Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Ishchi kuchi salohiyati;
2. Fan-texnika taraqqiyoti va uning yangiliklari;
3. Ilg’or texnologiya;
4. Ishlab chiqarish sarflarini tejash;
5. Iqtisodiyotni tarkibiy tuzilish va ratsional joylashtirish;
6. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi;
7. Tabiiy, modiy va mehnat resurslaridan tejash va tejamkorlik bilan foydalanish;
8. Sub‘ektlarni ya‘ni ishlab chiqaruvchilarni moddiy rag’batlantirish.
9. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash.
10. Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo’llash.
Samaradorlikni asosida mashinalashgan mehnat turadi, uni fan texnika va inson yaratadi. Fan texnika taraqqiyotini ikkita yo’li bor:
1. Evolyutsion yo’lidir - mavjud texnika texnologiya asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalashtiriladi, rivojlanish asta-sekinlik bilan amalga oshirib boriladi.
2. Revolyutsion yo’ldan rivojlanish – bu fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar qilinadi, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi, shu tufayli yuqori samaradorlikka erishiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligi Prezident I.Karimov asarlarida ko’rsatib o’tilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“O’zbekiston Respublikasi aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xo’jalik xarajatlari va ularda axborot texnologiyalarini varatish xarajatlarini qoplash jamg’armasini tashkil etish va mablag’lami sarflash tartibi to’g’risida” Yo’riqnoma, 2006 yil aprel oyi.
O’zbekiston Respublikasining imtiyozli pensiya ta’minoti va mehnatni muhofaza qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlari to’plami. - T “Adolat”. 2006.-724 b.
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik-T. 2009.
Abdurahmonov Q.X, Xolmo’minov Sh.R., ZokirovaN.Q. Perzonalni boshqarish. Darslik-T. 2008.
A.A. Abdullayev, H.A. Aybeshov. “Korxona Iqtisodiyoti” .
Toshkent. “11m ziyo” 2003.
Xudoyberdiyev Z. Xomitov K. “Tadbirkorlik va biznes asoslari’ T. 2009.
U.Parpiyev. I. Salomov. “Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish”. T. Sharq.1966 yil.
E. Egamberdiyev. “Mikroiqtisodiyot” T. “Ilm ziyo” 2008.
Sh. Shodmonov. T. Jo’rayev. “Iqtisodiyot nazariyasi” T. 2000 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |