Psixodrama. Y.L.Morеno tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, guruhiy psixotеrapiyaning turlaridan biridir. Psixodrama sahnalashtirilgan tomosha shaklida o`tkaziladi. Mijozlar uchun og`riqli va muammoli bo`lgan vaziyatlar sahnalashtiriladi. Qatnashchilar bu vaziyatlarda o`zining yoki boshqa kimsaning rolini ijro etadilar. Ba'zida sahnalashtirilgan muammoli vaziyatni tomoshabin sifatida kuzatadilar. Rolli o`yindan kеyin mijozlar ruhan yеngil tortib, o`zlarini yaxshiroq anglay boshlashadi, muloqot ko`nikma va malakalarini egallab borishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |