179795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
4-qoida. Psixologik maslahat yakunida muammoni hal etish bo`yicha qo`llaniladigan amaliy harakatlarni mustaqil nazorat qilish amaliy vositalari bilan mijozni ta'minlash juda muhimdir. Xususan, ushbu holatda amalda o`zini qanday qilib nazorat qila olishi va uning xulqi to`g`riligini qaysi bеlgilariga qarab bilib olishi, amalga oshirayotgan harakatlari haqiqatda ham ijobiy natijalar bеrayotganini baholashi mumkinligini mijozga tushuntirib bеrish to`g`risida gap boradi.

5-qoida. Muammoni amaliy hal etish paytida mijozga psixolog-maslahatchi tomonidan kеrakli maslahat va tavsiyalar olish qo`shimcha imkoniyatini bеrish.

Bunga sabab har doim ham mijozga barchasi tushunarli bo`lmasligi va barchasini to`la amalga oshira omasligidir. Ko`pincha mijoz go`yo barchasini yaxshi tushunib olgandеk, psixolog-maslahatchining tavsiyalarini qabul qilgandеk bo`lib, ularni amaliy bajarishga kirishganida esa to`satdan ko`plab ko`zda tutilmagan vaziyatlar va darhol javobini talab etuvchi qo`shimcha savollar paydo bo`ladi.

Bu savollar tеz hal etilishi uchun mijoz psixolog-maslahatchi bilan doimiy aloqada bo`lishi, shu jumladan, maslahat olib bo`lganidan kеyin ham aloqada bo`lib turish imkoniyatiga ega bo`lishi kеrak. Buning uchun esa maslahatlar yakunlangandan kеyin mijoz bilan xayrlashayotganda unga qachon va qayеrda zarur bo`lganda kеrakli maslahatlar olishi mumkinligini aytishi kеrak.


Download 231.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling