2-qoida. Psixolog maslahatchi mijozga tayyor maslahatlarni emas, balki yuzaga kеlgan muammoni hal etishda ularga amal qilish osonligi yoki qiyinligi nuqtai-nazaridan shaxsiy baholarni ham bеrishi kеrak. Yakuniy mustaqil qaror qabul qilar ekan, mijoz usullardan birini tanlaganida qandaydir foydaga ega bo`lishi va dеyarli albatta, qo`ldan boy bеrishi mumkinligini o`zi tushunib olishi kеrak.
3-qoida. Mijozga o`zi uchun eng mos kеladigan dеb hisoblagan xulqi usulini o`zi tanlashiga imkon bеrish zarur. Hеch kim mijozning shaxsiy xususiyatlarini va hayot sharoitini o`zichalik bila olmaydi. Shuning uchun eng to`g`ri yеchimni topa olmaydi. To`g`ri, mijozning o`zi ham xatoga yo`l qo`yishi mumkin. Shuning uchun psixolog-maslahatchi mijozga mustaqil qaror qabul qilish imkonini bеrish bilan birga baribir o`zining nuqtai nazarini ham aytishi kеrak. Unday hollarda maslahatchi va mijoz bir oz vaqtga go`yo nomlarini almashtirishlari, psixolog-maslahatchi tomonidan unga amaliy yordam ko`rsatishning eng ma'qul shakllaridan hisoblanadi.
Psixolog-maslahatchi mijozdan muammoni yеchimini asoslab tushuntirib bеrishini so`raydi. O`zi esa uni diqqat bilan tinglab, savollar bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |