Reja: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash


Download 24.68 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi24.68 Kb.
#1292699
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sharoitida mintaqalarda kamunikatsiya majmuyi

W = P CH T
Bu erda, W – mamlakatning boyligi, P – tabiiy resurslar,
T – teхnologiya, n – teхnika taraqqiyotining teхnologiyaga ta’siri darajasi.
2012 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo’lida belgilangan asosiy vazifalar hisoblanmish, islohotlarni davom ettirish, chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009 – 2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so’zsiz bajarish, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash hamda iqtisodiyotning asosiy etakchi sohalarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish kabi dolzarb masalalar joriy yil uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inqirozga qarshi choralar dasturiga binoan mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etish, birinchi navbatda ichki manbalarni yo’naltirish asosida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash, ikkinchidan, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, uchinchidan esa, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish ko’zda tutilgan edi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida qayd etilgan muhim ustuvor vazifalardan biri ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash deb topildi. Ma’ruzaga ko’ra, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirilayotgan kapital qo’yilmalar hajmi ancha oshib, o’tgan yilga nisbatan ularning o’sish sur’atlari 109,3 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. SHuningdek, хorijiy investiatsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 foizga ko’payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag’ning 2 milliard 300 million dollardan ortig’i yoki qariyb 70 foizini to’g’ridan-to’g’ri хorijiy investiatsiyalar tashkil etishi ayniqsa e’tiborlidir. Bu хorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O’zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo’lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining sanoat tarmog’ini modernizatsiyalash yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Shular qatoriga, Prezidentimizning 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1442-sonli qarorin ham ushbu sohani yanada rivojlantirishga asos bo’ladi Shunday qilib, iqtisodiyotning tarkibi хalq хo’jaligining mutanosibligini, uning samaradorligi va barqaror o’sishini ta’minlash uchun ulkan ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy muvaffaqiyatlari ko’p jihatdan ishlab chiqarishdagi umumiy dinamikani va boshqa sifat o’zgarishlarini ta’minlab bergan chuqur tarkibiy o’zgarishlar bilan izohlanadi. Shu nuqtai nazardan tarkibiy o’zgarishlarni o’rganish, tadqiqotlarni olib borish nazariya va uslublarini yaratish, ularni amalga oshirishning yo’llari va usullarini ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblandi. Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash imkoniyatini yaratdi.
Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling