Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning


Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillar


Download 25.25 Kb.
bet6/7
Sana12.10.2023
Hajmi25.25 Kb.
#1699276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403158204 43572

Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Ishchi kuchi salohiyati;
2. Fan-texnika taraqqiyoti va uning yangiliklari;
3. Ilg’or texnologiya;
4. Ishlab chiqarish sarflarini tejash;
5. Iqtisodiyotni tarkibiy tuzilish va ratsional joylashtirish;
6. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi;
7. Tabiiy, modiy va mehnat resurslaridan tejash va tejamkorlik bilan foydalanish;
8. Sub‘ektlarni ya‘ni ishlab chiqaruvchilarni moddiy rag’batlantirish.
9. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash.
10. Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo’llash.
Samaradorlikni asosida mashinalashgan mehnat turadi, uni fan texnika va inson yaratadi. Fan texnika taraqqiyotini ikkita yo’li bor:
1. Evolyutsion yo’lidir - mavjud texnika texnologiya asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalashtiriladi, rivojlanish asta-sekinlik bilan amalga oshirib boriladi.
2. Revolyutsion yo’ldan rivojlanish bu fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar qilinadi, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi, shu tufayli yuqori samaradorlikka erishiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligi Prezident I.Karimov asarlarida ko’rsatib o’tilgan.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishchi kuchi - mehnat qilishga yaroqli bo’lgan insonning jismoniy va aqliy mehnatining majmuidir.
Mehnat predmetlari – inson mehnati ta‘sir etadigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan barcha narsalardir. Masalan yer, suv, xom ashyo, barcha materiallardan tashkil topadi.
Mehnat qurollari – bu insonni tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir ko’rsatishda qo’llaniladigan (ishlatiladigan) vositalar-narsalardir. Ya‘ni: mashinalar, stanoklar, asboblar, traktorlar, uskunalar, arra, bolta va boshqalardan tashkil topadi.
Kapital – bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoq va sohalarda ishlatilib, o’z egasiga daromad keltiradigan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari va pul mablag’laridir.

Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling