Reja: Iqlim o‘zgarishi va uning salbiy oqibatlari


Atmosfera ifloslanishi va isish


Download 56 Kb.
bet2/2
Sana13.01.2023
Hajmi56 Kb.
#1090425
1   2
Bog'liq
Global iqlim o‘zgarishi

Atmosfera ifloslanishi va isish
Atmosferaning tarkibida asosiy gazlardan tashqari aerozol ham bo‘ladi. Aerozol-tuproq, vulqon va kosmik changlar, o‘g‘it, tutun, dengiz tuzi hamda mikroorganizmlar, suv tomchilari va muz krisstallaridir.
Chang, tutun, yonilg‘ining qora zarrachalari soni katta shaharlarning
havosida 100 minglab bo‘ladi. O‘rmon va okeanlarda 100 marotaba kam. Atmosferada har hil gaz aralashmalari ham mavjud. Ular atmosferada vulqon chiqindilari, o‘rmon yong‘inlari sanoat faoliyati, aviatsiya, avtomobil transporti natijasida hosil bo‘ladi. Gazlarning bir nechta aralashmasi odam, hayvon va o‘simliklarga salbiy ta’sir qilib, mahsulot sifatini pasaytiradi. Zararli aralashmalar atmosferada kam, ammo katta sanoat markazlarida vaqti-vaqti bilan sanitar normasidan oshib turadi. Havoning ifloslanishi xajmiga nisbatan kam bo‘lsa ham, ammo keyingi vaqtda u sezilarlidir. Chunki atmosferani ifloslantiradigan zarralar havoda ko‘payib bormoqda. Ba’zi bir zararli aralashmalar atmosferada kam bo‘lishiga qaramay(uglerod oksidi, simob va boshqalar)o‘simliklar va inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalar atmosferada tekis taqsimlanmaydi, ularni atmosferaga tarqatadigan manbalar yaqinida mumkin bo‘lmagan darajada ortiq bo‘ladi. Ammo atmosferani ifloslantiruvchi manbadan ancha uzoq joylarda ham ularning atmosferadagi aralashmasi kamaymasdan saqlanib turadi. Hozirgi vaqtda G‘arbiy Yevropa territoriyasida havoning ifloslanmagan joyini topish mumkin emas. Havoni ko‘pincha uglerod oksidi, oltingugurt birikmalari, uglevodorod va sanoat changlari ifloslantiradi (jadv. 2).
Nyu-york, Tokio va boshqa katta shaharlarda avtotransportdan bir sutka davomida havoga 5 ming tonnaga yaqin zararli gazlar qo‘shiladi. Ayrim shaharlarda atmosferaning ifloslanishi natijasida smog hosil bo‘ladi. Smog bu tuman, aerozol va zararli gazlarninng aralashmasi bo‘lib, odamlar o‘rtasida kasallik va o‘limlarning ko‘payishiga olib keladi.
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rta hisobda Angliyada yiliga atmosferaga 24 mln tonna uglerod oksidi, 6 mln tonna oltingugurt oksidi, 2 mln tonna chang va 2 mln tonna uglevodorod. Aqshda yiliga 60-100 mln tonna uglerod oksidi 22-27 mln tonna oltingugurt oksidi, 9 mln tonna azot va uglevodorod chiqaradi. Jahon bo‘yicha 1990-yilda atmosfera havosiga chiqarilgan is gazi, qora kuya va karbonat angidridning miqdori 500 mln tonnani tashkil etadi. O‘zbekistonda 1 korxona paxtani chigitdan ajratayotganda kuniga 20-30 tonna changni atmosferaga chiqaradi. Bir yilda O‘zbekiston Respublikasi territoriyasidan atmosferaga 4,2 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda, shundan 60 foizi avtotransport ulushiga to‘g‘ri keladi. Natijada Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshi, Navoiy Toshkent, Farg‘ona kabi shaharlar havosi keskin o‘zgarmoqda. 1992 yilda jumhuriyatimiz bo‘yicha atmosferaga chiqarilgan zaharli chiqindilar aholi jon boshiga hisoblanganda, o‘rtacha 203 kg dan to‘g‘ri keladi.

4.1- жадвал



mamlakatlar

uglerod (II) oksidi

oltingugurt (IV) oksidi

azot (II)oksidi

chang

uglevodorodlar

Angliya
AQSH
GFR
Italiya
Polsha

24
60-100
5-8
4,0
-

6
22-27
4,0
3,0
3,0

-
9,0
2,0
0,6
-

2,0
8-10
8,0
-
4

2,0
32
2,0
-
-

SNG va boshqa ba’zi davlatlarda havo muhitini ifloslanishdan muhofaza qilish qonunlari qabul qilingan. Ifloslanishga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish uchun katta ishlar qilinmoqda. Ko‘pgina sanoat markazlari va ittifoq poytaxtlarida atmosfera havosining ifloslanishi darajasi mumkin konsentratsiya chegarasidan (predelno‘y dopustimo‘y konsentratsiyasi-“PDK-REK dan) ancha kam. Bu “REK” sobiq SSSR sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan. Chang, gaz tozalovchi apparatlarning qurilishi va ularning ishlashni yaxshilash, TETS larni gaz bilan ishlashga o‘tkazish, kichik qozon bilan ishlaydigan TETS larni yiriklashtirish va birlashtirish, atmosferani ifloslantiradigan ishxonalarni shahardan tashqariga chiqarish, shaharni ko‘kalamzorlashtirish va boshqa ishlarni amalga oshirish tufayli amalga oshiriladi.


Moskva, Leningrad, ittifoq respublikalarining poytaxtlarida oltingugurt gazining miqdori 0,1-0,2mg/m3 atrofida (REKq0,5mg/m3). Hatto Donetsk va Magnitogorsk kabi katta sanoat shaharlarida ham SO2 ning miqdori 0,17-0,23mg/m3 atrofida. Bu shaharlarda azot oksidining 0,02−0,04mg∕m3 (REKq0,085mg∕m3). Shuning bilan birgalikda atmosferada SO2 konsentratsiyasini avtomobillar ko‘payayotgan katta shaharlarda kamaytirish imkoniyati bo‘lmayapti. Hozirda katta shaharlarda uglerod oksidining miqdori 1÷3mg∕m3 gacha bo‘ladi(PDKq3mg∕m3).
Xulosa


Iqlim o‘zgarishining antropogen, texnogen va boshqa biologik omillarning mavjudligini tushuntirish talaba ongiga o‘zi yashayotgan tabiatga befarq bo‘lmaslikni, chunki o‘zi biosferada uzoq vaqt yashashi va kelajak avlod uchun asrab avvaylashi lozimligi tushunchalari singdiriladi.
Keyingi paytlarda yuz berayotgan “Parnik effekti” xodisasining asosiy sababi atmosfera tashlanayotgan turli zararli gazlar yoki katta sanoat korxonalari va avtotransportlardan chiqayotgan karbonot angidrid xisoblanadi. Atmosferaning ifloslanishi global isishni keltirib chiqishni biosferaning barcha qatlamlari tirik organizmlarning hayoti va rivojlanishi normal kechshiga to‘siqlik qila boshlaydi. Tuproq va suv, oziqlanish zanjiri reaksiyasiga asosan barcha tirik organizmlarning zararli moddalarni o‘zlashtirishiga olib keladi.

Adabiyotlar


1. G.I.Ruzalin. Konsepsiya sovremennogo yestestvoznaniya. 1997.


2. D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Toshkent. Aloqachi. 2008.
3. D.Yormatova. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. Farg‘ona. 2008.
4. Y.To‘raqulov va boshqalar. Umumiy biologiya.T. Sharq. 2002.
5. M.Valixonov.Tabiiy fanlarning oknsepsiyasi. Toshkent. 2006.
6. I.Xamdamov. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Toshkent. Faylasuflar milliy uyushmasi. 2007.
7.Shkvalovskiy I.V.Vselennaya, jizn, razum. M.1987.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling