Reja: Iqtisodiyotning sikli rivojlanishi


Download 0.93 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1048153
Bog'liq
iqtisodiy sikl


Mavzu: Iqisodiyotni siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik. Ish kuchi, uning bandligi va ishsizlik
Reja:
1.Iqtisodiyotning sikli rivojlanishi
2. Iqtisodiy inqiroz
3. Ish kuchining ijtimoiy iqtisodiy mazmuni
4. Ish kuchi bandligi va ishsizlik
Iqtisodiy sikl deganda, iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib o’zining dastlabki xolatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
1.Iqtisodiyotning sikli rivojlanishi
Milliy mahsulot
hajmi
inqiroz
inqiroz
yuksalish
yuksalish
turg’unlik
turg’unlik
jonlanish
jonlanish
Vaqt
Iqtisodiy sikl fazalari

Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2-4 yil

Zaxiralar miqdori YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Zuglar sikli

7-12 yil

Investitsion sikl YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad – imigratsiya - uy joy qurilishi – yalpi talab - daromad

Kondrartiv sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffeler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi

Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikl nazariyalari
1.Eksternal nazariya
2. Internal nazariya
3. Sof monetar nazariya
4. Nomonetar nazariya
5. Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi
6. Jamg’arish nazariyasi
7. Psixologik nazariya
Iqtisodiy inqiroz deb, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning keskin tushib ketishiga aytiladi.
Iqtisodiy inqiroz turlari:
  • Pul kredit sohasidagi inqiroz
  • Valyuta inqirozi
  • Birja inqirozi
  • Ekologik inqiroz
  • Tarmoqlar inqirozi
  • Tarkibiy inqirozlar
  • Agrar inqiroz

2. Iqtisodiy inqiroz
3. Ish kuchining ijtimoiy iqtisodiy mazmuni
Ish kuchi – bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi.
Ish kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnatga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib u ish kuchi resurslari deb ham ataladi.
Nufus qonuni – aholining o’sib borishi qonunidir.
Aholining tabiiy o’sishi – bu tabiiy o’sish koefitsienti bilan belgilanadi. Uning ko’rsatkichlari:
Tug’ilish koefitsienti
O’lim koefitsienti
Tabiiy o’sish koefitsienti
Ish kuchi migratsiyasi turli omillar ta’siri ostida ish kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi.
Ishchi migratsiya turlari:
  • Tashqi migratsiya
  • Ichki migratsiya

Ishchi kuchi migratsiya turlari:
1.Tugal migratsiya
2.Tebranuvchi migratsiya
3.Mavsumiy migratsiya
4.Tasodifiy migratsiya
Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida ish kuchi yuqori egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari tashkilotlari va turli tadbirkorlar o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir.
Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ish kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Ish kuchi taklifi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli ish kuchi miqdori.
Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ish kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy – iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan ish kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi.
Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Yangi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Ishsizlik darajasini topish uchun ishsizlar sonini ish kuchining umumiy soniga bo’lib, *100% ga.
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling