Reja: Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar


Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi


Download 88.53 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi88.53 Kb.
#1155725
1   2   3   4   5   6
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

  • aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;

  • respublika fuqarolarining hamjihatligini ta’minlash, millatlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash;

  • O‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va o‘zaro manfaatli asosda qayta qurish;

  • boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtiso­diy, ya’ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga o‘tish;

  • moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko‘rib, iqtisodiy taraq­qi­yot­­ni ta’minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;

  • turli-tuman mulkchilik va har xil xo‘jalik yuritishga o‘tish;

  • suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish;

  • o‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chi­qa­rish­ni bir yoqlama rivojlanishiga chek qo‘yib, bu ishlarning kompleks borishini ta’min­lash.

Dasturda yuqorida sanab o‘tilgan isloh tadbirlarini 3 bosqichda amalga oshirish mo‘ljallangan edi:
Birinchi bosqich – iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulotda tadbirlarni 1990-1992 yillarda amalga oshirish va is­lo­­hotlarga ilk qadam qo‘yish;
Ikkinchi bosqich – 1992-1993 yillarda bozor iqtisodining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish;
Uchinchi bosqich – 1994-1996 yillarda bozor mexanizmini, ya’ni yan­gi­cha xo‘­jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish.
Bu dastur etti yil davomida O‘z­be­kis­ton­da bozor iqti­so­dini shakllantirishni nazarda tutgan bo‘lib, uni siyosiy mustaqillik yo‘lidan qaytmagan holda, sobiq ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat’i nazar, O‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda O‘zbekiston va respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so‘ng avvalgi tuzum davrida shakllangan ziddiyatlardan tashqari, ko‘plab yangi, o‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chiqdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.
Bo­zor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholining ij­ti­mo­iy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy-buy­ruq­­bozliktizimidan erkin bozor munosabatlariga asos­lan­­­gan modeliga o‘tish jarayonini ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amal­­ga oshirish kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqich­lari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘z­be­kis­ton: bozor muno­sabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’­lon qi­lin­di.
Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustu­vor­li­gi­ni ta’­minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha so­ha­­lari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Ta­mo­yil­da iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan. Iq­ti­so­diy qonun­larning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular ta­labiga mos holda yuritish – o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekan­li­gi qayd etil­gan. Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyo­­siy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylan­ti­rish mumkin emas. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ich­ki qonunlarga mu­­vofiq ri­voj­lanishi lozim. Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qa­rash­ni bildirmaydi. O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiq­qan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.

Download 88.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling